Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)issn: 2181-1784



Yüklə 33,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix22.12.2023
ölçüsü33,8 Kb.
#153894
1   2   3   4
43 Mansurjonova Gulbahor Muhammadsobir qizi 272-275

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4), April, 2023 
273 
haqiqatda biroz zerikarli bo’lsa-da, u tufayli adabiyotda birdaniga ikkita badiiy 
yo’nalish paydo bo’ldi: utopiya va antiutopiya.» 
«Antiutopiya – rejimning dastlabki istagi barcha aholi uchun ideal jamiyat 
qurish bo’lgan, biroq keyinchalik rivojlanishning salbiy tendensiyalari paydo bo’lgan 
holatni yoki dunyoni tasvirlaydigan badiiy janr. Bunda shaxs erkinligi to’liq yo 
qisman cheklangan, erkin fikrlash esa qattiq jazolanadi. Antiutopiya dunyosida 
mukammal ijtimoiy tuzilma chiroyli qopqon orqasiga yashirinadi va rejimga qarshi 
chiqqan asar qahramoni oxir-oqibat rejimga taslim bo’lib, taqdirga tan beradi.» [1] 
Jahon adabiyotida antiutopik janrning eng sara namunalarini Jorj Oruelning 
«1984» va «Molxona» asarlari, Rey Bredberining «Farangeyt bo’yicha 451 daraja», 
Oldos Xakslining «Ajib yangi dunyo» romanlarida ko’rishimiz mumkin. O’zbek 
adabiyotida garchand antiutopik asarlarning salmog’i juda ko’p bo’lmasa-da, 
zamonaviy o’zbek adabiyotining vakili Xurshid Do’stmuhammad bu janrga o’zining 
«Bozor» romani orqali qo’l urgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Antiutopik janr turli elementlarni o’z ichiga oladi. Xususan, mavjud siyosiy va 
ijtimoiy tuzumga qarshi chiqqan asar qahramoni nohaqliklarga qarshi kurashadi. 
Odamlar erkidan, erkin fikrlashdan mahrum etiladi. Ularning barcha huquqlari 
qisman yoxud to’laligicha cheklanadi. Qahramonlar ular tashlangan jamiyatda 
yaratilgan aks qonun-qoidalar, shartlar asosida yashashga va mavjud qiyinchiliklar 
orasida jon saqlashga majbur bo’ladilar. Va ular bu jamiyatning o’zlari orzu 
qilgandek emasligini biladilar. Asardagi aksar obrazlar joriy tuzumni o’zgartirishga, 
uni yaxshilashga yoki shunchaki bu tuzumdan o’zlari qutulishga harakat qilib 
ko’radilar. Leki bu harakatlar tuzum tarafdorlari tomonidan qattiq nazorat ostiga 
olinadi yoxud jazolanadi. Umuman, antiutopik asarlar qahramonlari tinch-osuda 
hayotni, o’z erkinliklariga ega bo’lishni, erkin fikrlashni, inson sifatida jamiyatda 
qadrlanishni orzu qilishadi. Lekin ular shunchaki buyruqlarga so’zsiz itoat etishga, 
doimiy ravishda kuchli bosim, og’riqlar ostida yashashga majbur etiladilar.
Yuqorida ta’kidlaganimiz o’zbek adabiyotining antiutopik romani Xurshid 
Do’stmuhammadning «Bozor» romani bosh qahramoni Fozilbek ham asarda 
tasvirlangan mavjud ijtimoiy va siyosiy holatga o’zining fikrlari bilan qarshi chiqadi. 
Fozilbekning bu qarshiligi ochiqdan-ochiq yoki turli namoyishlar orqali kechmasa-da, 
u hayotini , yaratmoqchi bo’lgan oilasini sof, samimiy, insoniy tuyg’ularga tayangan 
holda bunyod etishni xohlaydi. Lekin bu yo’lda u turli qarshiliklarga uchraydi. U 
«bozor» atalmish manfaatlar ustiga qurilgan soxta olamning boshqa a’zolari singari 
fikrlamaydi. Ular kabi o’z foydasi uchun yolg’on so’zlamaydi, niqoblanmaydi, orini, 
g’ururini sotmaydi; aksincha, o’zining hayotga, insonlarga bo’lgan qarashlarida



Yüklə 33,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə