O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə110/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

Savol va topshiriqlar
  1. Tanib olish uchun ko’rsatish tergov harakatiga psixologik tavsif bering.


  2. Tanib olish tergov harakati qanday holatlarda o’tkaziladi va nimalarga e’tibor qaratiladi?


  3. Tanib olish natijalarini to’g’ri baholash uchun ko’rsatiladigan obyektlarning miqdori qanday ahamiyat kasb etadi?




12-MAVZU :TERGOV EKSPERIMENTINI O’TKAZISH PSIXOLOGIYASI. KO’RSATMALARNI VOQYEA JOYIDA TEKSHIRISH PSIXOLOGIYASI.
(2 Soat)
1.Yeksperiment qatnashchilarining psixologik xususiyat­larini aniqlash.
2.Yuz berishi mumkin bo’lgan psixologik yehtimollik holatlarini hisobga olish (adaptasion, stenik, astenik, sensibilizasion hissiyotlar).
3.Ko’rsatmalarni voqyea joyida tekshirish psixologiyasi.
4.Berilgan ko’rsatmasi tekshirilayotgan shaxsning kenglikka nisbatan o’lchamlarini, statik va dinamik ko’z chamalashlarini va joylarni topografik tasavvur yetishlarini aniklash.
5.Ko’rsatmasi tekshirilayotgan shaxsning kenglikka nisbatan o’lchamlarini, statistik va dinamik ko’z chamalashlarini va joylarini topografik tasavvur yetishlarini aniqlash.
6.Mnemik faoliyatini aktivlashtirish,voqyealar tartibini tiklash. Voqyea sodir bo’lgan joydan tayanch nuqtasi sifatida foydalanish.
Eksperiment, tanib olish uchun ko’rsatish va ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish mustaqil tergov harakatlari sifatida O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (1994 y.) bilan tartibga solinadi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 153-moddasi (Eksperiment o’tkazish uchun asoslar)ga muvofiq, surishtiruvchi, tergovchi va sud guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilarning ko’rsatuvlarini, boshqa dalillarni, shuningdek ish yuzasidan qilingan tusmol, tekshirilayotgan hodisaga oid muayyan harakatlar, sharoit va holatlarni tiklash hamda zaruriy tajribalar o’tkazish orqali tekshirishga haqlidir.
Ma’lumki, eksperiment biror hodisani idrok qilish, muayyan harakatlarni bajarish, biror hodisaning sodir bo’lish imkoniyatini tekshirish, shuningdek hodisaning yuz berish va izlarning qolish yo’sinlarini aniqlash uchun o’tkaziladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə