Organik sintezning muhim maxsulotlari Reja



Yüklə 7,79 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü7,79 Kb.
#147647
  1   2   3
Organik sintezning muhim maxsulotlari Reja-fayllar.org


Organik sintezning muhim maxsulotlari Reja

Organik sintezning muhim maxsulotlari
Reja:
1. Oraliq maxsulotlar
2. Polimer materiallari uchun plastifikatorlar.
3. Sintetik faol va yuvish vositalari.
4. Erituvchi va ekstragentlar.
Rivojlanish natijasida organik sintez bir nechta tarmoqlarga

bo’linadi (bo'yoqlar texnologiyasi, dori moddalari, plastmassalar,


kimyoviy tolalar texnologiyasi va h.k). Bu tarmoqlar orasida asosiy
organik va neft kimyosi sintezi sanoati muhim o'rinni egallaydi. Asosiy
yoki og‘ir organik sintez degan iborani ma’nosi - bu ko‘p tonnali
mahsulot ishlab chiqarish bo'lib, ular boshqa organik mahsulotlar olish
texnologiyalari uchun asos hisoblanadi. Asosiy organik sintez sanoati mahsulotlarining turli xil tuzilishga, xossalarga egaligi va ko‘p sohalarda qo’llanilishi bilan boshqa sanoat mahsulotlaridan farq qiladi. Asosiy organik sintez sanoati mahsulotlari - bu turli xil uglevodorodlar, xlor va ftorli birikmalar, spirtlar va fenollar, oddiy efirlar, aldegidlar va ketonlar, karbon kislotalar va ularning hosilalari, aminlar va nitrobirikmalar, oltingugurt, ftorli va h.k. moddalardir. Qo‘llanilishi bo'yicha yuqoridagi birikmalar ikki guruhga bo’linadi: oraliq mahsulotlar (boshqa moddalar sintezi uchun
qo’llaniladi) va turli tarmoqlarda qo’llaniladigan maqsadli mahsulotlar.
Oraliq mahsulotlar. Ular xalq xo‘jaligida biror maqsadlar uchun
qo’llanilmaydi, lekin ular asosida boshqa kerakli birikmalar sintez
qilinadi. Bunday mahsulotlarni - organik sintez oraliq mahsulotlari
deyiladi. Masalan, etilendan 1,2-dixloretan, uni degidroxlorlash bilan
esa vinilxlorid olish mumkin:

Oraliq mahsulotlar assortimenti juda keng, chunki oddiy va


murakkab organik birikmalar sintezida oraliq mahsulotlar hosil bo’ladi.
Monomer va polimer materiallari uchun xom-ashyolar. Organik sintez va neft kimyosi sintezida bu birikmalar eng muhim o’rinni egallaydi. Ular plastmassalar, sintetik kauchik, sintetik laklar, kleylar, plyonka materiallari, sintetik tolalar olishda xomashyo sifatida qo’llaniladi.
Monomerlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) Vinil monomerlari

2) Allil monomerlari:

3) Olefinlar: CH2=CH2; CH2=CH-CH3; CH2=C (CH3)2 etilen propilen izobutilen
4) Diyenlar:
CH2 =CH-CH=CH2; CH2 =CH–CCl =CH2; CH2=CCH3 – CH=CH2
1,3–butadien xloropren izopren
5) Polikondensastiya reakstiyasi uchun qo’llaniladigan monomerlar, ularga quyidagi moddalarni misol qilish mumkin:
HOOC-(CH2)4–COOH adipin kislota;
H2N – (CH2)6 - NH2 geksametilendiamin


Yüklə 7,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə