Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences volume 1



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix01.04.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#103992
1   2   3   4   5   6   7
oilalarda-ajralish-va-uning-oqibatlari

Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784
 
75 
w
www.oriens.uz
2021
 February 
 
bo‘lgan ota-ona va farzand munosabatlariga, ajralishgan ayolning ruhiyatiga kuchli 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga ayol uchun katta hayotiy muammolarini — 
qayta oila qurish va yolg‘izlik muammosini keltirib chiqaradi. Bu qishloq va shahar 
ayollarida deyarli bir xil ifodalanadi. Ammo shaharlik ayollar shahar turmush tarzida 
jinsiy hulq jihatdan birmuncha erkin bo‘lganlari hamda o‘z kasb faoliyatlari bilan 
faol shug‘ullanganlari tufayli qishloq ayollariga nisbatan yolg‘izlikdan kamroq jabr 
ko‘radilar.
3
Noto‘liq oiladagi bolalar tarbiyasi. Noto‘liq oila haqida gapirilganda shuni 
alohida ta’kidlab o‘tish joizki, noto‘liq oilalar ham turlicha yuzaga keladi. Oilalar er-
xotinlardan birining vafot etganligi tufayli yoki ularning ajralishi tufayli noto‘liq 
bo‘lib qolishi mumkin. Albatta oilada ota yoki onaning vafot etishi bu ulkan fojia
avvalo bu fojia hech kimning boshiga tushmasin, lekin bunday oilalarda marhumning 
ruhi hurmati, unga nisbatan, uning sha’niga ijobiy munosabatlar saqlanib qoladi. 
Biroq er-xotinning ajralishi sababli yuzaga kelgan noto‘liq oilalarda «tirik yetim» 
bolalar qoladi. Birinchidan, «tirik yetimlik» jamoatchilik o‘rtasida, ayniqsa bolalar 
jamoalarida (bog‘chada, maktabda, tengdoshlar davrasida) nisbatan kuchliroq 
qoralanadi. Ikkinchidan, bunday oilalarda ota yoki ona tomonidan, ularning yaqinlari 
tomonidan sobiq turmush o‘rtog‘i sha’niga, uning shaxsiyatiga salbiy bo‘yoqlar 
beruvchi munosabatlar shakllanadi. Sobiq er-xotinlar tomonidan bir-birlarini 
qoralovchi fikr-mulohazalar ko‘proq bildiriladi.
Bular albatta, bu toifa noto‘liq oilalardagi o‘zaro munosabatlarning 
shakllanishida qator noxushliklarning yuzaga kelishiga asos bo‘ladi.
4
Ajralish faqatgina ajralgan er-xotinlar emas, balki ajralish oqibatida otasiz 
yashayotgan farzandlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Ayniqsa ajralish otasiz 
o‘sayotgan qiz bolaning his-tuyg‘ulariga, otasiga bo‘lgan mehriga, qiz bolada 
shakllanadigan ota obraziga va otasiz o‘sayotgan qizning ruhiyatiga kuchli salbiy 
ta’sir qiladi. Bu esa nafaqat qiz bolaning bolalik davrida balki kelgusida o‘zi mustaqil 
oila qurganda ham o‘z asoratini ko‘rsatishi mumkin.
Ko‘p tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha va rivoyatlarda ifodalanishicha 
ilmiy jihatdan o‘z tasdig‘ini topganligi asosida o‘z otasiga mehr va hurmati yetarli 
ravishda shakllanmagan qiz kelajakda oila qurganda turmush o‘rtog‘iga ham 
hurmatini 
yetarli 
ravishda 
ifodalay 
olmaydi. 
Tadqiqot natijalariga ko‘ra ajralish oiladagi otasiz o‘sayotgan o‘g‘il bolaning 
o‘qishiga va tarbiyasiga salbiy ta’sir etishi kuchli bo‘lar ekan. Shu bilan birga ajralish 
3
Oilani o’rganish psixodiagnostika metodikalari. Tuzuvchilar: N.A.Sog’inov, F.G’.Habibullaev. –T.,: 1996. 
–38 b. 
4
Shoumarov Sh.B., Shoumarov G’.B. Muhabbat va oilaviy hayot. –T.:, ―Ibn Sino‖, 1996. –96 b. 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə