O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati



Yüklə 371,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix28.04.2023
ölçüsü371,03 Kb.
#107568
1   2   3   4   5
13-amaliy mavzu

Hisobga olish 
– bu 
o‘qitishning muayyan bir davrida o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatini 
umumlashtirib xulosalash. 
Hisobga olish natijasida o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham o‘zlarining keyingi 
bajaradigan ishlarining Shaklini va mazmunini belgilaydi. O‘zlashtirishni hisobga 
olish o‘quvchilarning bilish faoliyatini rag‘batlantirib, ma’lum bir harakatlarni 
bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. Shuningdek, o‘zlashtirishni hisobga 
olish o‘qituvchining faoliyatni ham tashkil etadi. O‘qitish metodlari va 
Shakllarining tabora takomillashuvi natijasida baho o‘qituvchining pedagogik 
mahorati ko‘rsatkichiga aylanmoqda va o‘qituvchining o‘z malakasini oshirib 
borishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 
To‘g‘ri tashkil etilgan hisobga olish natijasida o‘qituvchi o‘quvchilarning 
o‘zlashtirishini aniq baholay oladi, ularning o‘z bilimlarini takomillashtirishga 
intilishini yuzaga keltiradi, aqliy va ahloqiy rivojlanishiga ta’sir etadi. 
O‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga 
e’tiborni qaratish lozim: 
1) o‘quv dasturi asosida mavzu va bo‘limni o‘rganishda o‘quvchilarning bilim, 
ko‘nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish
2) har bir yakunlangan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning faoliyati to‘g‘risida to‘liq 
xulosa chiqarish; 
3) o‘rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina o‘quvchilarning o‘zlashtirish 
darajasini baholamaslik; 
4) o‘quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma’lumot (tavsif) berish 
uchun ularning bir necha o‘quv yilidagi statistik o‘zlashtirish ma’lumotlarga 
asoslanib tahlil etish. 
Demak, o‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o‘qitish, 
tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi. 
Nazorat qilish 
vazifasi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini 
aniqlash va baholashdan iborat. Bu o‘quv materiallarini o‘rganishning keyingi 
bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi ham-da o‘qituvchining o‘quv 
metodlarini va usullarini to‘g‘ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi 
o‘quv materiallarini o‘rganishning maqbul yo‘llarini topish bilan bog‘liqdir. 

Yüklə 371,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə