O’quv materiallari ( ma’ruzalar t o’plami )


 – mavzu. O’zbekismtonda demokratik jamiyat qurishda “o’tish



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə14/30
tarix11.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#145558
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va-fayllar.org

4 – mavzu. O’zbekismtonda demokratik jamiyat qurishda “o’tish

davri”ning zarurligi va o’ning xususiyatlari. 

REJA: 
1.

“O’tish davri” tushunchasi va uning mazmun-mohiyati.


2. Prezident Islom Karimov tomonidan O’zbekistonning “evolyutsion tadrijiy” asosida 
demokratik jamiyatga o’tishga doir nazariy kontseptsiyasining ishlab chiqilishi.
3. “O’tish davri”ning ahamiyati. 
O’tmish, bugun va kelajak bir-biriga tutashgan bunday tarixiy paytlarda mustaqillik davrini 

kechirayotgan har bir davlat bir tomondan, demokratiya borasida jahon xalqlari orttirgan boy


tajriba hamda undan millat manfaatlari yo’lida foydalanishni, ikkinchi tomondan esa, uni o’ziga xos 
noyob bir sharoitda joriy etish bilan bog’liq muammoga duch kelganligini tarixiy tajribalar ko’plab
mamlakatlar misolida tasdiqlagan.
O’tish davri ijtimoiy-siyosiy fanlar mavzulari tizimidagi dolzarb masalalar qatorida turadi.
Chunki, mamlakatlar o’zlarining yuksak taraqqiyot darajalariga ma’lum oraliq bosqichlarini bosib 
o’tmasdan erisha olmaydilar. Ana shu «oraliq» bosqichni o’rganish na faqat nazariy, shuningdek
amaliy ahamiyatga ham egadir. Ammo, u mustaqil mavzu sifatida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy 
adabiyotlarda ilmiy jihatdan juda kam o’rganilgan. Buning asosiy sababi, uning aniq «mezoni»ni va
boshlanishi nuqtasi bilan «poyoni» (oxirgi muhlati) masalasini aniq belgilash murakkabligicha 
qolmoqda. Bundan tashqari ba’zi olimlar, jamiyat taraqqiyoti to fuqaroviy jamiyat darajasiga
ko’tarilguncha, faqat «o’tish davri»ni o’z boshidan kechiradilar, u uzluksiz jarayon, - deb hisoblasa, 
yana birlari «o’tish davri»ning muhlati va mohiyatidan ko’ra, undagi jarayonlarni o’rganish
«muhimroq» - ekanligini ta’kidlaydilar. Xullas, O’zbekistonda demokratik jamiyatga o’tish davri 
ham mukammal o’rganishga ehtiyoj etilib kelmoqda. Chunki, uning boshlanishi va oxirgi
«poyoni»ning mezonlarini aniqlamasdan turib, jamiyat hayotida sodir bo’ladigan yoxud sodir 
bo’lishi mumkin bo’lgan jarayonlar haqida aniq kontseptual g’oyalarni ishlab chiqish ham mumkin
emas. Bu jarayonlar nega turli mamlakatlarda turlicha sodir bo’ladi? Ularning muhlati nega har bir 
davlatda turli xil vaqtlarda davom etadi? O’tish davrida kuchlar nisbati qanday holatda bo’ladi?
degan savollarga javobni faqat demokratik jarayonlar bilan hamohanglikda mustaqil mavzu sifatida 
o’rganish orqaligina javob berish mumkin bo’ladi. Bu jarayon barcha mamlakatlar uchun xosdir.
Chunki jahonning eng taraqqiy etgan mamlakatlari ham uni o’z boshidan kechirmoqdalar. 
Shu ma’noda uni o’rganish bugun «o’tish davri»ni o’z boshidan kechirayotgan O’zbekiston
uchun ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga egadir. Negaki, uni o’rganish biz qurayotgan jamiyatda
sodir bo’ladigan jarayonlar darajalari to’g’risida aniq tasavvurlarga va unga etib borish yo’llarini
aniqlash imkonini beradi. 
O’tish davri barcha davlatlarning yuksak taraqqiyotiga erishish uchun xos bo’lgan
jarayonida sodir bo’ladigan o’ziga xos «oraliq» muhlat hisoblanadi. 
U har qanday davlat uchun umumiy qonuniyatdir. Chunki davlatlar vujudga kelishi bilanoq,
birdaniga yuksak taraqqiyot darajasiga ko’tarila olmaydi, balki har bir davlat eng avvalo, 
shakllanadi va ma’lum tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o’z boshidan o’tkazadi. Ma’lumki, har bir
davlatning vujudga kelish, rivojlanish va yuksak darajasiga ko’tarilish jarayonlari olimlar 
tomonidan o’rganilgan va bugungi kunda o’rganish davom etmoqda. Ammo, o’tish davri o’zi nima?
Nima uchun o’tish davri deb aytiladi? – degan savollarga mukammal javob ilmiy adabiyotlarimizda 
eng kam ishlangan muammolardan biridir. Shunga ko’ra uni mukammal tarzda o’rganmasdan turib,
mamlakatimizning rivojlanish xususiyatlarini aniq tasavvur qilib bo’lmaydi. Zero, bugun yuksak 
rivojlangan yoki kam taraqqiy qilgan yohud endigina rivojlanish tomon qadam tashlayotgan
mamlakatlarning bir iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy tuzumdan ikkinchisiga o’tish jarayoni aynan 
takrorlanmaydigan hodisadir. To’g’ri, o’tish davri uchun barcha mamlakatlar uchun xos bo’lgan
umumiy bo’lgan qonuniyatlar ham mavjud. Ular siyosiy hokimiyatni o’zgartirish, iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirish, yangi tafakkur va turmush tarzini shakllantirishda namoyon bo’ladi.
Ammo, ularni amalga oshirish ham davlatlar va unda yashayotgan xalqning mentaliteti bilan 
chambarchas bog’liq bo’ladi. Xo’sh, nega shunday? O’tish jarayonida tayyor andozalar yoki


«model»dan foydalanib, pirovard maqsadni amalga oshirishga kirishilsa bo’lmaydi-mi? Yoki


ma’lum tarixiy bosqichni bosib o’tmasdan, yuksak taraqqiyotga erishib bo’lmaydimi? 
Xuddi ana shunday savollarga javob topish uchun ham o’tish davri haqidagi qarashlarni o’zida
mujassamlashtirgan mukammal kontseptsiyani ishlab chiqish ehtiyoji ortib bormoqda. Ayniqsa, bu 
ehtiyoj mamlakatlar taraqqiyotida sodir bo’layotgan turli-tumanlik, uning zaminidagi
muammolarning yuzaga kelishi va ularni hal qilish usullarini ishlab chiqish jarayonidagi o’ziga 
xoslik omilining ahamiyati kuchayib bormoqda.
Aslida o’tish davri nazariyasi deganda nimani tushunmoq kerak? O’tish davri u haqidagi turli 
qarashlar tizimi hisoblanadi. Ular asosida umumlashgan nazariyalar shakllanadi. Qarashlar turli-
tuman, hatto ular bir-biriga qarama-qarshi bo’lishi ham mumkin. Eng muhimi ularni tahlil qilish 
asosida ilmiy xulosalar ishlab chiqiladi. Xulosalarning ilmiyligi esa ularning moddiy kuchga
aylanishida o’z ifodasini topadi. Ya’ni, o’tish davri haqidagi nazariy qarashlar real hayotda o’z 
ifodasini topsa, amaliyotda o’z samarasini bersagina, ilmiy xulosa darajasiga ko’tariladi. Ana shu
ma’noda ham o’tish davri nazariyasi deganda, mamlakatlarning ma’lum bir ijtimoiy taraqqiyotdan 
ikkinchisiga o’tish uchun zarur bo’lgan oraliq bosqichlar natijasi haqida shakllangan qarashlar
tizimi tushuniladi. 
Berilayotgan bu ta’rif o’tish davrining mohiyatini o’rganish asosida shakllangan qarashlar
natijasi o’laroq, yuzaga keldi. O’tish davri haqida turli-tuman fikrlar bo’lishiga qaramasdan uni bir 
tizimga keltirish, umumlashtirish asosida shakllangan ta’riflar bugungi kungacha deyarli
uchramayotganligi sababli, «o’tish davri nazariyasi»ga yuqorida berilayotgan ta’rifni boshqalari 
bilan taqqoslash imkoniyati ham cheklanganligini nazarda tutish lozim.
Ana shuni hisobga olgan holda o’tish davrining o’zi haqidagi fikrlarning mohiyatini aniqlash va 
uning xulosalariga asoslanib, tegishli nazariyalar ishlab chiqish mumkin bo’ladi.
O’tish davriga munosabat bildirgan germaniyalik olim Leonid Levitin shunday yozadi: «odatda, 
«o’tish davri» so’zlarini aynan o’tmish va tushunib, uni kelajak oralig’idagi bugun, deb o’ylaydilar.
«O’tish davri»ning paydo bo’lishida, bunday qarashlarga ko’ra, o’tmish – sabab, kelajak esa 
maqsad tarzida voqe bo’ladi».
1

Shu muallifning yana bir muhim xulosasi mavjud-ki, u ham e’tiborga loyiq. Jumladan, u


shunday yozadi: «Tabiiyki, o’tish davrlari turli xildagi tartibsiz jarayonlar, mavhumotliklar bilan 
to’la. Kimdir bunday davrlarni «daryo bo’ylab uzala tushgan ko’prik» deb, o’xshatib ta’riflagan
edi».

2
Totalitar tizimdan demokratik jamiyatga o’tish qaysi sohada bo’lishiga qarab, uning ma’no-


mazmunini aniqlash mumkin bo’ladi. Demokratik taraqqiyot bosqichiga o’tish, uning


muqarrarligini hisobga oladigan bo’lsak, uning zarurligini inkor etib bo’lmaydi. Chunki jamiyat 
ham inson kabi yuzaga kelganidanoq yuksak kamolot darajasiga ko’tarila olmaydi, balki ma’lum
bosqichlarni bosib o’tishi zarur bo’ladi. Hamma masala ana shu bosqichlarning o’ziga xosligini, 
ularda mavjud bo’ladigan muammolar ko’lamini aniqlash va hal qilish mexanizmlarini ishlab
chiqish bilan bog’liq. Ammo, bu jo’n, oson ish emas. Chunki jamiyatning bir bosqichdan 
ikkinchisiga o’tishi o’z ichiga keng ko’lamdagi vazifalarni hal etishni qamrab oladi. Ularni amalga
oshirishda nafaqat ob’ektiv, ayni paytda sub’ektiv omillarini ham hisobga olish zarur. Ularning 
o’tish davridagi vazni o’zaro bog’liq holda kechadi. Shuning uchun ham o’tish davri haqida fikr
yuritganda, gap faqat jamiyatning demokratik tamoyillar tizimiga o’tishi bilan cheklanmasdan, balki 
ungacha jamiyatlar bir bosqichdan ikkinchisiga o’tishi uchun zarur bo’lgan «oraliq» ham nazarda
tutilmoqda. 
Albatta, masalaga bunday yondashuv vujudga kelishi, ular o’rtasidagi kurashlar va u yoki bu sinf
hukmronligining o’rnatilishidan iborat bo’lgan formatsion yondashuvdan xoli bo’lib, u jamiyat 
taraqqiyotiga tsivilizatsion yondashuvni talab etadi. Ya’ni, jamiyatning bir bosqichdan ikkinchisiga
1
Левитин Леонид, Дональд С.Карлайл. Ислом Каримов - янги Ўзбекистон президенти. -Т.: Ўзбекистон, 

1996, 52-бет.


2
Ўша манба. 53-бет. 

3
ªаранг: Тафаккур, 1998, 4-сон, 87-бет.



o’tishi inson turmushida, uning tafakkurida, jamiyatning moddiy, siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy


hayotida sodir bo’ladigan o’zgarishlar darajalarining markazini aniqlash va mezonlarini belgilash 
g’oyasi turadi.
Ana shunday qarashlarning majmuasigina o’tish davrining mohiyatini o’zida to’la ifodalaydi. 
Albatta, o’tish davri - nimadan nimaga yohud qaysi jamiyatdan yana qaysi biriga o’tilishi haqida
gap borishi masalasi dunyo olimlari diqqatida turganligini ham ta’kidlash lozim bo’ladi. Ayniqsa, 
jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga formatsion yondashuv (yuqorida ta’kidlanganidek) barham topgan
bugungi kunda bu masalaga aniqlik kiritish maqsadida turli kontseptsiyalarni ilgari surishga e’tibor 
ham kuchaymoqda.
Jumladan, Amerikalik sotsiolog Deniel Bell ijtimoiy taraqqiyotni quyidagi uch bosqichga 
bo’ladi:
Agrar jamiyat 
Industrial jamiyat
Industrial yoki informatsion jamiyat. 
Uning jamiyatni klassifikatsiyalashtiruv (tizimlashtirish)i zaminida, jamiyatning ishlab chiqarish
texnologiyasi, ishlab chiqarishga samarali ta’sir o’tkazishni belgilovchi xizmat ko’rsatish, maishiy 
hayot va turmush turadi, uning fikricha bugun dunyodagi ko’pgina mamlakatlar industrial
jamiyatdan informatsion jamiyatga o’tish holatida
2
… Ba’zi bir Ovrupolik olimlar bir qator 

ovropalik olimlar industrial va postindustrial jamiyat bilan bir qatorda, «Yangi» jamiyat P. Draker,


«Post zamonaviylashgan» jamiyat, j-f. liotara, undan keyin yangi industriallashgan jamiyat Dj. 
Gelbreyt, undan keyin «rivojlangan» jamiyat va xokazo.
Umuman, ularning nazariyalarida insonning jamiyatdagi roli va o’rni yana birlarida esa o’tish 
davrida demokratiyaga oid bilim va texnika taraqqiyoti ta’sirida sodir bo’lgan o’zgarishlarni o’zida
mujassamlashtirgan
3
.

Yuqoridagi ko’rsatilgan olimlarning fikrlarini umumlashtirgan holda aytish mumkinki; 


birinchidan, jamiyat qanday nomlanishidan qat’i nazar, o’z taraqqiyotida biridan ikkinchisiga


o’tish iborat bo’lgan jarayon bilan rivojlanadi;
ikkinchidan, bir taraqqiyot bosqichidan ikkinchisiga o’tishdagi asosiy ko’rsatgich moddiy omil
emas, balki odamlarning turmush sharoitlaridagi bo’ladigan o’zgarish hisoblanadi. 
O’tish davrini faqat moddiy omillar darajalari bilan bog’lash - uning mohiyatini to’liq
ifodalamaydi. Shunga ko’ra, sodir bo’ladigan ijobiy yohud salbiy o’zgarishlarga ta’sir o’tkazuvchi 
siyosiy omillarning rolini aniqlash masalasi ham muhimdir.
Jamiyatda bo’ladigan har qanday o’zgarishlar iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy 
sohalarning uzviyligi xolatida qaralgandagina, o’tish davrining mohiyatini tushunish mumkin
bo’ladi: o’tish davri mamlakatlar taraqqiyotining bir ijtimoiy-iqtisodiy bosqichdan biri ikkinchisiga 
o’tishi umumiy qonuniyat bo’lishi bilan birga, ularning har birida o’tish jarayoni ham turlicha
namoyon bo’ladi. Barchasiga xos bo’lgan asosiy umumiylik eskisining taraqqiyot ehtiyojlariga 
javob bera olmaganligi oqibatida, yangi bosqichga o’tish zaruriyatini keltirib chiqarishi bilan
bog’liq. Shu ma’noda, o’tish davridagi bosh yo’nalish «orqaga qaytish» emas, balki «oldinga» 
yurish, pastdan yuqoriga ko’tarilish yoki oldingi darajaga qaraganda yuksalish, rivojlanish
demakdir. 
Eski tuzumni saqlab qolish yo’lidagi turli urinishlar, qon to’kishlar, xalq boshiga tushadigan turli
fojealarga qaramasdan, ularning qaysi darajadan sodir bo’lishidan qat’i nazar, baribir o’tish 
davrining bosh yo’nalishi o’zgarmas bo’lib qolaveradi. Shu ma’noda Leonid Levitinning quyidagi
fikriga qo’shilish mumkin. «Postkommunistik o’tish davri – o’tish davrining ko’rinishlaridan 
biridir, xolos. Insoniyat tarixida bunday davrlar ozmuncha yuz bermagan. Ular o’zaro bir-biridan
qanchalar salmoqli tafovutlar bilan farq qilmasin, biroq asosiy ma’nolari bitta – jamiyatni uning 
iqtisodini, siyosatini, uning madaniyatini zamonaviylashtirish»
1
– deb yozadi. Ammo, ana shu 

«Zamonaviylashtirish»ni qaysi o’lchov mezonidan kelib chiqmoq kerak, - degan savolga javob


2
Қаранг: Вопросы философии. 3-сон, 2001 й. 6-бет 

3
Ўша манба. 8-сон, 2001 й. 14-бет. 


1
Қаранг: Вопросы философии. 3-сон, 2001 й., 53-бет. 

topish zarur bo’ladi. Zero, «zamon» o’zgaruvchan, shiddat bilan oldinga intiluvchi jarayon xolos.


Masalaga ana shu nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa, o’tish davrining tamom bo’lish mezonlari 
mavjudmi yoki «zamon» kabi to’xtovsiz jarayon hisoblanadimi? - degan savollar yuzaga
kelaveradi.
Aslida, yuqorida bizning unga bergan ta’rifimizda uni davlat taraqqiyotining bir ijtimoiy-
iqtisodiy tuzumdan ikkinchisiga o’tish uchun zarur bo’ladigan alohida bosqich ekanligi haqidagi 
kontseptual g’oyamizga muvofiq o’tish davri shu ma’noda ham alohida bosqichdir. Albatta, u
ma’lum muhlatdan keyin o’z poyoniga etadi va jamiyat ilgarigiga qaraganda yangi taraqqiyot 
bosqichida yashay boshlaydi.
Biz ana shunday jarayonni aniq tasavvur qilishimiz va tushunishimiz zarur bo’ladi. Aks holda, 
insoniyat o’z boshidan o’tish davrini o’tkazish bilan yashaydi va bu oxiri yo’q bo’lgan jarayon,
degan noto’g’ri xulosa kelib chiqadi.
Mustaqillik tufayli O’zbekistonning totalitarizmdan asta-sekin demokratik jamiyat tomon
o’tishining o’ziga xos xususiyatlari ham bundan istisno emas, albatta. Ammo, jamiyat erishgan 
yutuqlar asosida taraqqiy qilish jarayonining imkoniyatlarining tugashi, uning o’sib kelayotgan
ehtiyojlarni qondirishga qurbi etmay qolishi, jamiyatni yangi pog’onaga ko’tarish zaruriyatini 
keltirib chiqaradi. Demak, birinchidan, o’tish davrini jamiyat o’zi erishgan imkoniyatlar asosida
rivojlanishning tugashi, o’sib kelayotgan ehtiyojlarning qondirolmay qolishdan boshlab, undan 
yuqori bo’lgan imkoniyatlarni yuzaga kelishigacha bo’lgan muhlat bilan belgilash mumkin.
Ikkinchidan, bir ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tuzumdan ikkinchisiga «o’tish davri» yoki aniqrog’i, 
«oraliq» bosqichining muhlati ana shu yangi yuzaga kelgan taraqqiy qilish jarayoni namoyon
bo’lishi bilan tugaydi.Uchinchidan, insoniyat faqat «o’tish davri» bilan yashamaydi, balki uning 
boshlanishi bo’lganidek poyoni ham mavjuddir. Xuddi ana shu «poyoni» taraqqiyot darajalarini
yoki tuzumlarning birini ikkinchisi bilan farqlash imkonini beradi. Demak, demokratik rivojlanish 
ana shu imkoniyatni inson manfaatlari bilan bog’laydi. Bunday sharoitda zamonning ehtiyoji va
rivojlanish darajalarida yangi vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tuzumning turli sohalarida 
mavjud bo’ladigan «mexanizmlari»ning barqaror «ishlashi» amalga oshadi. Aniqroq qilib aytadigan
bo’lsak, davlat hayotida barqaror taraqqiy qilish jarayoni sodir bo’ladi. Shu nuqtai nazardan ham 
Leonid Levitining postkommunistik makondagi o’tish davrini «zamonaviylashtirish» mezoni
sifatidagi fikriga qo’shilish mumkin. Uning «…zamonaviylashtirish muayyan yakun topguncha, 
ya’ni mamlakat barqaror iqtisodiy rivojlanish, siyosiy barqarorlik darajalariga erishguncha bo’lgan
davr «o’tish davri» deb ataladi»
1
- degan ta’rifiga faqat zamon nuqtai nazardan qaralsagina, to’g’ri 

bo’ladi. Zero, insonlar ehtiyojlarining to’la ta’minlanishi va jamiyat taraqqiyotining yuksak


darajaga ko’tarilishi fuqarolik jamiyati qurilgandagina amalga oshadi. Ammo, fuqorolik jamiyatini 
insoniyat ehtiyojlarini qondiraoladigan, jamiyatning eng yuqori pog’onaga ko’tarilgan va uning
bundan keyin rivojlanishiga ehtiyoji bo’lmaydigan «oxirgi manzil» sifatida qarash ham ilmiy nuqtai 
nazardan to’g’ri bo’lmaydi. Chunki faqat ehtiyojning yuzaga kelishigina taraqqiyot zaruriyatini
keltirib chiqaradi. U to’xtagan daqiqadan boshlab, taraqqiyot ham to’xtaydi. 

Shu ma’no dunyoning biron bir davlatini to’la fuqarolik jamiyati sharoitida yashamoqda deb


aytish qiyin. 
Shuning uchun ham bugun insoniyat fuqarolik jamiyatiga o’zining ideali sifatida qaramoqda va
uni qurish uchun faollik ko’rsatmoqda. 
«O’tish davri» haqida fikr yuritganimizda shuni alohida ta’kidlash lozimki, fuqarolik
jamiyatigacha bo’lgan barcha tuzumlarning insonlar manfaatlari va ehtiyojlarini to’la qondira 
olmasligi bois, ularning birinchisidan ikkinchisiga ob’ektiv ravishda o’tishi uchun ehtiyojni yuzaga
keltirib turadi. Bu o’z navbatida yangi tuzumga o’tish davrini boshlab beradi. 
Ammo, demokratik tamoyillar asosiga qurilgan yangi jamiyatga o’tish bir qator o’ziga xos
hususiyatlar bilan farqlanadi. Ular quyidagilardir: 
Birinchidan, ayrim mamlakatlarda demokratik jarayonlar yangi tuzumning ichida shakllanadi
va bu uning xalq uchun farovon hayotni ta’minlash yo’lidagi faoliyatida namoyon bo’ldi. To’g’ri, 
1
Қаранг: Вопросы философии. 3-сон, 2001 й. 53-бет. 

bu jarayon ham silliq amalga oshmaydi, balki o’ta murakkab kechadi, juda katta talafotlarni ham


o’z boshidan kechirishi mumkin. Xuddi ana shu murakkab muammolarni hal qilishda to’g’ri yo’lni 
tanlashdagi, ya’ni jamiyat taraqqiyotini xalq manfaatlariga qaratilganligi insonning to’la ma’nodagi
huquqlari va erkinliklarini ta’minlovchi jamiyatga aylanishiga olib keladi; 
Ikkinchidan, o’tish davri yuksak darajadagi moddiy imkoniyatlarning yuzaga kelishi bilan
tugamaydi, balki ularning xalq farovonligini ta’minlashga qaysi darajada qaratilganligi va insonlar 
erkinliklarining ta’minlanganligi bilan bog’liq bo’lgan jarayon hisoblanadi. Ular na faqat
mamlakatlarning jug’rofiy omiliga bog’liq, balki ana shu davlatda yashayotgan aholining siyosiy 
madaniyati va mentalitetiga hamohang bo’lishiga ham bog’liqdir. Bularning xammasi tarixiy
taraqqiyot bosqichlarida shakllanib va rivojlanib kelgan tajribalardir. 
Ayni paytda bugungi kungacha, o’tish davrining mustaqil fundamental nazariyasi ishlab
chiqilmagan. Buning oqibatida mamlakatlarning ma’lum tarixiy bosqichni bosib o’tmasdan, uni 
«chetlab» demokratik jamiyatga o’tishga bo’lgan xatti-harakatlari sodir bo’lmoqda. Bu o’z
navbatida ular hayotida ayrim holatlarda katta fojialarni keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, ayrim 
mamlakatlarga «chetdan» demokratik jarayonlarni «eksport» qilib bo’lmaydi. Bunday urinishlar
mamlakatlarda beqarorlikka, uni taraqqiyotdan orqaga ketishiga olib kelishi mumkin. Bunday 
mamlakatlarga demokratiyani «eksport» qilishdan ko’ra, uning shakllanishi uchun shart-sharoit
yuzaga kelishiga imkoniyat yaratilishi lozim bo’ladi. Xulosa qilib aytganda, «o’tish davri» ijtimoiy-
iqtisodiy-siyosiy tuzum emas, balki mamlakatlarning ularga o’tishi uchun zarur bo’ladigan
zaminlarni shakllantirishga ketadigan tarixiy oraliq bosqich hisoblanadi. Uning boshlanishi 
mamlakatlarda bo’ladigan eng avvalo, siyosiy o’zgarishlar va uning zaminida esa iqtisodiy, ijtimoiy
hamda ma’naviy sohalardagi o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lgandagina, yangi vujudga kelgan 
jamiyatning o’z imkoniyatlari to’la yuzaga chiqadi. Uning o’ziga xos xususiyati va alohidaligi
haqida Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «O’tish davri muammolarining yig’indisi va 
hususiyatlari bir vaqtning o’zida qator g’oyat murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etishni
taqozo qiladi»
1
. «O’tish davri» qanchalik turli-tuman bo’lmasin, bari bir barcha ijtimoiy-iqtisodiy 

va siyosiy tuzumlar uchun zarurdir. Chunki u har bir vujudga keladigan yangi jamiyat uchun zamin


tayyorlash imkoniyati hisoblanadi. Bu zamin na faqat iqtisodiy, shuning bilan birga jamiyat 
a’zolarining o’zlarini ham yangi jamiyatga «moslashtirish» zarur bo’ladi.
Buni o’tish davrining bir nechta modellari tajribasini tahlil etish zaruratini vujudga keltiradi. 
O’tish davri tushunchasi, uning mohiyati va zarurligining umumiy nazariya masalalari
turli ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy fanlarda insoniyat taraqqiyoti bosqichlarida demokratik tamoyillar 
asosida faoliyat ko’rsatadigan jamiyatga o’tishning turli «model»larining o’ziga xos hususiyatlarini
o’rganishni taqozo etadi. 
Ma’lumki, totalitarizmga asoslangan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy bosqichlarning demokratik
jamiyatga o’tishi o’ta murakkab jarayon hisoblanadi. Uning murakkabligi shundaki, ungacha sodir 
bo’lgan taraqqiyot bosqichlari ob’ektiv ehtiyoj sifatida birining ichida ikkinchisi shakllanib kelgan,
davlat va uning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari shaklan o’zgargan bo’lsa ham, mazmunan u bari 
bir ommani itoatda ushlab turishga, uning ustidan hukmronlik qilishga qaratilganligi qolavergan.
Ulardagi yana bir xususiyat - omma davlat uchun, degan tamoyilning amal qilganligi bilan ham 
xarakterlanadi.
Demokratik jamiyatda esa, eng avvalo siyosiy tuzum tubdan o’zgarib, xalqning xokimiyati 
bevosita yoki bilvosita ishtirokida boshqaruvi amalga oshadi va omma davlat uchun emas, aksincha
davlat uchun, degan tamoyilning ustuvorligi asosida davlat boshqaruvi amalga oshadi.
Shu ma’noda ham demokratik jamiyatga o’tish jarayoni davlatlarning barcha sohalarida tub
o’zgarish ishlarini amalga oshirilishi natijasi sifatida sodir bo’ladi. 
Demokratik jamiyatga o’tishda siyosiy sohada, davlatning amaldagi mexanizmlari tugatiladi.
Uning o’rniga qurilayotgan jamiyat manfaatlariga javob beraoladigan mexanizmlari shakllantirilib 
1
Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. -Т.: Ўзбекистон, 1999, 74-бет. 

boriladi. Iqtisodiy sohada esa, bozor munosabatlari qaror topadi. Taraqqiyotda ommaning o’z


moddiy manfaatdorligini erkin qondira olishi asosida umumiy iqtisodiy rivojlanish sodir bo’ladi. 
Ma’naviy-ma’rifiy sohada, inson omili, uning qadr-qimmati yuksak qadriyat darajasiga ko’tariladi.
Shunday jarayonlar tufayli jamiyatning yuksak intelektual kuch asosida rivojlanishi reallikka 
aylanadi.
Shuning uchun ham bugungi kunda dunyo mamlakatlarining demokratik jamiyatga o’z ideali 
sifatida qaramoqda. Uni vujudga keltirish uchun faollik ko’rsatmoqda. Ammo demokratik
jamiyatga o’tishning barcha mamlakatlar uchun yagona bo’lgan aniq andozalari, yana ham 
aniqrog’i «model»lari yo’q va u bo’lishi ham mumkin emas. Chunki har bir mamlakat na faqat
o’zining tuzilishi, iqtisodiy taraqqiyot darajalari, imkoniyatlari, intelektual imkoniyatlaridan biri
ikkinchisidan farqlanadi, balki o’z xalqining mentaliteti, turmush tarzi, urf-odatlari va qadriyatlari
bilan ham bir-biridan ajralib turadi. Ularni hech qachon bir qolipga solib bo’lmaydi. Unga harakat 
qilish nafaqat hech qanday samara beribgina qolmasdan, balki og’ir oqibatlarga olib kelishi
mumkinligini tarixiy tajriba tasdiqlagan. Shuning bilan birga demokratik jamiyatga o’tishning 
barcha mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan qonuniyatlari ham mavjud. Jumladan, siyosiy tizimni
isloh qilish, bozor munosabatlarini shakllantirish, insonning o’z ichki imkoniyatlarini yuzaga 
chiqarish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirish, jamiyat taraqqiyotida yuksak intellektual
salohiyat ustuvorligini ta’minlash va boshqa bir qator qonuniyatlar barcha demokratik jamiyat 
qurishga intilayotgan mamlakatlar uchun umumiy hisoblanadi. Ammo umumiy qonuniyatlar barcha
mamlakatlarning o’ziga xosligini hisob olgan holda demokratik jamiyatga o’tishni inkor etmaydi. 
Aksincha, o’tish davrida mavjud bo’ladigan muammolarning ma’no-mazmunini teran anglagan
holda, ularni sobitqadamlik bilan hal qilish imkonini beradi. 
Demokratik jamiyatga o’tish deganda, mamlakatlarning turli tuzumlardan (totalitarizm,
kapitalizm, harbiy diktatura va x.k) demokratik tamoyillar asosida rivojlanishi uchun vujudga 
keltiriladigan imkoniyatga ketadigan oraliq vaqt tushuniladi. Xuddi ana shu vaqt ichida demokratik
jamiyat uchun zarur bo’ladigan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy imkoniyatlar 
yaratiladi. «Oraliq» vaqtning boshlanishi va uning o’z poyoniga etishi o’tish davri masalalari
qatoridagi eng muhim ahamiyatga molikdir. Chunki, bugun bu masala ilmiy adabiyotlarda o’z 
echimini topganicha yo’q. Unga aniqlik kiritmaslik esa «o’tish davrining» boshi va oxiri
qaerdaligini bilib olish imkonini bermaydi. To’g’ri, o’tish davri ikki yo’nalishda iqtisodiy hayotda 
va siyosiy hokimiyatda pirovardida demokratik jamiyatga olib boruvchi tub o’zgarishlarning sodir
bo’lishi va uning asosida ijtimoiy hamda ma’naviy-ma’rifiy sohalarda olib boriladigan 
islohotlarning boshlanishi bilan xarakterlanadi. O’tish davrining tugashi esa demokratik
tamoyillarning to’laligicha hayotiy reallikka aylanishi bilan bog’liq bo’ladi. 
Bugungacha demokratik tamoyillar asosida rivojlanayotgan mamlakatlarning unga o’tish davri
tajribalariga asoslanib, o’tishning uchta asosiy yo’li yoki «model»i shakllanganligini ta’kidlash 
mumkin.
Uning birinchisi - klassik an’anaviy yo’l hisoblanadi. «Klassik yo’l» - deganda, insoniyatning 
demokratik taraqqiyot yo’liga o’tishning dastlabki shakli va uning dunyodagi ko’pchilik
mamlakatlar taraqqiyotida samara berganligi asosidagi andozasi tushuniladi. Bu yo’lning xarakterli 
xususiyati shundaki, unda tashqi kuchlarning aralashuvisiz, mamlakatning o’z ichki imkoniyatlariga
tayangan xolda demokratik jamiyatga o’tishi amalga oshadi. Bu yo’lning yana bir asosiy hususiyati 
shundaki, u uzoq tarixiy bosqichda amalga oshadi. O’tish davrida siyosiy sohada qancha burhonlar
sodir bo’lishiga qaramasdan asosiy o’tishning islohotlari iqtisodiy sohada amalga oshirila 
boshlanadi. Bu sohadagi muhim tadbir xususiy mulkchilikni qaror toptirish hisoblanadi. Xuddi ana
shu tadbirning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, mamlakat hayotining boshqa sohalarini, xususan 
ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy madaniy sohalarda ham islohotlarning amalga oshirilishi imkonini
beradi.

O’tish davrining klassik yo’lidagi bunday jarayonning xarakterli tomoni shundaki, iqtisodiy


sohada xususiy mulkchilikning rivojlanishidan aholining aksariyat ko’pchilik qismining ish bilan 
ta’minlashi imkoniyatini beradi. Ammo asosiy moddiy boylikning bir qism odamlarda to’planib
qolishi, boshqalarning esa unga qaram bo’lib qolishlari mamlakat ichki hayotida katta buhronlar, 

hatto fuqarolar urushlarini keltirib chiqarishi mumkin. Bu jarayon mulk egalarining aholi


farovonligini ta’minlash tomon qiladigan harakatlari o’zining samarasini bera boshlaganicha davom 
etadi. Xuddi ana shu jarayonlar zaminida aholining siyosiy ongi ham o’sib boradi. Ularning o’z
huquqlarining ta’minlanishiga erishishga intilishi kuchayadi. Bu o’z navbatida mamlakat siyosiy 
hayotida demokratik jarayonlarning yuzaga kelishi va uning o’sib borishiga o’z ta’sirini o’tkazadi.
O’tish davri klassik yo’lning boshlanishi kapitalistik munosabatlarning yuqori bosqichi, uning 
iqtisodiyotda islohotlar o’tkazmasdan taraqqiy qilishiga imkoniyat etmay qolishi oqibatida yuzaga
keladi.
Bu yo’lning klassik (an’anaviy) yo’l deyilishiga sabab shuki, mamlakatlarning demokratik
jamiyatga o’tishi dastlab xuddi ana shu ko’rinishda namoyon bo’lgan edi. Bugun yuksak 
taraqqiyotga erishgan mamlakatlarning aksariyati ana shu yo’ldan borganlar. Klassik yo’l
muammolarning ko’pligi, ularni hal qilishning murakkabligi, aholining bu jarayonga «ko’nikib» 
borishi kabi masalalar bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham, ovrupa mamlakatlarida bu jarayon ikki,
ikki yarim asrgacha davom etdi. Ana shu muhlat ichida mamlakatlarda iqtisodiy sohadagi 
yutuqlarning zaminida demokratik qadriyatlari ham shakllanadi va ularda bugun fuqarolik
jamiyatini takomillashtirish jarayonlari davom etmoqda. 
Demokratik jamiyatga o’tishning ikkinchisi - inqilobiy yo’l hisoblanadi. Uning xarakterli
xususiyati shundaki, davlatlarda vujudga keltirilgan katta iqtisodiy salohiyat aksariyat ko’pchilik 
aholining turmush tarzi nisbatan yuqori bo’lganligiga asoslanib, dastlab mamlakat siyosiy hayotida
keskin o’zgarishlar amalga oshiriladi. Ya’ni, amaldagi hokimiyat shakli barbod bo’ladi va uning 
o’rniga yangi, demokratik jarayonlarni rivojlantirishga moyil bo’lgan hokimiyat shakli va uning
infra tizilmasi vujudga keladi. Ular o’z navbatida iqtisodiy hayotda keskin islohotlar o’tkazadilar. 
Xususan, amaldagi milliy valyuta bekor qilinadi (sindiriladi). Bu esa iqtisodiy islohotlarni o’tkazish
shart-sharoitlarining imkoniyatlarini izlashni taqozo qiladi. Buning oqibatida aholining qo’lidagi 
pul, mablag’lar ham o’z qiymatini yo’qotadi va mamlakat siyosiy hayotida bo’lgani kabi, iqtisodiy
hayotda ham demokratik jarayonlarning rivojlanishi sodir bo’ladi. Bu yo’l o’ta xavflidir. 
Inqilobiy yo’l uchun zarur bo’lgan asosiy omillar qatorida:
a) sobiq tuzum sharoitida xususiy mulk kurtaklarining saqlanib qolganligi;
b) demokratik qadriyatlarning kurtaklari mavjudligi;
v) mamlakat hayotini demokratik tamoyillar asosida qayta qurishga qodir bo’lgan intellektual 
salohiyatning etarli bo’lishi;
g) aholining ma’lum bir qismi ana shu demokratik jarayonga hech bo’lmaganda «moyil» bo’lishi 
kabi jihatlar hal qiluvchi omildir. Ularning har biri inqilobiy yo’l uchun alohida ahamiyat kasb
etadi. Masalan, intellektualning rolini olib ko’raylik. Ular mamlakat hayotida bo’ladigan har bir 
o’zgarishni yuzaga keltiruvchi asosiy qudrat hisoblanadi. Xalq hokimiyatdan ko’ra, ularga ko’proq
ishonadi va ergashadi. Shu ma’noda ham ular ommani uyushtiradi va demokratik jarayonlarga 
yo’naltiradi. Shuning bilan birga intellektualning o’zi ham demokratik jarayonlarning murakkab
muammolarini hal qilishda bardosh bera oladigan, uyushgan kuch darajasiga ko’tarilgan bo’lishi 
lozim.
Intellektualning xarakterli xususiyati shundaki, u boshqa ijtimoiy tabaqalardan ko’ra, jamiyat 

hayotida yuzaga keladigan jarayonlarni oldindan bilishga intiladi va bu o’zgarishlarning boshida


tura oladi. Yoki aholi ma’lum bir qismining mamlakatning o’tish davridagi murakkab sharoitlarga 
(moyil) bo’lishi zarurligi omili ham demokratik jamiyat uchun alohida ahamiyatga egadir. Bu
jarayonda aholi murakkab muammolarni hal qilishda faqat kuzatuvchi bo’lib, ularni hal qilishda 
faol ishtirok qilmas ekan, inqilobiy yo’l hech qanday samara bermaydi. Aksincha, inqilobiy yo’l
mamlakatni taraqqiyotdan orqada qolib ketishiga olib keladi. Intellektuallarning ana shu keskin 
o’zgarishlardagi yakdilligi uyushgan tashkilotlari va harakatlantiruvchi kuchlariga aylanishini
taqozo etadi. 
Jamiyatni demokratlashtirishda ana shu omillarga etarli e’tibor qilinmasa, inqilobiy yo’l ham
o’zining samarasini bermaydi. Bu yo’ldan ovro’paning sobiq sotsializm tuzumida yashagan Polsha, 
Vengriya, Germaniya Demokratik Respublikasi, Bolgariya va Rossiya kabi mamlakatlari
bormoqdalar. Demokratiyaga o’tishning bu yo’li sharqqa to’g’ri kelmaydi. Biroq, inqilobiy yo’l 

bilan o’tish uchun zarurati qaysidir darajada mavjud bo’lib qolmoqda. Inqilobiy yo’l demokratik


jamiyat siyosiy hayotida keskin burilish sodir etadi. Mamlakatlar siyosiy tizimida (sistemasi) 
boshqaruvning mohiyatan butunlay yangi shakli vujudga keladi. Iqtisodiyotda davlat mulkini
xususiylashtirishda, ma’naviy-ma’rifiy sohada eski mafkuradan voz kechishning keskin amalga 
oshirilishi bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi. Ammo, ular o’zaro ichki kurashlarning avj
olishi, ba’zi mamlakatlarda qon to’kilishining sodir bo’lishigacha bo’lgan og’ir jarayonlar shaklida 
amalga oshdi. Bu yo’l qanchalik murakkab, mamlakat hayotida juda katta buhronlarga olib kelishni
hisobga oladigan bo’lsak, uni har mamlakat o’z xususiyatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan 
holdagina amalga oshirishi mumkin.
Demokratik jamiyatga o’tishning uchinchisi - evolyutsion yoki bosqichma-bosqich yo’l 
hisoblanadi. Uning xarakterli xususiyati shundaki, mamlakatda amaldagi siyosiy hokimiyat
tugatilib, uning o’rniga yangi hokimiyat vujudga kelishi bilan, eskini keskin, bir «zarb» bilan 
tugatmasdan, bosqichma-bosqich, vazminlik bilan tugatilib boriladi. Hatto, ularning ayrim
imkoniyatlaridan ham foydalanib boriladi. Xuddi ana shu jarayonda iqtisodiy islohotlarni olib 
borishdi va bu yo’nalishda yangi munosabatlar shakllantiriladi. Bu yo’lning o’ziga xosligi siyosiy
va iqtisodiy hayotda o’tkazilayotgan islohotlar bilan hamohang ravishda ma’naviy-ma’rifiy 
sohalarni ham yangi ehtiyojlar asosida rivojlantirilib borilishidir.
Xo’sh nima uchun asta-sekin, bosqichma-bosqich o’tish zaruriyati tug’iladi? Agar asta-sekin 
o’tiladigan bo’lsa, uning klassik yo’ldan farqli tomoni nimada? Unda ham asta-sekinlik bilan
demokratik jamiyatga o’tilgan-ku? 
Albatta, evolyutsion yo’lning klassik (an’anaviy) yo’ldan farqli tomonlari mavjud. Ular
quyidagilardan iborat: 
Birinchidan, klassik yo’lda demokratik qadriyatlar mavjud jamiyat ichida yuzaga keladi. Bunda
faoliyat ko’rsatayotgan tuzumning taraqqiy qilishi, mulk egalarining oddiy xalqning ehtiyojlarini 
qondirishga yo’naltirilib boriladi. Uning o’ziga xos xususiyati, har ikki tomonning ham
manfaatdorligidadir. Bunday sharoitda demokratik qadriyatlar taraqqiyotning ijtimoiy-siyosiy 
munosabatlarining «ma’rifatlashib», xalq farovonligini ta’minlash omili bo’lib qoladi. Hozirgi
davrda ko’pchilik mamlakatlar evolyutsion yo’l totalitarizm yoki diktaturalar xukmronligini barbod 
etilishining birdan-bir to’g’ri yo’l ekanligini tasdiqlamoqda. Ayniqsa, o’rtacha rivojlangan
mamlakatlarning demokratiyaga o’tishi uchun xos bo’lgan bu yo’l mamlakatlar hayotida keskin 
o’zgarishlarni amalga oshirishning imkoniyatlari bo’lmaganligi bilan ham bog’liqdir.
Ikkinchidan, klassik o’tish yo’lida aholining dunyoqarashi o’zgarib borishini taqozo qilgan 
bo’lsa, totalitarizm – ommaning ongini to’laligicha o’z manfaatlariga bo’ysundirgan jamiyat
bo’lganligi uchun ham uni bir «zarb» bilan demokratiyaga «moslashtirish» nihoyatda murakkab edi. 
Chunki ongni o’zgartirish qisqa vaqtda amalga oshadigan jarayon emas, u jamiyat hayotida
bo’ladigan o’zgarishlarga mos ravishda sodir bo’ladi. 
Ayniqsa, bu jarayon sanoat ishlab chiqarishi kam taraqqiy qilgan agrar sektor etakchilik
qiladigan mamlakatlarda asta-sekinlik bilan amalga oshishi ham umumqonuniyatdir. Chunki 
bunday mamlakatlarda aholining siyosiy madaniyati keskin o’zgartirishlar ehtiyojlaridan orqada
qolgan bo’ladi. 
Uchinchidan, klassik o’tish uchun xos bo’lgan kapitalistik munosabatlar sharoitida
demokratiyaga o’tishda eski tuzum xavf tug’dirmaydi, balki u o’rnini taraqqiyot qilayotgan yangi 
demokratik munosabatlarga «bo’shatib» bera boshlaydi.
Totalitarizm esa yangi demokratik jarayonlar uchun xavf tug’diradi. Chunki uning hukmronligi 
davrida shakllangan, nihoyatda kuchga tayangan munosabatlar va ma’naviy-ma’rifiy salohiyat
demokratik jarayonlar rivojlanishi uchun qarshilik ko’rsatib turadi. Buni albatta hisobga olmaslik 
mumkin emas.
Shuning bilan bir qatorda mamlakatning taraqqiyot darajalari, xalqning mentaliteti, urf-odatlari 
va qadriyatlarini hisobga olish evolyutsion yo’lining katta imkoniyatlari bo’lib, bu o’tish davrida
nisbatan kam talofatlar sodir bo’lishiga sabab bo’ladi. 
Shuning uchun ham ko’pgina olimlar bugungi kunda evolyutsion yo’lni o’tish davri uchun eng
maqbul yo’l sifatida tan olmoqdalar. Jumladan, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi 

A.N.Yakovlev shunday yozadi: «… inqilob bu - boshi berk ko’cha, yo’lini yo’qotish demakdir.


O’zaro janjal va to’polonlar sharoitida ham quyidan, ham yuqoridan boshlanadigan jinoyatlar avj 
oladi. Shu tariqa lyupenlar jinoyati hokimiyat jinoyati bilan bir-biriga aralashib ketadi. Inqilob
davrida shafqatsizlik misli ko’rilmagan darajaga etadi. U olg’a rivojlanish haqidagi nazariyalarni 
yaratadi-yu, oxir oqibatda o’zi ana shu harakat yo’lida to’g’anoq bo’ladi. Faqat tabiiy, tadrijiy yo’l
insonga qoniqish tuyg’usini, jamiyatga esa o’z taraqqiyotini izchil puxta o’ylangan, rejali tarzda 
amalga oshirish imkonini beradi».
1

Evolyutsion yo’lning yana bir afzalligi shundaki, bugun insoniyat juda katta intellektual


kamolot darajasiga ko’tarildi. Shuning bilan birga, uning ehtiyojlari ham unga mos ravishda 
rivojlanib bormoqda. Ana shu ikki jarayonni uyg’un holatda rivojlantirish imkoniyatini faqat
evolyutsion yo’ldan borish bilan hal qilish mumkin bo’ladi. Bugun xuddi ana shu yo’l fojealarga 
olib keluvchi qarama-qarshiliklarning oldini olishga va taraqqiyotga murosa-yu, madora yo’l bilan
erishish imkonini bermoqda. Bu yo’l bugun o’z mustaqilligini qo’lga kiritib endi taraqqiyot yo’liga 
kirayotgan Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun ham samarali bo’lgan yo’l
hisoblanadi. Ular hozir taraqqiyotning qaysi bosqichlarida bo’lishlariga qaramasdan, demokratik 
taraqqiyot bosqichiga ham tabiiy-tadrijiy yo’ldan borishlari pirovard bosh maqsadga erishish
demakdir. 
Ammo, ularning ichki hayotiga aralashuv, demokratiyani tashqaridan bir «zarb» bilan kiritishga
har qanday urinishlar kutilgan natija bermaydi. Bunday holat faqat mamalakatda ichki va tashqi 
ziddiyatlarning kuchayishiga, demokratiyaning bunyodkorlik kuchiga emas, uni taraqqiyotdan
orqaga uloqtirib tashlovchi vayronkor kuch sifatida namoyon bo’lishiga olib keladi. Bunday 
sharoitda mamlakatda fuqarolar urishi kelib chiqish xavfi yuzaga keladi. Bu esa o’z navbatida
mamlakatlararo, millatlararo qarama-qarshiliklarni kuchaytirib, demokratiyaning qaror topishiga 
yo’l qo’ymaydi.
Evolyutsion yo’lning samarali rivojlanishi uchun tashqaridan bo’ladigan har qanday «yordam» 
mamlakatda demokratik jarayonlar rivojlanishi uchun zarur bo’ladigan shart-sharoitlarini yuzaga
keltiradi. Chunki demokratiya hokimiyatni boshqaruvida xalqning ishtirok etishi bilan belgilanar 
ekan, uni «majburlab», boshqaruv jarayoniga jalb qilib bo’lmaydi. Uning uchun ehtiyoj, zaruriyat,
shart-sharoitlarning yuzaga kelishi va xalqning undan foydalanishiga bo’lgan «tabiiy» intilishi 
shakllanmog’i kerak bo’ladi.
Ana shu jarayonning yuzaga kelishi evalyutsion yo’l bilan demokratik jamiyatga o’tish 
imkonini beradi. Ular mavjud bo’lgan mamlakatlarda bu yo’l o’z samarasini berayotganligini
O’zbekiston misolida ko’rish mumkin. 
Xullas, evolyutsion yo’l bugun dunyo mamlakatlarining rivojlanishiga va mintaqalarda
barqarorlikning yuzaga kelishiga hamda umumiy taraqqiyot uchun samara bera oladigan yo’l 
sifatida namoyon bo’lmoqda. Bu jarayonlarni o’rganish zarur.
O’tish davrining umumiy qonuniyatlari O’zbekiston uchun ham umumiylikka egadir.
O’tish

davrining 


boshlanishi 


uchun


xos
bo’lgan,
amaldagi siyosiy hokimiyatning tugatilishi, uning zaminida iqtisodiy sohadagi islohotlarning 
amalga oshirilishi uchun zamin tayyorlash va oldingi tizimning mavjud ma’naviy-mafkuraviy
zo’ravonligidan qutilish bilan xarakterlanadi. Ular qaysi darajada bo’lishidan qat’iy nazar, 
demokratik tamoyillar asosida rivojlanish yo’lini tanlagan barcha mamlakatlar uchun umumiy
zaruriyat hisoblanadi. Ammo, hamma masala o’tish davrining ichida amalga oshiriladigan vazifalar 
strategiyasini belgilash, ularni hal qilishning mexnizmlarini ishlab chiqish va ularni reallikka
aylantirish kabilarda har bir mamlakatning o’ziga xos hususiyatlari mavjud bo’ladi. Bir 
mamlakatning yohud bir necha mamlakatlarning o’tish davrida qo’llagan tajribalarini aynan
ikkinchi mamlakat qo’llay olmaydi. Chunki demokratik jamiyatga o’tishda na faqat 
mamlakatlarning taraqqiyot darajalari belgilovchi ahamiyatga ega bo’ladi, xuddi shuningdek, har
bir mamlakatda yashayotgan xalqning mentalitetini hisobga olish ham muhim ahamiyatga molikdir. 
Uni hisobga olmaslik esa pirovard maqsadga erishish imkonini bermaydi. Shu sababdan ham
1
Яковлев А.Н. ªайтадан кашф этилган мамлакат. Сўз боши ўрнида. «Халқ сўзи», 2001 йил, 9 феврал 

O’zbekistonda uning o’ziga xos va o’ziga mos bo’lgan evolyutsion tadrijiy yo’li ishlab chiqildi. Bu


yo’lning O’zbekiston uchun eng maqbul yo’l ekanligi Prezident Islom Karimov tomonidan ilmiy 
asoslandi va uning kontseptual g’oyalarini fundamental tarzda bosqichma-bosqich amalga
oshirishga kirishildi. 
Bu yo’l Prezident tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilda o’z ifodasini topdi. Xuddi ana shu
tamoyillarni tavsiflab, Prezident shunday ta’kidlagan edi: «Shuni alohida takidlash zarurki, soxta 
inqilobiy sakrashlarsiz, fojeali oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyutsion yo’l bilan
normal, madaniyatli taraqqiyotga o’tish – tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va mohiyatidir».
1

Bu bosh g’oyani Prezident Islom Karimov jahon mamlakatlarining tajribalarini chuqur tahlil 


qilish asosida ilgari surdi va O’zbekistonga xos o’tish davri «model»ini ishlab chiqishda uning


dunyodagi bironta ham davlatlardagi «model»lariga aynan o’xshamasligiga asosiy e’tiborni qaratdi. 
U mamlakatimiz o’z mustaqilligini endigina qo’lga kiritgan va mustaqillikning xavfi xali
batamom tugamagan sharoitda - 1992 yilda bu kontseptual g’oyani ilgari surdi. U shunday yozadi: 
«O’zbekistonning chinakam mustaqilligiga erishishdan iborat o’z yo’li respublikani
rivojlantirishning quyidagi asosiy o’ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini har tomonlama 
hisobga olishga asoslanadi.
Avvalo, u aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an’analari va urf-
odatlaridan kelib chiqadi. Chuqur ildizi o’tmishdagi an’anaviy jamoa turmush tarziga borib
taqaladigan kollektivchilik asoslari O’zbekistan xalqiga tarixan xosdir. Kattalarni hurmat qilish, oila 
va farzandlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ochiq ko’ngillilik, millatidan qat’i nazar, odamlarga
xayrixohlik bilan munosabatda bo’lish, o’zgalar kulfatiga hamdard bo’lish va o’zaro yordam 
tuyg’usi kishilar o’rtasidagi munosabatlarning me’yori hisoblanadi. O’zbeklar diyoriga, o’z
Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlarga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida 
hurmat-ehtirom - O’zbekiston aholisiga xos fazilatlardir. Ichki va tashqi siyosatni ishlab chiqib,
amalga oshirish chog’ida islom dinini e’tiborga olish muhim ahamiyatga ega. Odamlarning turmush 
tarzida, ruhiyatida, milliy-ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda, umuminsoniy tamoyillar
bilan uyg’unlashtirishni taqozo etadi. 


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə