O`quv yillar toshkent rеjа


O'zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə2/2
tarix03.02.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#100121
1   2
O\'zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki”

 O'zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki


Nodavlat notijorat tashkilotlarning funkoiyalari turli-tumandir. Lekin, ularning asosiy funkoiyalaridan biri turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini artikulyaoiya (Kishilarning alohida bir-birlariga o’xshash manfaatlarini guruh yoki qatlam miqyosida birlashtiradi.) qilishdir
Guruhlar a'zolarining ayrim olingan manfaatlari siyosiy jarayonlarga manfaatdor guruhlar vositasida aniq, bir tizimga solingan talablar tarzida tatbiq etiladi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar ko’plab ayrim manfaatlarni agregaoiya qilish (munozaralar va muhokamalar yordamida turli manfaatlarni uyg’unlashtirish va ular o’rtasida ma'lum bir munosabatlar tizimini o’rnatish)ni ham amalga oshiradi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ma'lum bir ijtimoiy guruhning turli manfaatlari bir tizimga solinib, ularni keng jamoatchilikning xohish-irodasi sifatida davlat va hukumat organlariga etkazilishi - siyosiy qarorlar qabul qilish uchun muhim ahamiyatga egadir. Qolaversa, bunda ko’plab manfaatlar guruhlari va ijtimoiy qatlamlar o’rtasida o’zaro kelishuv va muvofiqlashuv ro’y beradi. 

Nodavlat notijorat tashkilotlar ichida faqat siyosiy partiyalargina siyosiy faoliyat bilan bevosita shug’ullanishi mumkin. Siyosiy partiyalarning davlat bilan xalq ommasi o’rtasidagi munosabatlarida turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning siyosiy manfaatlarini va irodalarini ifodalashi muhim ahamiyat kasb etadi Siyosiy manfaatlar xarakterini ifodalash uchun odatda siyosiy yo’nalishlarga nisbatan 


«ultraso’l»
«so’l»
so’l mo’'tadil»
«mo’'tadil»
«o’ng mo’'tadil»
«o’ng va ultrao’ng»
tushunchalari ishlatiladi

Nodavlat va jamoat birlashmalarining O’zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etishdagi ahamiyati


Mustaqillik davridagi demokratik islohotlar natijasi o’laroq, 1992 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstituoiyasi, Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan 
barcha qonunlar majmuasi mamlakatimizda demokratik o’zgarishlarni chuqurlashtirish orqali fuqarolik jamiyatini qurishga qaratilgandir.
O’zbekistonda amaldagi qonunchilikka binoan nodavlat notijorat tashkilotlariga quyidagi huquqlar berilgan: 
o’z a'zolari va qatnashchilarining huquklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining karorlarini ishlab chiqishda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish
o’z faoliyati to’g’risida axborot tarqatish;
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish omillaridan biri siyosiy maydonda demokratik mamlakatlarga xos bo’lgan partiyaviylik tizimini qaror toptirishdir. 
Har bir mamlakatdagi davlat, hukumat va parlamentni shakllantirishda siyosiy partiyalarning qanday mavqega egaligi, bu jarayonlardagi ishtirokining qanday kechishi, xalqning partiyaviylik tizimi asosida kechgan saylovlardagi faollik darajasi hozirgi davrga kelib demokratiya me'yorlarini belgilab bormoqda.
Mamlakatda nodavlat notijorat tashkilotlar mustaqilligini ta'minlash, shuingdek, ularni fuqarolik jamiyatining muhim institutiga aylanishini ta'minlash maqsadlarida davlatning “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” konoeptual siyosiy dasturi qabul qilindi. Jamiyat siyosiy tizimini yanada erkinlashtirish masalalari mazkur siyosiy dastur qabul qilinganidan keyin yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda
Demokratik jamiyat qurishga doir islohotlar siyosiy partiyalarning mustaqil tashkilot sifatidagi maqomini oshirishga yo’naltirilgan. 2004 yil dekabrda bo’ladigan saylovlarda siyosiy partiyalarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko’rsatishning to’la huquqlari berilishi, xalq deputatlari kengashlari - vakillik organlaridan esa bu kabi huquqning olib qo’yilishi partiyalarning jamiyatda tutgan o’rnini yanada yuksak ko’tarishga qaratilgandir
Etiboringiz uchun raxmat 
Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə