Orol fojiyasi kelib chiqish sabablari


« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#152402
1   2   3   4   5
ZDTF12014

« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy 
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi 
umumiy maydoni 38000 km2 bo'lgan yangi qum va tuzli cho'llar mavjud. Dengiz 
choʻl zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv 
bugʻlanadi. Bu esa keyingi davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yogʻin va 
yer osti suvlaridan ortikdir. Shuning uchun iklimiy oʻzgarishlar natijasida Orol 
dengizi suvining sat-hi yillar davomida oʻzgarib turgan. Mas, 1785-yildan 
dengizda suv sathi koʻtarila boshlagan boʻlsa, 1825-yildan pasaygan, 1835—50 
yillarda yana koʻtarilgan, 1862-yil kamaygan. Koʻkorol 1880-yilda yarim orolga 
aylanib qolgan. 1881-yil suv sathi pasaygan. 1885-yildan Orol dengizida suv 
sathi yana koʻtarila boshlagan. 1899-yilga kelib Koʻkorol yarim orol orol boʻlib 
qolgan. 1919-yil dengiz maydoni 67300 km², suv miqdori 1087 km³ boʻlgan 
boʻlsa, 1935-yilga kelib maydoni 69670 km², suvning miqdori 1153 km³ ga 
koʻpaydi. Keyingi bir yarim asr mobaynida dengiz suvi sathi ancha oʻzgargan. 
Orol dengizida suv sathining yil davomida oʻzgarib turishi Amudaryo va 
Sirdaryoning bahor-yoz paytlarida toshishi bilan bogʻliq. Bahorgi yomgʻirdan 
ham dengiz sathi koʻtariladi. Suvi sathining yil davomida oʻzgarish amplitudasi 
urtacha 25 sm ga teng boʻlgan. Suvining shoʻrligi oʻrtacha 10— 11 %". Suvdagi 
tuzlarning koʻp qismini osh tuzi va sulfatli magniy tuzi tashkil etgan. Kimyoviy 
tarkibiga koʻra, suvi Kaspiy dengizi suviga oʻxshash. Suvining rangi koʻpgina 
qismida koʻk, qirgʻoklariga yaqini koʻkimtir tusda. Amudaryo bilan Sirdaryoning 
quyilish joyida suvi loyqa. Dengiz dekabr oʻrtalaridan mart oxirigacha muzlaydi. 
Yozda suvning yuqori qismidagi temperaturasi 27° ga yetadi. Chuqurlik ortishi 
bilan temperatura tez pasayadi. Yozda 1 m chuqurlikda temperatura 8°ga 
oʻzgaradi. Dengiz ustida havoning urtacha temperaturasi yozda 24—26°, qishda 
—7°, — 13,5°. Orol dengizi sazan, choʻrtan, soʻvʼyan, sudak, oqchavoq, laqqa, 
taran (leshch), pilmay Orol dengizining kosmosdan olingan surati (2002-yil). 
Dengizda navigatsiya mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moʻynoqkabi yirik 
portlari faoliyat koʻrsatgan. Orol dengizi atrofida aholi kam boʻlgan. Aholi, aso-
san, baliqchilik bilan va, qisman, chor-vachilik, ondatra urchitish va sabzavot-
polizchilik bilan shugʻullangan. Oʻtgan asrning 90-yillarigacha dengizdan 
baliqovlangan. Aralsk va Moʻynoq shaharlari va bu shaharlar atrofida koʻp sonli 
baliq ovlash xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatgan, Amudaryo deltasida, Avan 
posyolkasida (Koʻkorol o.), Bugun po-syolkasida (sharqiy sohil), Uyali va 
Uzunqir orollarida baliq tuzlash zavodlari ishlab turgan. Orol dengizini birinchi 
marta A. I. Butakov 1848—49 yillarda tadqiq etgan va haritaga tushirgan. Orol 
dengizi suvining sathi Amudaryo va Sirdaryo suvining rejimi bilan bogʻlikligidan, 
bu ikki dare suvi sugorishga qancha koʻp sarflansa, dengizda suv shuncha 
kamaya borgan. Ayniqsa, oʻtgan asrning 60-yillaridan sugʻoriladigan ekin 
maydonlarining kengaytirilishi na-tijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan 


67 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə