O‘rta asrlarda sharq mamlakatlari davlati va huquqining rivojlanish xususiyatlari

Yüklə 1,71 Mb.
səhifə2/5
tarix17.12.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#150281
1   2   3   4   5
1542354553 68270

Sharq jamiyatlarining kamdan-kam uchraydigan hodisa ekanligi ijtimoiy taraqqiyotning ko‘p qirrali ekanligidan, faqat bazisdagi o‘zgarishlargagina bog‘liq ekanligidan dalolat beradi. Ma’lumki, Yevropa mamlakatlarida feodalizm tushunchasi o‘rta asrlar iborasining sinonimi sifatida ishlatiladi. Lekin buni Sharq mamlakatlariga nisbatan qo‘llanishi to‘g‘ri emas.

Xuddi shuningdek, Yevropa mamlakatlarida ham, Sharq mamla-katlarida ham o‘rta asrlar yoki feodalizm davrining quyi va yuqori xronologik chegaralarini belgilash juda qiyin. Shunday bo‘lsada, sof metodik nuqtai nazardan insoniyat tarixining bunday uzoq davom etgan bosqichini ma’lum tizimga solib, chuqur va atroflicha o‘rganish maqsadida davrlashtirish va buning uchun uning quyi va yuqori chegaralarini aniqlab olish taqozo qilinadi.

Lekin shunga qaramay, alohida Sharq davlatlari uchun o‘rta asrlarning yuqori xronologik chegarasi belgilanadi. Masalan, Xitoy uchun XX asrning boshidagi inqilobiy o‘zgarishlar (1911-1913 yillardagi inqilob), Yaponiya uchun XIX asr o‘rtasidagi Meydziisin inqilobi, mustamlaka ostidagi Sharq mamlakatlari, avvalo Hindiston uchun kolonial hukmronlikning o‘rnatilishi, an’anaviy tuzulmalarning asta-sekin sindirilishi, bu mamlakatlarning jahon kapitalistik bozoriga tortilishi o‘rta asrlarning yuqori xronologik chegarasi hisoblanadi.

Sharq mamlakatlarida o‘rta asrlarning yuqori xronologik chegarasini, ya’ni qachongacha davom etganligini aniqlash ham ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlar bilan bog‘liq. Sharq davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy tuzumidagi sifat o‘zgarishlari, kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi ularning hammasida bir vaqtda sodir bo‘lmagan.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə