O`quvchilar jamoasi – yaxlit pedagogik jarayonning asosiy shakli



Yüklə 4,31 Mb.
səhifə2/4
tarix16.03.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#102605
1   2   3   4
ominaaaaaint

Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham komil inson qiyofasining yoritilishiga alohida ahamiyat berilgan. Xususan, Abu Nasr Forobiy komil insonni shakllantirish va fozil jamoa (etuk jamiyat)ni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki yo„nalishi ekanligiga urg„u beradi. Allomaning fikricha, fozil jamiyat komil inson sa‟yi-harakati bilan barpo etilishi mumkin. Shu bois mamlakatni boshqaruvchi shaxs o„zida eng oliy insoniy fazilatlarni mujassam eta olishi zarur, deb hisoblaydi. «Aql to„g„risidagi» risolasida Abu Nasr Forobiy rahbar shaxs qiyofasida namoyon bo„lishi lozim bo„lgan o„n ikki fazilatni keltirib o„tadi. Bizning fikrimizcha, mazkur fazilatlar har bir zamonaviy shaxsda o„z aksini topa olishi kerak, zero, ular inson hayotini mo„tadil kechishi hamda muayyan kasbiy faoliyatlarni tashkil etishda muvaffaqiyatlarga erishishni kafolatlaydi. Abu Rayhon Beruniy ham komillikning asosini ilmli bo„lishda deb hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urg„u beradi. Allomaning fikricha, axloqiylik, to„g„rilik, odillik, tadbirkorlik, o„zini vazmin tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, aadolatli va vijdonli bo„lish komil inson qiyofasida aks etishi zarur bo„lgan eng asosiy sifatlardir. Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning birinchi mezon sifatida bilimli bo„lishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli bo„lishi esa uning yanada yuksalishini ta‟minlaydi, deya baholab alloma, adolatni ruhiy lazzat (ruhiy xotirjamlik)ning muhim ko„rsatkichi ekanligini uqtiradi. Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy o„rinni egallaydi va o„z orzusidagi komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga ega bo„lishi borasidagi g„oya ilgari suriladi: aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor, qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saxovatli, sabr-qanoatli, adolatli, muruvvatli, sog„lom, jismonan baquvvat, mard va jasur.

Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi qarashlari bilan Sharq mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson qiyofasida, yana shuningdek, vatanparvarlik, hamda intizomlilik sifatlari ham namoyon bo„lishi kerak, deb hisoblaydi. Alloma millat taqdirining jonkuyari sifatida milliy til taraqqiyoti jamiyat ma‟naviy rivojini ta‟minlovchi asosiy omil, deya baholaydi. Shaxsning jamoada qaror topishi. Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan jamiyat a‟zosi bo„lib, uning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar jarayonida kechadi. Mazkur jarayonda qatnashish asosida u jamiyat tomonidan tan olingan ma‟naviy-axloqiy, shuningdek, huquqiy me‟yorlar mohiyatini o„zlashtiradi. Jamiyatning a‟zosi sifatida uning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini ta‟minlovchi mehnat faoliyatini yo„lga qo„yadi. Shuningdek, shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlarini qondirish yo„lida ham atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi. Shaxs ijtimoiy muhitdan uzilgan holda mavjud bo„la olmaydi. Buning misoli sifatida R.Kipling tomonidan yaratilgan asardagi Mauglini keltirish mumkin. Garchi, inson bolasi bo„lsada, ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etish ko„nikma va malakalari shakllanmaganligi bois odamlar hayotiga moslasha olmaydi.


Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə