O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev


Bazida affektli portlash tayyorlovining shartlaridan biri affektli munosabatni keltiruvchi takroriy vaziyat bo’lib hisoblanadi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə125/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

Bazida affektli portlash tayyorlovining shartlaridan biri affektli munosabatni keltiruvchi takroriy vaziyat bo’lib hisoblanadi.
Aynan takroriy vaziyat kechinmalarning rivojlanishiga, keyinchalik esa affektiv portlash sodir bo’lishiga olib keladi.
Buning asosiy manosi shundan iboratki, oxirgi vaziyatlarda g’ayriqonuniy harakatlarni sodir qilgan shaxs favqulodda affekt holatida bo’ladi. Sud, tergov amaliyotida shunday holatlar malumki, jinoiy xatti-harakatlar, qachonki jabrlanuvchi tomonidan ko’p marta va takror sodir etilgan haqoratlardan so’ng sodir etilishi kuzatiladi.
Bundan ko’rinib turibdiki, jabrlanuvchi o’zining harakatini oxirida qo’pol va haqoratli harakatlar sodir kilishi mumkin, lekin bu harakatlarning o’zi affektning «oxirgi tomchisi» sifatida kelib chiqishiga sabab bo’lishi aksariyat hollarda uchraydi.
Shunday qilib, fiziologax affekt, yani jismoniy affekt birlamchi yoki bir marotabalik «affektogen» holatlarining paydo bo’lishi natijasida asta sekinlik bilan affekt kechinmalarining to’planishida vujudga keladi.
Affekt ongning funksiyasini yo’qolishini keltirib chikarmaydi. Shuning uchun inson o’z xatti-harakatini eslaydi, bazida bu harakat yoki harakatning ba’zi bir elementlari esdan chiqib qolishi mumkin.
Fiziologik affektning informatik belgilari kuyidagichadir:
1. Ongning torayishi affektning chuqurlashuviga olib keladi. Bunday holatlarning vujudga kelishi ong doirasining chegaralanishi jarayonlarida aniqlanadi. Bundan tashqari, vaziyatni nazorat qilish tartibining buzilishi bilan ham yuzaga kelishi kuzatiladi.
Asosiy e’tibor zo’riqish manbaiga va u bilan bog’liq bo’lgan elementlariga qaratish maqsadga muvofiq.
Ongning emosional harakatidan, insonni haqoratlash, o’ta qanoatsizlanishdan tashqari ba’zi bir harakatlar bilan to’ldiriladi, Konflikt, nizoli vaziyatlarning qabul qilinishi biroz o’zgaradi. Mazkur holat saylanma fragment bo’lib koladi, ochiq bog’lanmaganlik bir vaqtdalik holatini yo’qotadi. Dastlabki tergov hamda ekspertizada ayblanuvchining «hisoboti» dan malumki, uning xatti-harakatlari ongidagi fikrini aniq belgilaydi, u ish uchun ahamiyatli elementlarni qabul kilmaydi va anglamaydi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə