Қорин чурралари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/54
tarix25.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#83107
növüРеферат
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
qorin devorining xirurgik anatomiyasi

kanal  churrasi

,  churra  xaltasi  teri  ostiga  tashqi  teshigi  orqali  chiqqan  bo'lsa  – 



to'liq  churra,

 

deyiladi. 



Ba‟zan churra xaltasi ayrim mushak va fassial qatlamlar orasida qolib ketsa Oraliq yoki interstisial 

churra ko'rinishida bo‟lib, teri ostidan emas, balki mushak yoki aponevroz ostiga chiqadi. 



QORIN ChURRALARINING HOSIL BO'LISHIDAGI UMUMIY FAKTORLAR VA 

ETIOPATOGENEZI. 

Churraning  kelib  chiqishidagi  etiologik  faktorlardan  bo‟lib  qorin  bo‟shlig‟idagi  bosimning 

qorinning  old  devori  qayta  ta‟sir  ko‟rsatish  qobiliyatining  dinamik  muvozanatning  buzilishi 

hisoblanadi. Sog‟lom  odamlarda, qorinning old devoridagi «kuchsiz xitlarning» bo‟lishiga qaramay 

diafragma  mushagining  tonusi  va  qorin  old  devori  qorin  ichki  bosimining  tushishi,  defekatsiya, 

yo'tal,  og'irlik  ko'tarishda  bo‟ladigan  o'zgarishlarini  ushlaybilish  xususiyatiga  ega.  Ammo  har  xil 

sabablarga  ko‟ra  mushak  aponevroz  qavatining    funksional  holati  pasayadi  va  qorin  bo‟shlig‟i 

bosimi va qorin devori orasida  diskoordinasiya kelib chiqadi va churra rivojlanadi.  

Churraning  hosil    bo‟lishi  mexanizmi  juda  og'ir  va  harxil  bo‟ladi.  Mahalliy    moyillik 

faktorlarida    asosan  topografoanatomik  o'zgarishlar  sababli  bo'lsa,  undan  tashqari  umumiy 

faktorlarga  ham  bog‟liq.  Mahalliy  faktorlarni  o‟rganish  churralarni  operativ  davolash    prinsiplarini 

patogenetik  asoslab berish ucho‟ngina yordam beradi.  

Umumiy faktorlar ikki guruhga moyillik va churrani  keltirib chiqaruvchi faktorlarga bo‟linadi. 

Churralar  mahalliy  va  umumiy  xarakterdagi  sabablardan  hosil  bo‟lishi  mumkin,  churraga 

moyillik va keltirib chiqaradigan sabablarga bulinidi. Churralar hosil bo‟lishining moyillik qiladigan 

sabablariga  churra eng  ko‟p hosil bo‟ladigan joylarda qorin  devori  tuzilishining mahalliy  anatomik 

xususiyatlari kiradi. Bu anatomik kuchsiz joylar yoki churra nuqtalari quyidagilar: 

a)  Chov kanali sohasi

b)  Sondagi oval chuqurcha sohasi

v)  Qorin oq chizig‟i aponevrozining  kindik usti va uning ostidagi bo'limi; 

g)  Spigeli chizig‟i sohasi; 



 

 

d)  Peti uchburchagi sohasi



ye)  Gryunfeld – Lesgaft turtburchagi sohasi; 

j)  Yopkich teshik sohasi. 

Qorin  devori  tuzilishining  anatomik  xususiyatlari  ayollar  va  erkaklarda  turli  xil  churralarning 

turlicha taqsimlanishiga ham ta‟sir qiladi. Son churralarining ko‟p uchrashi ayollarda chanoq enining 

kengligi  bilan  bog‟liq.  Erkaklarda  chov  churralarining  ko‟p  uchrashi  ularda  chov  halqasining 

birmuncha  kengligi  bilan  izohlanadi.  Embrional  davrda  bu  kanaldan  tuxum  yorg'oqqa  tushadi  va 

urug‟ tizimchasi o‟tadi. Ayollarda chov oraligi yoriqsimon shaklga ega. 


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə