Қорин чурралари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/54
tarix25.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#83107
növüРеферат
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54
qorin devorining xirurgik anatomiyasi

Qiyshiq chov churralari. 

            

Qiyshiq  chov  churrasida  qorinning  old  devorida  hosil  bo‟ladigan  bo'rtib  chiqish   fossa 

inguinalis  lateralis  sohasida  aniqlanadi.  Churra  o'zining  rivojlaishi  davrida  chov  kanali  buyicha 

qiyshiq holda pastka va medial holatda harakatlanib, chov kanalining tashqi teshigi orqali teri tagiga 

yoki  yorg'oqga    tushadi.  Qiyshiq  chov  churrasi  rivojlanish  bosqichiga  qarab  4  turga 

bo‟linadi(Krimov A.P.). 

            1. Boshlanayotgan churra h.inguinalis  obliqua  incipiens. 

            2. Kanal churrasi  h.obliqua  canalis inguinalis. 

            3. Urug‟ tizimining qiyshiq churrasi h. inguinalis obliqua funicularis. 

            4. Qiyshiq chov yorg'oq churrasi  h.ob. inguino-scrotalis.  

Bundan tashqari A.P.Krimov chov churralarining bir nechta har xil  turlariga bo‟lgan: 

1.

 



Chov oraliq churrasi  

2.

 



Chov qorinparda qorin oldi churrasi  

3.

 



Chov yuzaki churrasi  

4.

 



Sirpanuvchi chov churrasi 

5.

 



Chov atrofi churrasi      

 

Churra qopchasining kelib chiqishiga ko‟ra tug‟ma va orttirilgan shakllarga bo‟linadi. Bu ikki 

churralarni  bir-biridan  farqlash  uchun  moyakning  embrional  rivojlanishi  va  yorg'oqqa  tushish 

jarayonini bilish zarur. 

Embrionning ona qorinida 9-oyligida moyagi yorg'oqqa tushadi va tug'ilganida yorg'oqning tub 

qismiga  yetgan  bo‟ladi.  Biriktiruvchi  to‟qimadan  iborat  tortma  moyakning  pastki  qismiga  birikkan 

bo‟lib,  moyakning  yorg'oqqa  tushishiga  yordam  beradi.  Shunga  parallel  ravishda  pariyetal 

qorinparda bo‟rtma hosil qilib, moyakning yorg'oqqa tushishi uchun yo'l hosil qiladi. 

Moyak,  uning  ortigi  bilan  birgalikda  chov  kanali  orqali  urug‟  chiqaruvchi  yo'l  (ductus 

deferens), arteriya va vena (a. et v. testicularis) lar birgalikda o‟tadi. Ana shu hosilalar bir pardaga 

(fascia  spermatica  externa)  o'ralib,  urug‟  tizimchasini  hosil  qiladi.  Bola  tug'ilgach,  moyakni 

yorg'oqqa  tushishiga  yordam  beruvchi  biriktiruvchi  to‟qimali  tortma  atrofiyaga  uchraydi. 

Embriogenez mo‟tadil davom etganda qin o'simtasi ham obliterasiyaga uchraydi. 

Ayollarda  tuxumdon  o'z  rivojlanishi  paytida  kichik  chanoq  bo‟shlig‟iga  tomon  yuradi,  qin 

o'simtasi (Nukiyev divertikuli) chov kanalida joylashadi va rudiment hosil bo‟lib qoladi. 

Qorinpardaning  qin  o'simtasi  yaxshi  obliterasiya  bo'lmasligi  ham  mumkin,  uning  bo‟shlig‟i 

qorin  bo‟shlig‟i  bilan  doimo  aloqada  bo‟ladi  va  asta  –  sekinlik  bilan  tug‟ma  chov  churrasi 

rivojlanadi. Bu churrada qorinpardasining qin o'simtasi churra xaltasi bo‟lib hisoblanadi. 

Tug‟ma chov churrasi ko‟pincha moyak yoki urug‟ tizimchasi istisqosi (vodyanka) bilan birga 

uchraydi.  Bunday  holatda  quyidagi  klinik  manzara  yuzaga  chiqadi:  1)  qin  o'simtasi    qisman 

obliteratsiya bo‟ladi, moyakka  tutashgan  joyidan  bo‟shliq hosil  qilib  istisqo  paydo  bo‟ladi, qinning 

qorinparda o'simtasi churra xaltasini tashkil qiladi. 

2)  qinning  qorinparda  o'simtasi    chov  kanalining  ichki  teshigigacha  obliterasiya  bo‟lmay,  bir  

qismigina obliterasiya bo‟lishi mumkin. Bu holat tug‟ma churraning, urug‟ tizimi kistasi bilan birga 

hosil bo‟lishiga olib keladi. 

 Katta  kishilarda  tug‟ma  chov  churralari  hamma  churralarning  10-15%  ini  tashkil  qiladi. 

K.D.Toskin  keltirilgan  ma‟lumotlariga  asosan  bolalarda  tug‟ma  chov  churrasi  93%-ni  kattalarda 

12,1%-ni tashkil qiladi.  

Orttirilgan  chov  churrasi  (hernia  inguinalis  acquisita)  qorinparda  qin  o'simtasining  batamom 

bitib  ketgan  holatlarida,  ko‟pgina  omillar  ta‟sirida  hosil  bo‟ladi.  Qiyshiq  chov  churrasida  qorin 

bo‟shlig‟i a‟zolari chov kanalining ichki teshigidan kirib, butun kanal bo‟ylab o‟tib, tashqi teshigidan 

chiqadi. 

Orttirilgan  qiyshiq  chov  churralarida  churra  xaltasi  uning  hosilasi  bilan  moyakdan(testis)  

alohida  joylashadi.  Qiyshiq  chov  churrasi  ayollarda  chov  kanalining  tashqi  teshigidan  chiqib  katta  

jinsiy lablar tomon yo‟naladi va ularni kengaytirib yuboradi. 



 

 

Ayrim  holatlarda  chov  kanalining    tashqi  teshigidan  chiqib  son    tomonga  yo‟naladi  va    son 



churrasining belgilarini hosil qiladi. Vaholanki, chov churralarida uning darvozasi chov bog‟lamidan 

yuqorida  aniqlanadi.  Churra  hosilasini  qorin  bo‟shlig‟idagi  hamma  a‟zolar  tashkil  qilishi  mumkin. 

Bundan    jigar  va    oshqozon  osti  bezi  istisnodir.    Ko‟pchilik  holatlarda    churra  hosilasi  bo‟lib 

ingichka ichak sirtmoq lari va charvi tashkil qiladi. Churra xaltasida ichaklarning bir devori bo‟lishi 

mumkin. Juda kam holatlarda churra xaltasi hosilasi bo‟lib talok, buyraklar,siydik yullari, xomilalik 

bachadon, tuxumdonlar va bachadon naylari bo‟lishi mumkin.  

Juda  kam  holatlarda  sirpanuvchi  churralar  uchraydi  .  Bu  churralar  qari  kishilarda  va  ko‟proq 

erkaklarda  kuzatiladi.  Bu  churralarning  hosil  bo‟lishida  churra  xaltasining  bir  devorini  

mezoperitoneal a‟zolar (ko'richak,ko'tariluvchi yo'g'on ichak, siydik qopi) tashkil qiladi. 

Qorinpardaning churra xaltasining tashkil qilishdagi qatnashganligi holatiga qarab sirpanuvchi 

churralarni ikki guruhga bo'lish mumkin. 

1.

 



Qorinparda atrofi churrasi. (Churra xaltasi to'la bo‟lmaydi)- (hernia-paraperitonealis), 

2.

 



 Qorinpardadan tashqi churrasi-(churra xaltasi bo‟lmaydi)-(hernia-extraperitonealis) 

Shunday  qilib,  qiyshiq  chov  churrasi  chov  kanali  yo‟li  bo‟ylab  yuqoridan  pastga,  orqadan 

oldinga, tashqaridan ichkariga yo‟naladi. O'z rivojlanish jarayonida birqancha bosqichlarni o‟tadi.  

1. Churra do'mpagini vrach chov kanalining tashqi teshigi orqali kirgizib bemor  kuchanganida 

yoki  yo'talganida  aniqlash  mumkin.  Bu  boshlanish  bosqichidagi  churralar  hisoblanadi.  (heznia 

inquinalis obliqua incipiens). 

2.  Churra  xaltasi  chov  kanalining  tashqi  teshigi  atrofiga  kelsa-  kanal  churrasi  (h.inquinalis 

obliqua canalis) deyiladi. 

3. Churra kanaldan chiqib chov sohasida shish hosil qiladi va qiyshiq chov urug‟ tizimi churrasi 

(h.obliques funicularis) hisoblanadi. 

4.  Churra  bo‟rtmasi  urug‟  tizimchasi  yo‟li  bilan  yorg'oqda  aniqlansa-qiyshiq  chov  yorg'oq 

(h.inguino-scrotalis) churrasi deyiladi. 

Demak,  qiyshiq  chov  churrasi  chov  kanalining orqa  devorida  o'zgarishlar  va ichki  teshigining  

kengayishi sababli hosil bo‟ladi.Ichki teshigi churra darvozasi  hisoblanadi.  

Sog‟lom

 

odamlarda chov kanalining ichki teshigi  ichki bosimga qarshi turadigan klapan rolini 



o'ynaydi. Uncha chuqur bo'lmagan ichki teshigi halqasi  devorlari ko‟ndalang mushakning mushak- 

pay tolalari  hamda  gesselbax bog‟lami (pastdan, ichkaridan) bilan yaxshi mahkamlangan. Bundan 

tashqari qorinning ichki qiyshiq mushagi ham uni oldindan yopib ichki bosimga qarshilik qiladi. 

         Agar  chov  oraligi  uchburchak  shaklida  bo‟lib,  ichki  va  ko‟ndalang  mushaklar  qirralari 

yuqorida  joylashgan,  organizm  kuchsizlanib  mushaklarda  degenerativ  o'zgarishlar  bo‟lib  atrofiya 

bo'lsa, hamda  gisselbax bog‟lami bo'lmasa churra hosil bo'lishga yaxshi imqoniyat  tugiladi. 

        Churraning  rivojlanishi  bilan  chov  kanali  anatomiyasi    o'zgara  boradi.  Ichki  halqa  

kengligi kattalashib hatto 7-8 marta sog` odamlardagi hajmiga nisbatan  ortib ketadi.  

Qiyshik  chov  churrasi  boshlanayotgan,  kanal  sohasidagi,  urug‟  tizimchasi  qiyshiq  churrasi  va 

qiyshiq chov-yorg'oq churrasi bosqichlarini o‟tadi. Qiyshiq chov churrasining hosil bo‟lishida chov 

kanalining orqa devori o'zgaradi va chov oraligi kengayib, churra darvozasini hosil qiladi. 

Shunday qilib, qiyshiq chov churrasining patogenezida konstitutsional yoshga bog‟liq va har xil 

ijtimoiy  omillar  ta‟sirida  rivojlanadigan  chov  kanali  orqa  devorining  yetishmovchiligi  muhim  rol 

o'ynaydi. 




Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə