O’quv materiallari ( ma’ruzalar t o’plami )


Davlatning bosh islohotchilik



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə3/30
tarix11.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#145558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va-fayllar.org

Davlatning bosh islohotchilik maqomi davlat va jamiyat qurilishi tamoyillarini
konstitutsiyaviy to’g’ri belgilash orqali hokimiyat bo’g’inlari har birining faoliyat doirasini aniq 
belgilab, ular o’rtasidagi kelishmovchiliklarning oldini olishga kafil bo’ldi. Mustaqil davlat 

Asoschisi va Yo’lboshchisi I.A.Karimovning ham davlat boshlig’i, ham hukumat raisi 

sifatidagi konstitutsiyaviy maqomi aynan ana shu maqsad - davlatning bosh islohotchilik 

vazifasiga to’liq safarbar etildi.
Demokratiyaning bosh talabi bo’lmish qonun ustuvorligini ta’minlash, unga to’liq erishish 
konstitutsiyaviy maqsad qilib belgilandi. Zotan, demokratik jamiyatda inson huquqlari va 

erkinliklari, avvalo, Konstitutsiya hamda qonun ustunligi bilangina ta’minlanadi. Qonun 

oldida hamma teng. Bu demokratiyaning oddiy talabi. 
Ma’lumki, bozor - iqtisodiyot demokratiyasi hisoblanadi. Iqtisodiy erkinlik, mulkning turli 
shakllarda mavjud bo’lishi va raqobat asosida erkin rivojlanishi iqtisodiyot demokratiyasining 

asosi hisoblanadi. Mulkining shaklidan qat’i nazar mulk egasi erkin va ozod. U o’z manfaatlaridan
kelib chiqqani holda, raqobat bozorida ishtirok etadi.
Iqtisodiyot demokratiyasi bo’lgan bozorga bosqichma-bosqich o’tish sharoitida
jamiyatning muayyan ijtimoiy qatlami, shubhasiz, aniq yo’naltirilgan kuchli ijtimoiy himoyaga 
tabiiy muhtojlik sezadi. Demokratik davlat va demokratik jamiyat ana shu muqarrar muhtojlik 

o’laroq, kam ta’minlangan odamlarni, oilalarni, xususan, ko’p bolali oilalarni, qariyalarni, 

nogironlarni o’z ijtimoiy himoyasiga oladi. Bu yolg’iz demokratik davlat va uning negizida
demokratik jamiyat barpo qilish sari yuz tutgan o’tish bosqichidagi rivojlanayotgan mamlakatlar 
uchungina emas, ayni paytda, rivojlangan yirik demokratik davlatlar, ularning batartib va barqaror
ijtimoiy Siyosati uchun ham aslida xos jihatdir.
Xalq hokimiyatchiligi bo’lgan demokratiya O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
yaxlit mundarijasini tashkil etdi. Asosiy Qonunning Muqaddimasidan so’nggi 128-moddasigacha 
davlatimizning demokratik maqomi aniq huquqiy ifodasini topgan. Konstitutsiya - milliy
demokratiyaning yuridik ko’zgusi. Unda umuminsoniy demokratik qadriyatlar, xalqaro huquq 
normalari, shuningdek, inson huquqi davlat huquqidan ustun qo’yilgan. Zotan, haqiqiy demokratik
davlat huquqiy tajribasidagina inson huquqlari, erkinliklari, inson manfaatlari eng yuksak va eng 

ustun qadriyat hisoblanadi. Demokratik davlat va jamiyat, avvalambor, inson manfaatlari, huquqlari


va erkinligi uning tinch-totuv hayoti, kelajagini tashkil etish, himoya qilishdek, ulug’vor 
insonparvar maqsadlarga xizmat qiladi. O’zbekiston o’z Yo’lboshchisi rahbarligida ijtimoiy,
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot ko’ndalang qo’ygan, qo’yayotgan ana shu masalani 
demokratiyaning fuqarolarning teng huquqliligi, inson huquqlarining ustuvorligi, xalqning erkin
xohish-irodasi, hokimiyat organlarining saylab qo’yilishi, ularning saylovlarga bo’ysinishi, 
hokimiyat tarmoqlarining taqsimlanganligi, tayinlash yo’li bilan shakllanadigan davlat
organlarining saylab qo’yiladigan organlar oldida hisob berishga burchliligi, umuminsoniy 
qadriyatlar hamda xalqaro huquq normalarining ustunligi kabi asl tamoyillariga qarab, to’g’ri hal
qildi, hal qilmoqda, kundalik faoliyatga omilona tadbiq etmoqda. 
Ma’lumki, har qanday jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi printsiplar
(xalq hokimiyatchiligi, qonun ustuvorligi, Qonun oldida barchaning tengligi, inson huquqining 
davlat huquqidan ustunligi va b) qatorida kamida uchta mezon mavjud. Ular:
a) xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan xabardorligi, ushbu jarayonlarda ongli faol 
ishtirok etishi;
b) hukumat qarorlari, qonunlar ijrolari xalq tomonidan nazorat qilinishi (jumladan, jamoatchilik 
nazorati);
v) oddiy fuqarolarning davlatni, jamiyatni boshqarishda ongli faol ishtiroki. 
Ha, adolat va demokratiyani tepadan turib, maxsus farmon yoxud dekret bilan o’rnatib
bo’lmaydi. Bu butun xalqning, har bir fuqaroning birdek mushtarak ishtirokini taqozo etadi. Ana 
shunga erishgan davlat va jamiyatgina, ushbu haqiqatni teran anglagan, demokratik tsivilizatsiya
kashf etgan, asrlar sinovidan o’tgan, demokratik dunyoning bugungi talablariga xizmat qiladigan, 
tanlab-saralab olingan milliy qadriyatlar va umuminsoniy tajribalar tabiiy uyg’unlashgan
jamiyatgina demokratik maqom kasb etadi.
Konstitutsiyaviy tamoyillarga qat’iy rioya etish asosida yuqoridagi universal mezonlarning
demokratik amaliyoti O’zbekiston ijtimoiy hayotida demokratiya talablari va printsiplarini to’la 
qaror toptirish, davlat, jamiyat hamda davlat idoralari ishini demokratik tamoyillar negizida tashkil
etish imkonini berdi. Hokimiyatning qonun chiqaruvchi (Oliy Majlis), ijro etuvchi (Vazirlar 
Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari) va sud tizimidan iborat uch mustaqil bo’g’ini bir-
birini tiyib turish, nazorat qilish va bir-birining ishiga aralashmaslik maqomida konstitutsiyaviy 
tashkil etildi.
Demokratik davlat va jamiyatda ijtimoiy hayot ko’p partiyaviylik, fikrlarning xilma-xilligi, 
plyuralizm (jumladan, siyosiy va mafkuraviy plyuralizm) asosida rivojlanadi. Demokratiyaning bu
qoidasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida muhrlab qo’yilgan
Zotan, har qanday demokratiya, avvalo, g’oyalar, qarashlar demokratiyasidan, demak, tafakkur,
dunyoqarash, ong demokratiyasidan boshlanadi. Bu demokratiyaning ma’naviy talabi, ayni paytda, 
ma’naviyatning demokratik talabi. Tafakkurni, dunyoqarashni, ongni demokratlashtirmay turib,
davlatni, jamiyatni demokratlashtirib bo’lmaydi. Qonun va qonun talablari kamsitilib kelingan 
muhitda shakllangan jamiyat, tarbiyalangan inson uchun, shubhasiz, demokratik umuminsoniy
qadriyatlarga ko’nikish, uning qat’iy talablari, qonun-qoidalariga bo’ysinib, ularga rioya etib 
yashash haddan tashqari og’ir, mushkul. Ko’nikish jarayoni qiyin kechmoqda. Demokratiyaga
o’tish bosqichida bu tabiiy hol. Bu erda muqobil yo’l yo’q. Aks holda, umumbashariy 
taraqqiyotning tsivilizatsiyalashgan umumdemokratik yo’lidan chetga chiqib, qismatning yanada
og’ir muammolari girdobida qolib ketish, hatto, g’arq bo’lish mumkin. Tsivilizatsiyalashgan 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə