Oriental uniiversiteti fakultet: tarix mustaqil ish


Olmaliq kon-metallurgiya kombinati



Yüklə 25,3 Kb.
səhifə3/3
tarix23.12.2023
ölçüsü25,3 Kb.
#156436
1   2   3
olmaliq

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O'zbekistonda mis ishlab chiqaruvchi yagona korxona hisoblanadi. Korxona rafinlangan mis, rux, molibden, qo`rg`oshin kontsentrati va boska mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
«Olmaliq KMK» AJ ulushiga respublikada ishlab chiqarilayotgan kumushning 90 foizi va oltinning 20 foizi to`g`ri keladi. 2018 yil avgust oyidan boshlab korxonaning davlat ulushi «SFI Management Group» MCHJ xorijiy kompaniyasining ishonchli boshqaruviga topshirildi.
«Olmaliq KMK» AJning 2022 yilga qadar barcha tarkibiy bo'linmalarini modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish dasturi ikki milliard dollardan ziyod investitsiyalarni sarmoyalshtirishni ko`zda tutadi. Unda mis boyitish fabrikasi, mis eritish va rux zavodlari, Angren kon boshqarmasi va boshqa asosiy tsexlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish belgilangan. Bu, o`z navbatida, ma'nan va jismonan eskirgan quvvatlarni chuqur modernizatsiya qilishni nazarda tutadi.
Ushbu dasturning amalga oshirilish natijasida «Olmaliq KMK» AJ rangli va qimmatbaho metallar, shuningdek, boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada ko`tarish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish haqini oshirish, hamda bir qator muhim ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini qo`lga kiritadi.
Yüklə 25,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə