O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev


Masalan, odam o’ldirish yoki zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish jinoyatlari shular jumlasidandir



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə122/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

Masalan, odam o’ldirish yoki zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish jinoyatlari shular jumlasidandir.
Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda affekt holati­ning sud- psixologik ekspertizasida keng qo’llanish maqsadiga muvofiq degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Chunki S.L.Rubinshteynning fikricha, «Affekt bu — tez va birdaniga o’tadigan, portlovchi xususiyatli zmosional jarayon bo’lib, bu holat shaxsning o’z harakatiga nisbatan ongli irodaviy nazorat qilishni buzadigan holatdir». Mazmunan affektning hursandchilik, qo’rquv, g’azab va hokazo turlarni ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq.
Affekt psixologik kategoriya bo’lib, bu holatni maxsus bilimlarga, yani affektiv reaksiyalarning paydo bo’lishi, kechishi, rivojlanishi to’g’risidagi bilimlar bilan kurollangan mutaxassis diagnostika kilishi kerak. Ekspert jinoyatni affekt holatida sodir qilinganligi yoki kilmaganliginy aniqlasa, u taqdirda sud va tergovga kuchli psixik hayajonlanish holatiga baho berish va aybni yengillashtiruvchi holat deb topish hukuqi beriladi.
Affektning sudpsixlolgik ekspertizasini o’tkazish sudlanuvchi yoki jinoyat qilishda gumonlanuvchining harakatini to’g’ri tasnif qilish (baholash) uchun zarurdir. Bu haqida quyidagi misolni keltirish mumkin.
«Bundan bir necha yil muqaddam qotillik bilan ayblangan ayblanuvchi Ya. ning ishi ko’rilgan. U otasiga 27 marta jarohat yetkazib, uni, o’ldirganliqda ayblangan. Jabrlanuvchi uyida uzluksiz ravishda ichib, janjal ko’targan, xotinini qattiq haqoratlagan, uni va o’g’lini xo’rlagan, ularni o’ldirish bilan qo’rqitgan. Sud majlisida ayblanuvchi quyidagicha ko’rsatma beradi:
«...2 sentyabr kuni otam men bilan akamning orqasidan yana janjal ko’tardi, har galgidek men ularning yonini oldim, otam akamni va meni yana haqoratladi. Mana shu vaqtda onam telefon qilib, kecha ularni otam uydan haydaganini va o’ldirish bilan qo’rqitganini aytdi. Men hayajonlanganimdan va otamning janjalidan qochmoqchi bo’lib tezda uydan chiqib ketdim, albatta bunday voqyealar har doim ham onamning orqasidan bo’lib turardi.
Men uyga qaytib kelganimda otam onam va meni yana xaqoratlay boshladi, zo’rg’a o’zimni tutib turdim. Keyin otam menga onang qachon qaytsa to’g’ridanto’g’ri uni o’ldirishini aytdi. Bu holat yuzasidan nimaki degan bo’lsa, shuni bajarishni uning emosional xolatidan sezib turdim. Iщdan qaytganimda o’ldirilgan onamni ko’rishni o’zimcha ko’z oldimga keltirdim. Keyin otamning yuzini va qonni ko’rganimni eslayman. Undan keyin nima bo’lganini eslay olmayman. Men uni nima qilganimni kech sezdim va milisiyaga ketdim. Men uni qasddan o’ldirmadim».
Sudpsixiatriya ekspertizasi Ya. o’z qilmishiga o’zi javob bera oladiganligini takidlaydi, lekin ozgina hayajonlanish holatiga nevrologik reaksiyaga kirib turadi. U tug’ma jarohatni boshidan kechirgan, aqliy (intellektual) rivojlanish qobiliyati jihatidan biroz orqada qolgan va duduqlanish xususiyatiga ega.
Sudtibbiyot ekspertizasining xulosasiga asosan jabrlanuvchiga yetkazilgan jarohatlarning ko’pchiligi o’rinli urilgan, bular haqida aniq avtomatlashgan harakat jarayonida ekanligi bayon qilingan.
Bir necha marta sud psixiatrik ekspertizasining sud jarayonida ko’rsatma berishicha, sudlanuvchining kuchli psixik hayajonlanish holatida ekanligini aniqlash masalasi sud- psixologik ekspertizasiga, yuklatilgan, bunda himoyachi Ya. ga nisbatan sud- psixologik ekspertizani tayinlash haqidagi talabnoma kiritilib ushbu savolga javob berishni so’raydi:

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə