Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)issn: 2181-1784



Yüklə 33,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix22.12.2023
ölçüsü33,8 Kb.
#153894
1   2   3   4
43 Mansurjonova Gulbahor Muhammadsobir qizi 272-275

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4), April, 2023 
274 
o’zining to’g’ri deb bilgan fikrlarida va amal qilinishi zarur bo’lgan tamoyillarida 
sobit turadi. «Bozor» romani antiutopik janr qonun-qoidalari asosida yozilgan bo’lib 
«bozor» tasviri orqali insonlarning erkin fikrlashini, huquqlarini cheklovchi tuzum 
tasvirlangan. Bozor barchani o’zining izmiga soladi, qonunlariga bo’ysundiradi, 
«nafs» deya atalmish baloyi azimga giriftor etadi: «Bozor manaman degan insoni 
komilni ham yalpisiga-bitta qo’ymay bozorga soladi: odamlarni betma-bet ro’para 
keltiradi, og’iz-burun o’pishtiradi, gijgijlaydi, mushtlashtiradi va shu tariqa ne 
ko’ylarga giriftor etib, sinovdan o’tkazadi».[2] Asar qahramoni Fozilbek esa bozorni 
o’zgartirishga, uni «izga solishga» urinadi. Bu harakatni u o’zidan boshlashga qaror 
qiladi. U o’zgalar kabi «bo’lsa bo’ldi-de» qabilida ya’ni duch kelgani bilan hayotini 
bog’lashni xohlamaydi. Turmush o’rtog’i uni tushunishini, fikrlari, dunyoqarashi 
o’zaro mos kelishini, chin muhabbat taftini his etishni, sevib-sevilishni va bu 
tuyg’ular ular farzandlar, ro’zg’or tashvishlari bilan yelib-yugurgan paytlarda ham 
so’nmasligini istaydi va shunday «Munosibxon» ni uchrashini kutadi. U shu o’rinda 
boshqalarning, xususan, akasi Diyorbekning hayotini eslaydi va bozorning qonun-
qoidalari, «olish» ilinjida yashayotgan akasini o’ylab ularga achinadi.
Antiutopik romanlarning asarga joziba beradigan xususiyatlaridan yana biri bu 
mavjud bo’lgan tuzumga qarama-qarshi qo’yiladigan makonning tasvirlanishidir. 
Sezganingizdek, bu makon ezguliklar, orzular, insoniy tuyg’ular hukmron bo’lgan, 
inson qadrlanadigan, uning fikrlari ahamiyat kasb etadigan go’shadir. Shu o’rinda u 
asar qahramonlari turli salbiy voqealarni va qiyinchiliklarni boshidan kechiradigan 
zamona bilan mutlaqo zid qo’yiladi. Ingliz adabiyotida Jorj Oruelning «1984» 
romanida asar qahramonlari qisqa muddatga bo’lsa-da o’zlari orzu qilgan makonda 
baxtiyor onlarini o’tkazadilar; haqiqiy qahva ifori va ta’mini tuyadilar, turli jihozlar 
bilan boyitilgan xonada suhbatlashadilar, tabiatning mo’jizalari-daraxt, qushlar, 
maysalar taftini xis etadilar.[3] Xurshid Do’stmuhammadning «Bozor» romanida esa 
qiroatxona (kutubxona) tasviri orqali bunday manzaraga erishiladi. Qiroatxona 
bozorga teskari holda fozil insonlar, nafsiga mag’lub bo’lmagan, bozor 
tashvishlaridan o’zini chetda tuta olgan odamlarning manzili sifatida tasvirlanadi. 
Shuning uchun u huvillagan, bino devorlari nuragan va omonat, yaroqsiz holda 
o’quvchiga ko’rsatiladi. Lekin Fozilbek o’zining chinakam baxtini kutubxonada 
topadi. Kutubxonaga yangi kitoblar olishda yordam beradi va bu yerning tashrif 
buyuruvchisiga aylanadi. Asarda kutubxonaning ramziy mazmuni ham borki, u 
hayotimizda hamon kichik bo’lsa-da ezguliklar, yaxshi insonlar borligiga ishoradir.[4] 
Ta’kidlaganimizdek, antiutopiya janri Ingliz adabiyotida oldinroq paydo bo’lgan 
va tasvir ko’lami O’zbek adabiyoti namunalariga qaraganda ancha keng. Xurshid 
Do’stmuhammad «Bozor» romani orqali o’zbek adabiyotini yangi janr bilan 



Yüklə 33,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə