O’quv jarayonida texnologiyalarning asosiy yo’nalishlari va uni tadbiq qilish


-chizma. Taqdimot materiallarini tayyorlash bosqichlari



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə2/67
tarix22.03.2024
ölçüsü1,46 Mb.
#168841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
AXBOROT

3.3-chizma. Taqdimot materiallarini tayyorlash bosqichlari

Yuqoridagi chizmadan ko‘rinib turibdiki, taqdimot materiallarini tayyorlashning birinchi bosqichi tayyorlanadigan material bo‘yicha g‘oyaning shakllanishidir. YA’ni material kimlar uchun mo‘ljallangan va qanday ko‘rinishda bo‘lishi to‘g‘risida yaratuvchida bir necha g‘oyalar shakllanadi. Ikkinchi bosqichda material bo‘yicha kerakli ma’lumot yig‘iladi. Ushbu ma’lumotlar mavzuga taalluqli va aniq maqsadga qaratilgan bo‘lishi lozim. Aks holda keraksiz va foydasiz ma’lumotlar yig‘ilishiga hamda vaqtning behuda sarflanishishga olib keladi. Uchinchi bosqich-reja tuzish bosqichi hisoblanib, unda materiallar saralanib olinadi va mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirish rejalashtiriladi. To‘rtinchi bosqichda saralab olingan materiallar ichidan slaydga beriladigan matn tanlab olinadi. Slaydlardagi matnlar juda ko‘p bo‘lishi maqsadga muvofiq emas. Matnlar qisqartirilgan ko‘rinishda tanlab olinadi. Bir slayddagi matnlar 7-8 qatordan oshmasligi lozim. Ta’lim beruvchi dars jarayonida qisqartirilgan matnlarni og‘zaki to‘ldirilgan holda tushuntirib beradi. Dizayn tanlash bosqichida matnning shrifti, matnga qo‘shimcha rasm, chizma, grafika va ranglar tanlab olinadi. Shundan so‘ng, ya’ni oltinchi bosqichda barcha tanlab olingan materiallarga animatsiya qo‘yiladi. Animatsiyada matn va tasvirlarni harakatlantirish, unga ovoz berish imkoniyatlari mavjud. Animatsiyadan foydalanish materialni yanada jonliroq va qiziqarli bo‘lishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim oluvchiga berilgan materialning uzoq vaqt xotirasida saqlanib qolishiga va ularning motivatsiyasining oshishiga beradi. Asosiy qulayligi shundaki, taqdim etiladigan materiallarni kompyuterda ta’lim beruvchi o‘zi tayyorlashi mumkin yoki professional darajada tayyorlangan elektron darsliklardan foydalanish mumkin. O‘quv materiallari turli kompyuter dasturlarida, Word, Excel, RowerPoint, CorelDraw dasturlarida tayyorlanishi mumkin. Videoproyektordan foydalanishdan oldin uning bexato ishlashini tekshirish lozim. Taqdimot davomida ekranga emas, balki ta’lim oluvchilarga qarab nutq tezligiga e’tibor bergan holda gapirish kerak. Ta’lim oluvchilar bilan doim «ko‘z aloqasi»ni saqlab turish va barcha ta’lim oluvchilarga qarab gapirish lozim.





Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə