Orol dengizi va orolbo’yi hududining ekologik muammolari hamda ularning oldini olish darsning maqsadi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#152600
  1   2   3
Orol dengizi va orolbo’yi hududining ekologik muammolari hamda u


OROL DENGIZI VA OROLBO’YI HUDUDINING EKOLOGIK MUAMMOLARI HAMDA ULARNING OLDINI OLISH
Darsning maqsadi: Talabalarga Orol dengizi va uni muhofaza qilish haqida tо‘liq tushuncha byerish.
Jihozlar: Adabiyotlar, jadvallar, O‘UM, slaydlar.
Darsning metodi: Savol-javob, suhbat, munozara.
Savollar:

  1. Gidrosfera qobig‘i tо‘g‘risida umumiy tushuncha bering.

  2. Orol dengizi haqida to‘liq ma’lumot

  3. Orol dengizini qurish sabablari haqida to‘liq ma’lumot bering

  4. Orol dengizining qurishi natijasida kelib chiqqan salbiy oqibatlarni aytib bering

  5. Aholi о‘rtasida kelib chiqqan kasalliklar.

  6. Orol va Orolbо‘yi muammolarini oldini olish yо‘llari.

  7. Orol dengizining hozirgi holati

  8. Orol dengizini qutqarish bo‘yicha xalqaro hamkorliklar.

Yuqorida keltirilgan savollarga talabalar javob byergach, o’qituvchi har bir savolni umumlashtiradi, qo’shimchalar kiritadi.
Uyga vazifa: « O‘zbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari va ularning tabiatni muhofaza qilishdagi ahamiyati» mavzusini kelgusi darsda tayyorlab kelish topshiriladi.
Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 12 sentabrda BMTning Nyu-Yorkdagi bosh shtab-kvartirasida chiqish qilib, Orolbo‘yi muammosiga e’tiborni oshirish taklifini ilgari surgandi. 2018 yilda Orolbo‘yi mintaqasida insonlar xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyat boshladi. 2020 yilning 23 sentabr kuni davlat rahbari BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida nutq so‘zladi hamda global iqlim o‘zgarishlari va Orolbo‘yi hududidagi vaziyatga yana to‘xtalib o‘tdi. Prezident nutqida Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etgan edi. 2021 yilning 18 may kuni BMT Bosh assambleyasi 75-sessiyasining yalpi majlisida Shavkat Mirziyoyevning taklifiga ko‘ra Orol dengizi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi. Shu tariqa Orol dengizining qurigan tubi “front”ga aylandi: respublikaning barcha hududlaridan maxsus texnikalar jalb etilib, yashil qoplamalar barpo etishga kirishildi. 2022 yilda 107 ming gektar maydonda saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklari ekilgan. Jami 590,3 tonna, shundan 391 tonna mahalliy aholi tomonidan cho‘l o‘simliklari urug‘lari jamg‘arilgan. 100 gektar saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklaridan niholxonalar tashkil etilgan. Mazkur ishlarni bajarish uchun 635 nafar ishchi-xodim, 250 dona yuqori unumli traktorlar va 2 dona kichik aviatsiya jalb qilingan. Ushbu barpo etilgan yashil qoplamalar soha olimlari tomonidan doimiy monitoring qilinib borilmoqda. 2023-yilda Orol dengizining 100 ming gektar qurigan maydonida o‘rmonzorlar barpo etish maqsadida hukumat farmoyishiga ko‘ra, buning uchun bir qancha jamg‘armalar, tijorat banklari hamda Qoraqalpog‘iston budjetining oshirib bajarilgan qismi hisobidan 25 mlrd so‘m yo‘naltirildi. 2023 yilda Orol dengizining qurigan 100 ming gektar maydonida himoya o‘rmonzorlari barpo etilishi rejalashtirilgan bo’lib, bu haqda O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati rahbari Otabek Ashurov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lumot berishicha mazkur yashil qoplamalarni barpo etish uchun saksovul, qandim, qoraburoq kabi cho‘l o‘simliklaridan jami 420 tonna urug‘ tayyorlanib, “100 gektar maydonda saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklaridan niholxonalar tashkil etilishi zarur miqdordagi texnika va mexanizmlar, mutaxassis va ishchi-xodimlar, shuningdek, ixtiyoriy ravishda aholi vakillari o‘rmon meliorativ tadbirlarini amalga oshirish uchun jalb qilinganligi to’g’risida ma’lumot berib o’tdi.
“Bu jarayonlarni moliyalashtirish uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasidan 5 mlrd so‘m, O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasidan 5 mlrd so‘m, Aksiyadorlik tijorat banklaridan 5 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining oshirib bajarilgan qismi hisobidan 10 mlrd so‘m ajratilib, 2023 yilda Orolbo‘yi mintaqasi hisoblangan Navoiy viloyatida 50 ming gektar, Buxoro viloyatida 40 ming gektar hamda Xorazm viloyatida 11 ming gektar maydonda yashil qoplamalar tashkil qilish nazarda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, hukumatning 2022 yil 18 yanvar kungi qarori bilan Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yining 1 mln gektargacha hududlarida cho‘l o‘simliklarini ekish belgilangandi.Unga ko‘ra, 2022−2026 yillarda Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 500 ming gektar, Buxoro viloyatida 200 ming gektar, Navoiy viloyatida 250 ming gektar va Xorazm viloyatida 50 ming gektar cho‘l o‘simliklari: saksovul, qoraburoq, qandim va cherkez ekilishi belgilangan.
Аytish o‘rinliki, Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan Orol dengizining suvi qurigan tubida "yashil qoplamalar” - himoya o‘rmonzorlari barpo etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Natijada, Orol dengizining qurigan tubida 1,7 mln gektar maydonda saksovul, cherkez, qandim kabi sho‘rga va qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklardan iborat yashil qoplamalar barpo etildi. Ushbu ishlarni tizimli davom ettirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlarini barpo etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 31-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Orol dengizining suvi qurigan hududida global ekologik muammolarning oldini olish va aholining ijtimoiy-iqtisodiy yashash tarzini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Jumladan, 2022-yilda 107 ming gektar maydonda saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklaridan “yashil qoplamalar” barpo etildi. Jami 590 tonnadan ziyod cho‘l o‘simliklarining urug’lari jamg‘arildi. 100 gektar saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklaridan niholxonalar tashkil etildi. Mazkur ishlarni bajarish uchun 635 nafar ishchi-xodimlar, 250 dona yuqori unumli traktorlar va 2 dona kichik aviatsiya jalb etildi.
E’tiborlisi, barpo etilgan “yashil qoplamalar” soha olimlari tomonidan doimiy monitoring qilinib, cho‘l o‘simliklarining ko‘karishi bo’yicha yaxshi natijalarga erishilmoqda.
2023-yilda ham “yashil qoplamalar” barpo etishni moliyalashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-yanvarda 25-F-sonli Farmoyishi qabul qilingani Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan ishlarni yanada keng qamrovda sifatli davom ettirishda muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə