O’quv jarayonida texnologiyalarning asosiy yo’nalishlari va uni tadbiq qilish


Yurgich o'chiriladigan belgi oldiga olib kelinadi. Buning uchun yurgich harakatini boshqaruvchi klavishalaridan foydalanamiz. 2



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə10/67
tarix22.03.2024
ölçüsü1,46 Mb.
#168841
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   67
AXBOROT

1. Yurgich o'chiriladigan belgi oldiga olib kelinadi. Buning uchun yurgich harakatini boshqaruvchi klavishalaridan foydalanamiz.
2. Yurgichni matnning kerakli joyiga sichqoncha yordamida ham o'rnatish mumkin. Buning uchun sichqon ko'rsatkichi matnning kerakli eriga olib boriladi va sichqonning chap tugmasi bosiladi.
3. Yurgich kerakli joyga qo'yilgach bita yoki bir nechta belgini o'chirish mumkin. Buning uchun DELETE yoki BACKSPACE klavishalari qo'llaniladi. Ularning ishlashi turlicha.
4. BACKSPACE klavishasi bilan yurgichdan chapda joylashgan belgilar o'chiriladi. Ba`zi klaviaturalarda BACKSPACE yozuvi o'rniga mazkur klavishga chapga yo'nalgan chiziq chizilgan.
5. DELETE klavishasi bilan yurgichdan o'ngda joylashgan belgilar o'chiriladi.

Matnga yangi belgilarni kiritish quyidagicha bajariladi:
1. Yurgich matnni kerakli eriga o'rnatiladi.
2. Kerakli belgilar klaviaturada teriladi.

Aksariyat matn muharrirlarida matnni tahrir qilishning ikki holati mavjud: oraga joy-lashtirish va o'rniga qo'yish holatlari. Bu holatlar INSERT klavishasi yordamida almashtiriladi. Oraga qo'yish holatida belgilar matn orasiga joylashadi va matn o'ngga suriladi. O'rniga qo'yish holatida mavjud matn belgilari yangi kiritilgan belgilar bilan almashtiriladi. YA`ni eski belgilar o'chib o'rniga yangilari yoziladi.


Matnda belgilangan biror qism blok deyiladi. Odatda blok invers ko'rinishda tasvirlanadi. Belgilangan blok ustida turli amallar (o'chirish, nusxalash, ko'chirib o'tkazish, formatlash, shiriftini o'zgartirish va boshqalar) bajarish mumkin..
Tahrir qilish jarayonida matnning ma`lum qismi bilan ishlashga to'g'ri keladi. Bu holda matnni kerakli qismi belgilab olinadi. Belgilangan qism odatda blok deyiladi. Odatda blok invers ko'rinishda tasvirlanadi. Belgilangan blokni o'chirish, nusxalash, ko'chirib o'tkazish, formatlash, shiriftini o'zgartirish mumkin. Matndan bir necha usul bilan blok ajratish mumkin.
Blok olishning eng qulay usuli matnning belgilanadigan qismi ustida sichqonchani yurg'izishdir. Sichqoncha ko'rsatkichini matnning belgilanadigan qismi boshiga olib kelinadi va sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda belgilanadigan qism oxiriga olib kelinsa, sichqon boshlang'ich holati bilan oxirgi holati orasidagi matn belgilanadi (blokka olinadi).
Blokni klaviatura yordamida ajratish ham mumkin. SHIFT klavishi bosilgan holda yurgich xarakatlantirilsa matn qismi blokka olinadi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə