O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati



Yüklə 371,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix28.04.2023
ölçüsü371,03 Kb.
#107568
1   2   3   4   5
13-amaliy mavzu

O‘qitish vazifasi 
o‘quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko‘rinadi. Yangi 
mavzuni 
mustahkamlash 
jarayonida 
yoki 
uy 
vazifalarini 
tekshirishda 
o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo‘lgan 
ma’lumotlarni bilib olishlariga imkon tug‘iladi. Chunki guruhdagi boshqa 
o‘quvchilar javob berayotgan o‘quvchining fikrlarini diqqat bilan tinglashadi va 


avval egallangan bilimlarni mustahkamlab, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan 
boyitishadi. O‘rtoqlarining javoblariga qo‘Shimcha qilishga yoki yechilmay qolgan 
savollarga javob berishga shaylanish orqali o‘rganilgan mavzuni aniqlashtirishga 
harakat qiladi. 
Nazoratning 
tarbiyalash vazifasi 
shundan iboratki, o‘quvchilar tekshirishga 
tayyor bo‘lish uchun darslarni o‘z vaqtida tayyorlaydilar, bo‘sh vaqtlaridan unumli 
foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o‘rganadilar. 
Shuningdek, tekshirish va baholash o‘quvchining o‘z bilimlari va 
qobiliyatlarini o‘zi mustaqil aniqlashiga ham yordam beradi. O‘zidagi 
kamchiliklarni ko‘ra olishga va uni tugatish yo‘llarini izlashga ko‘maklashadi. 
Lekin o‘quvchining bilimini baholashda o‘qituvchi nohaqlikka yo‘l qo‘ysa, 
o‘quvchi bilan o‘qituvchi o‘rtasida ziddiyat kelib chiqadi. Uy vazifalarining esa 
haddan ziyod ko‘p bo‘lishi ham o‘quvchilarning yuzaki dars tayyorlashiga olib 
keladi. 
Eng asosiysi, o‘zlashtirishni hisobga olish, shaxsning ijobiy fazilatlarini 
shakllantirish, yaxshi o‘qishga xohish uyg‘otish, o‘quv ishlariga vijdonan 
yondashish, javob berishga tayyorlanishda mustaqil bo‘lish hamda bilish 
faoliyatini chuqurlashtirishga qaratilmog‘i lozim. 
Agar nazoratning o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa, 
shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, his-tuyg‘ulari va axloqiy sifatlarini 
tarbiyalashga imkon tug‘iladi. Bu esa o‘z-o‘zidan nazoratning 
rivojlantiruvchi 
vazifasi 
sanaladi.

Yüklə 371,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə