Қорин чурралари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/54
tarix25.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#83107
növüРеферат
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
qorin devorining xirurgik anatomiyasi

braxiomorf

  –  ko‟krak  qafasining  pastki 

aperturasi  keng  va  chanog'i  qisqa,  qorinning  old  devori  yuqoridan  keng    bo‟lib  pastki  qismi  qisqa 

bo‟ladi. Sho‟nga asosan X kobirganing pastki nuqtalari orasidagi (Dist costazum) masofasi, yonbosh 

suyaklari oldingi dumbalari orasidagi (Dist spinalum) masofaga nisbatan uzun hisoblanadi. Ikkinchi 

tipda 


dolixomorf  – 

ko‟rakning  pastki  aperturasi  qisqa  va  chanog'i  keng  –  ikkinchi  tip    kishilarda 

(dolixomorf), ko‟krakning pastki aperturasi  qisqa, chanog'i keng. Qorinning old devori xuddi osilib 

turgan    nokdek  bo‟ladi.  Kobirgalar  oraligidagi  masofa,  yonbosh  suyaklari  orasidagi  suyaklarga  

qaraganda kam bo‟ladi. 

Ana  shu  hisoblarga  asoslanib  T.V.Lavrova  (1979)  «Qorinning  ko‟ndalang  indeksi»  degan 

tushunchani kiritdi. 

Shuning uchun 



«qorinning ko’ndalang indeksi»

 tushunchasi kiritilgan: 

100

*

tan



cos

tan


pinarum

tias

dis

tarum

tia

dis

 



Agar indeks 100 dan katta bo'lsa – braxiomorf yoki giperstenik (qorinning erkaklarcha shakli), 

100 ga teng bo'lsa – qorin sharsimon shaklga ega bo‟ladi. Indeks 100 dan kichik bo'lsa – dolixomorf, 

ya‟ni astenik  tipda (ayollar qorni shaklida) bo‟ladi. 

Braxiomorf (giperstenik) tipdagi kishilarda diafragmal, epigastral, to‟g‟ri chov churralari ko‟p 

uchraydi. 

Dolixomorf  (astenik)  tipdagi  kishilarda  esa  kindik,  son,  va  qiyshiq  chov  churralari  ko‟p 

uchraydi. 

Shuni  aytish  kerakki,  tana  tuzilishi  tipining  o'zi    hal  qiluvchi  moyillik  faktori  hisoblanadi. 

Kishining  jismoniy  rivojlanganligi,  mushaklarining  tonusi,  aponevroz  va    bog‟lamlarining 

mustahkamligi    katta  ahamiyatga  ega.  Juda  kam  kishilarda  tana  tuzilishining  qandayligidan  qat‟iy 

nazar,  ularda  konstitusion  churraga  moyillik  bo‟ladi.    Ularda  biriktiruvchi  to‟qimalarning  tug‟ma 

kuchsizligi bo‟lib, uni tizimli  kasalliklar turiga kirgiziladi. Ko‟pincha bunday kishilarda ko‟p sonli 




 

 

churralar,  masalan,  diafragmaning    qizilo‟ngach  teshigi  va  chov  churrasi  yoki  son  churrasi  bilan  



qo'shma bo‟lishi mumkin. Bunday bemorlarda yassi tavon, teri osti venalarining varikoz kengayishi, 

gemorroy tugunlarining kengayishi kabi kasalliklar birga kuzatiladi. 

Erkaklarda qorin churralari ayollarga qaraganda ko‟proq uchraydi. Eskidan tarixiy fikr borki – 

chov  churralari  erkaklarda  ko‟proq  uchraydi.  Oxirgi  yillardagi    ilmiy  izlanishlar  natijasiga  qarab 

aytish mumkinki, qorin churralari hozirgi zamonda ko‟proq ayollarda uchraydi. 

Bu holat bunday churralar profilaktikasini o'z vaqtida qanday o'tkazishga yullanma hisoblanadi. 

Diafragmal,  kindik,  son,  operatsiyadan  keyingi,  yopiq  kanal,  Oraliq  va  spigel  chizig‟i  churralari 

ayollarda ko‟proq yuzaga  chiqmoqda.  

Erkaklarda  qorin  churralari  paydo  bo'lish  moyilligi  yuqori.  Statistik  ma‟lumotlarga  ko‟ra 

erkalarda  chov  churralari  ko‟p  uchraydi.  Ayollarda  esa  kindik,  diafragma,  son,  operatsiyadan 

keyingi, Oraliq va spigel chizig‟i churralari ko‟p  uchraydi. Shuning uchun chov churralari erkaklar 

va  ayollar  o‟rtasidagi  nisbati  10:3,  son  1:8,  spigel  chizig‟i  churrasi  1:2,  operatsiyadan  keyingi 

churralar 1:4, kindik 1:10, Oraliq churrasi 1:7 tashkil etadi. 

Ayollarda qorinning old devori  kuchsizlanishiga  olib keladigan  asosiy faktorlardan biri – bu 

homiladorlikdir.  Homiladorlikning  oxirgi    muddatlarida  bachadon  12  ½  marta  kattalashadi  va  Ana 

shunga  kindik  halqasi  kengayadi  va  qorinning  old  devori  (oq  chizig‟i)  yupqalashadi.  Qorinning 

to‟g‟ri  va  yonbosh  mushaklari    gipertrofiya  holiga  keladi,  qon  tomirlarida  qayta  tiklanish  bo‟lib, 

periferik    asablarda  tuzilishi  o'zgaradi.  Ana    shu  holatlar    fiziologik  holda  o‟tib,  bola  tugilgandan 

keyin  asta-sekinlik  bilan  o'z  holatiga  kaytishi  kerak.  Vaholanki  oq  chiziqning,  kindik  halqasining, 

mushaklar tonusi oldingi holatiga batamom   kelmaydi.   

T.F.Lavrovaning  kuzatilishlaridan  ma‟lum  buldiki  xolos  yaxshi  jismoniy  tayyorlangan 

kishilarda  yoki  sport  bilan  shug‟ullanuvchi  ayollarda  bola  tugulgandan  keyin  to'liq  o'z  holatiga  

kaytishi mumkin. Ko‟p ayollarda ayniqsa ko‟p tuqqan  xotinlarda qorinning oq  chiziqi kengayishi, 

kindik halqasining kengayganligi, qorinning old devori  atopiya holati saqlanib qoladi.  

Biz o'z kuzatuvlarimizda aniqladikki, juda semiz kishilarda  qorinning old devori churrasi hosil 

bo‟lishiga  moyillik  bo‟ladi.  Katta  yog'  qatlami  aponevroz  bilan    siyrak  yopishgan  bo‟lib  (ayniqsa 

semiz  ayollarda)  katta  og'irlik  kuchi  pastga  tortadi,  bu  o'z  navbatida  mushaklarda  degenerativ  

o'zgarishlarga, aponevroz va fassion  qavatlarning  haddan tashqari cho'zilishiga olib keladi 

Yana  churralarning  hosil  bo‟lishida  odamlarda    davom  etadigan  surunkali  kasalliklar  va 

organizmning umumiy oriqlashidir. Natijada qorinning old devorida kuchsizlik holatlarida  qarshilik 

kuchi  kamayib,  qorin  bo‟shlig‟idagi  bosimga    chidam  bermay  qoladi  va  churra  hosil  bo'lish  xavfi 

kuchayadi.  Churra  hamma  yoshdagi  kishilarda  uchraydi,  ammo  eng  ko‟p  kasallikning  yuzaga 

chiqishi  maktab  yoshigacha  bo‟lgan  bolalarda  va  50  yoshdan    keyingi  kishilarda  kuzatiladi.  Ko‟p 

olimlarning  (Mayat  V.S.  1980,  Toskin  K.D.  1983)  ma‟lumotiga  asosan  churralar  30-40  yoshli 

kishilarda ko‟proq uchraydi. Shuning uchun ham churralarni xirurgik davolash jismoniy va aktiv ish 

faoliyatida qatnashayotgan kishilarda o‟tkazilmoqda.                                                                                                                                                                                                                                                                                                  

Churralarning hosil  bo'lish mexanizmi  ularning  kelib  chiqishiga  bog‟liq holda  har xil  (tug‟ma 

yoki orttirilgan) bo‟ladi. 

Tug‟ma  churralarda  churra  darvozalari  churra  xaltasi  yarim  yumaloq    shaklga  ega,  so‟ngra 

jismoniy  Zo‟riqish natijasida ichki a‟zolar  churra xaltasiga kiradi.  Orttarilgan churralarda esa qorin 

ichidagi  bosim  oshishi  natijasida  ichki  a‟zolar  qorin  devori    qatlamlarini  surib,  pariyetal 

qorinpardasini chuzib yuboradi. va natijada churra xaltasi shakllanadi. 




Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə