Oriental Renaissance: Innovative


educational, natural and social sciences



Yüklə 69,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix27.12.2023
ölçüsü69,48 Kb.
#162218
1   2   3   4   5   6   7   8
leksikologiya-tushunchasi-va-unda-so-zning-mohiyati

educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
177 
w
www.oriens.uz
March
2022
 
qo‘llanish bilan chegaralangan bo‘ladi. (masalan, urg‘u, leksika, affiks – 
tilshunoslikka oid terminlar; konus, piramida, kvadrat – geometriyaga oid terminlar;
kultivatsiya, barona – qishloq xo‘jaligiga oid terminlar; basketbol, gol, nokaut – 
sportga oid terminlar va hokazo). Leksikologiya lug‘at tarkibini shu nuqtai 
nazardan ham o‘rganadi. 
4. Lug‘at tarkibidagi so‘zlar nutqqa, uslubga bo‘lgan munosabatlariga ko‘ra ham 
o‘zaro farqlanadilar. Ma’lum so‘zlar nutq turlariga, uslubga (stilga) betaraf (neytral) 
munosabatda bo‘lsa (quchoq, bechora, osmon, ichmoq va b.), ayrim so‘zlar nutq
uslubining ma’lum turiga xos bo‘ladi (og‘ush – badiiy uslubga xos, boyaqish – 
oddiy nutqqa xos, samo – poetik uslubga xos, adib – kitobiy uslubga xos va 
hokazo). Leksikologiyada so‘zlarning ana shu xususiyatlari ham o‘rganiladi. 
5. Har bir so‘z tovush qiyofasi va ma’nosiga ega, ya’ni shakl va mazmunga ega.
Lug‘at tarkibidagi so‘zlar ana shu shakl va mazmuni jihatidan turlicha munosabatga 
ega bo‘lishi mumkin. Masalan, chaqqon, epchil, chechan, abjir, chapdast so‘zlarining 
shakli har xil, ma’nosi bir xil (sinonim); ko‘k (rang), ko‘k (osmon), ko‘k (maysa, 
ko‘kat) so‘zlarining shakli bir xil, ma’nosi har xil (omonim) va hokazo. 
Leksikologiyada so‘zlar o‘zaro ana shunday munosabatlari nuqtai nazaridan ham
o‘rganiladi
3
. [3. 5.] 
So‘zlar haqida aytib o‘tilgan xususiyatlar tildagi barcha so‘zlar uchun taalluqli 
hisoblanadi. Leksikologiyada ham asosan ana shu tipdagi so‘zlar o‘rganiladi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, Leksikologiya leksikani o‘rganadi, leksika esa
so‘zlardan (so‘zlar majmuidan) iborat bo‘ladi, shunday ekan birinchi navbatda
so‘zning o‘zi haqida, uning mohiyati haqida to‘xtab o‘tishga to‘g‘ri keladi. 
Ayrim ishlarda «asosiy til birligi», «til va nutqning eng muhim elementlaridan
biri», «tilning eng kichik asosiy birligi» deb umumiy tarzda va oddiygina 
ta’riflanadigan so‘z aslida juda murakkab xususiyatga ega. Uch – to‘rt og‘iz so‘z, 
hatto uch – to‘rt jumla bilan ham so‘zga to‘la ta’rif berib bo‘lmaydi. Shu vaqtga 
qadar lingvistik adabiyotlarda so‘zga uning boshqa hodisalardan farqini belgilovchi 
aniq, mukammal ta’rif yo‘qligining boisi ham ana shunda. So‘z til birligi sifatida juda 
murakkab xususiyatga ega ekan, so‘zga qandaydir umumiy yoki aniq ta’rif berishdan 
ko‘ra, uning o‘ziga xos tomonlarini, boshqa til birliklaridan farqli belgi – 
xususiyatlarini yoritish muhimdir. Oddiy nazar tashlashdayoq so‘zning tovushdan
tovushlar majmuidan tuzilishi aniq seziladi. Barcha tillarda ham so‘z asosan birdan 
ortiq tovushdan tuziladi. Bir tovushdan iborat so‘zlar juda kam miqdorni tashkil etadi 
3
Ўзбекистон ССР ФА Тарих, тилшунослик ва адабиётшунослик бўлими томонидан нашрга тайёрланган. 
Ўзбек тили лексикологияси. Тошкент. 1981 йил. 5 – бет. 



Yüklə 69,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə