Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences volume 1



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix01.04.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#103992
1   2   3   4   5   6   7
oilalarda-ajralish-va-uning-oqibatlari

Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784
 
74 
w
www.oriens.uz
2021
 February 
 
(uning aka-ukalari o‘z oilasi, xotini, bolalari bilan yashayotgan va ajrashgan ayol 
uchun ahvolni yanada jiddiylashtiruvchi joyga) borib yashashga majbur bo‘ladilar. 
Uchinchidan, qishloq ayollarida ajralishgandan so‘ng qayta oila qurish imkoni 
nihoyatda kamdir. Mana shu ob’ektiv sabablarni hisobga olgan holda qishloq 
joylardagi o‘zbek ayollari muammoli (er-xotin orasidagi munosabatlar nihoyatda 
ziddiyatli, nizoli, ular orasidagi mehr-oqibat yetarli ifodalanmagan oila) nikohga ham 
ko‘nikib yashayveradilar. Ba’zi ayollar, aslida eri bilan birga yashamayotgan 
bo‘lsalar-da (hatto yillab), erlaridan «o‘ch olish» maqsadida, uning boshqaga 
uylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun rasmiy ravishda, sud orqali ajrashishga 
ko‘nmaydilar. Qishloq joylardagi ajralishgan erkaklar ayollarga nisbatan bir muncha 
imtiyozli vaziyatda bo‘ladilar: ular ajralishgandan so‘ng o‘z yaqinlari tomonidan 
ko‘proq qo‘llab-quvvatlanadi. Bolasi yo‘q bo‘lgan holatda esa ajralishgan erkak 
uchun turmushga chiqmagan ayolga uylanish sezilarli darajada muammo 
tug‘dirmaydi. 
Bundan tashqari u ajralishdan so‘ng oldingi sharoitda — o‘z (ota-onasining) 
uyida qoladi va navbatdagi yangi oila qurish imkoniga ega bo‘ladi. Shuning uchun 
qishloq joylarda ajralishlarning tashabbuskorlari ko‘proq erkaklar bo‘ladilar. 
Agar ajralish «ozodlik» deb hisoblanadigan bo‘lsa, unda hozirgi zamon nikoh-
oila qonunchiligiga ko‘ra bu «ozodlik» «kimga qanchaga tushadi?» Shahar joylarda 
istiqomat qiladigan Yevropa xalqlariga mansub bo‘lgan yosh oilalarda bu quyidagi 
formula tarzida bo‘lishi mumkin. Ayollar uchun: Ajralish q ozodlik + bola + aliment 
± uy + yolg‘iz onalarga beriladigan imtiyozlar + yangi oila qurish muammosi. 
Erkaklar uchun: Ajralish q ozodlik - bola - aliment ± uy + yangi oila qurish 
imkoniyati. Agar ajralishlarning ayol va erkakka ko‘rsatadigan asosiy ta’sirlarini 
sanaydigan bo‘lsak, ular quyidagicha bo‘ladi: Jamiyat uchun — Noto‘liq oilalar soni 
ko‘payadi, oilalararo yoki qarindoshlararo adovat yuzaga keladi, bir jinsning ikkinchi 
jinsga nisbatan nafrati paydo bo‘ladi, fohishabozlik ortadi, teri-tanosil kasalliklarning 
ortishi 
kuzatiladi, 
shaxsning 
ijtimoiy 
faolligi 
susayadi. 
Erkak uchun — yolg‘izlik hissining ortishi, giyohvandlik va ichkilikbozlikka berilish, 
turli kasalliklar. Ayollar uchun — yolg‘izlikni his qilishning ortishi, qayta oila qurish 
imkoniyatining cheklanganligi, nevrozlar, stresslar, turli xastaliklar, o‘z joniga qasd 
qilish. Yuqoridagilar bilan birga, o‘zbek oilalar ajralishganda o‘zgacha xususiyatlar 
ham kuzatiladi. Psixolog olim Fahriddin Ro‘ziqulov ajralishning asoratlari mavzusida 
o‘tkazgan maxsus tadqiqot natijalariga ko‘ra aksariyat holda ajralish qurboni ayol 
bo‘ladi. Ya’ni ajralish erkaklarga nisbatan ayollarni kelgusi oilaviy baxtiga, 
bolalarning tarbiyasiga, oila byudjetiga, ayolning salomatligiga, o‘z ota-onasi bilan 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə