Қорин чурралари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/54
tarix25.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#83107
növüРеферат
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
qorin devorining xirurgik anatomiyasi

Sirpanuvchi churralar. 

Bu churra xaltasining devorlaridan birining qorinpardasi bilan qisman 

qoplangan (masalan, siydik qopi, yuqoriga ko'tariladigan va pastga tushadigan yo'g'on ichak) a‟zolar 

tashkil qiladigan churralardir. Churra xaltasi kamdan-kam hollarda batamom bo‟lmaydi. 

Yo'g'on  ichakning  sirpanuvchan  churralari  aksariyat  qiyshiq  chov  churralarida  bo‟ladi. 

Sirpanuvchi  churralar  hamma  chov  churralarining  0,6-3,6  %  ini  tashkil  etadi.  Ular  tug‟ma  va 

orttirlgan bo‟lishi mumkin. 

Yo'g'on  ichak  sirpanuvchan  churrasining  maxsus  simptomlari  bo‟lmaydi.  Odatda  bu  yoshi 

ulg'aygan va keksa odamlardagi churra darvozasi keng va katta churradir. 

Qovuqning  sirpanuvchan  churralarida  siydik  chiqarish  buziladi  yoki  siydik  ikki  bo‟lib 

chiqariladi,  avvaliga  bemor  kovug'ini  bo'shatadi,  keyin  churra  bo‟rtmasini  bosganidan  keyin 

kaytadan siydik chiqarish mayli paydo bo‟ladi va bemor yana siyadi. 

Qovuqning  sirpanuvchan  churrasiga  shubha  qilinganda  qovuqni  kateterlash  va  sistografiya 

qilish zarur. 

Quyidagi hollarda sirpanuvchan churra borligiga taxmin qilish mumkin: 

1.

 



Katta va uzoq davom etuvchi, churra darvozasi keng chov churralarida. 

2.

 



Ko‟p retsidivlanuvchi churralarda. 

3.

 



Bemorning maxsus shikoyatlari, yani ayrim a‟zolarning sirpanish belgilari borligi. 

4.

 



To‟g‟rilanmaydigan yoki qisman to‟g‟rilanmaydigan churralarda. 

5.

 



Churra xaltasini bosganda hamirsimon konsistensiya aniqlanishi. 

6.

 



Siydikning ikki bo‟lib chiqarilishi. 


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə