O`rta Osiyo dahmalari (Shimoliy Baqtriya misolida)



Yüklə 40,5 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü40,5 Kb.
#144674
I.I. Umarov taqrizi


Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti Toshaliyev Qahramon Boboyorovichning “O`rta Osiyo dahmalari (Shimoliy Baqtriya misolida)” mavzusidagi (07.00.01 – O`zbekiston tarixi va 07.00.06 – Arxeologiya) tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Jahon tarixida jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ma’naviy hayotiвa ta’sirga ega bo’lgan diniy qarashlarning shakllanish omillari va evolyusiyasini o’rganish eng muhim ilmiy yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Diniy ta’limotlarning tadqiq etilishi va din bilan bog’liq inshootlarning arxeologik tadqiqotlarda o’rganilishi, qadimgi jamiyat tarixini yanada mukammalroq tushunishga xizmat qiladi. Xususan, dahmalar qadimgi davr inson tafakkur olamini hamda unda narigi dunyo haqidagi tasavvurlarni o’zida aks ettiradi. Shu sababli, dissertantning tadqiqot ishi mukim ahamiyat kasb etadi.
O’tgan uch asr davomida zardushtiylik tarixi va diniy ta’limotiga oid ko’plab tadqiqotlar amalga oshirildi. O’rta Osiyoning zardushtiylik vatani ekanligi haqidagi nazariya fanda mashhur bo’ldi. So’ngi yillarda janubiy o’zbekistonning Ko’hitangtog’ va tog’ oldi hududlarida olib borilgan arxeologik tadqiqodlar natijasida qo’lga kiritilgan yutuqlarda ilk dahmalarning o’rganilishi “Avesta” va zardushtiylik dini yaralgan zamin bilan bog’liq nazariyalar hamda muammolar yechimini oydinlashtirib, “Avesta” ning vatani zaminimiz ekanligi yana bir bor o’z isbotini topdi.
Dahmalarning shakllanishi O’rta Osiyo qadimgi xalqlari diniy qarashlarida hamda hayot tarzida halol va xarom tushunchalarining shakllanganligini aks etib, to’rt unsurning muqaddasligi g’oyasi ilgari surilganligini namayon etadi. Bronza davrida qadimgi sharq madaniyatiga xos Sopolli madaniyatida mayitlarni boy ashyolar bilan qabrga qo’yish ananasiga barham berildi va yangi diniy madaniyat kirib kelishi bilan bog’liq tushunchalarning yuzaga kelishiga doir savollarga javob topish, dissertatsiya mavzusining dolzarbligini va uni maxsus tadqiqot ob’ekti sifatida o’rganishning zaruratini belgilaydi.
Dissertant Toshaliyev Qahramon Boboyorovichning “O`rta Osiyo dahmalari (Shimoliy Baqtriya misolida)” mavzusidagi (07.00.01 – O`zbekiston tarixi va 07.00.06 – Arxeologiya) tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi O`rta Osiyoning so`nggi bronza davridan to islom kirib kelgunga qadar bo`lgan tarixiy davrni o`z ichiga oladi.
“Dahmalar bo'yicha yozma va arxeologik manbalar” deb nomlangan dissertatsiyaning ilk bobida “Avesta” manbalari bo'yicha olib borilgan tadqiqot shuni ko'rsatadiki, zardushtiylik g'oyasiga ko'ra, inson o'lganidan so'ng uning tanasini yovuzlik devi “Nasu-Nasv” qamrab oladi, shu sababdan mayit nopok sanalgan va uni olov, suv, yer, kabi muqaddas unsurlarga qo'yish mumkin bo'lmaligi, mazdaparastlar mayitlarni muqaddas narsalardan ayri holda saqlash va suyakni etdan tozalash uchun ma'lum amallarni bajarganligi, Zardushtiylik an'analarining takomillashib borishi, ya'ni nazariy jihatdan rivojlanishi, ayniqsa o'troqlashgan aholi orasida dahma inshootining vujudga kelishiga va keng rivojlanishiga omillari bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlar natijasida shu ma'lum bo'ldiki aslzodalar va kohinlarda mumiyolash holatlari kuzatilgan bo'lib, Nasassa deb ataluvchi rohiblar dahmalardan suyaklami terish bilan birga, hatto etni suyagidan ajratish, tozalash va mumiyolab ko'mish vazifasini ham bajarganlar.
O'rta Osiyo xududida dastlabgi ossuariy va dahmalami arxelogik qazishmalarda o'rganilishi bilan bog’liq qarashlar aks etgan. Tadqiqodlarda dastlab Turkiston arxeolog havaskorlari gruppasi tomonidan dahmalar qayd qilingan. Zardushtiylik dinining paydo bo'lishi, uning g'oyalarining ildizi keng tarqalganligi, “Avesta” davri jamiyati va dinning dafn marosimi bilan bog'liq urf-odatlari shakllanishi hamda rivojlanishi, din hamda diniy inshootlaming keng tarqalganligini tarixchi va arxeolog olimlar tadqiqotlari orqali yoritilgan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Shimoliy baqtriyaning ilk temir davri dahmalarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar” deb nomlanib, Ko’hitang tog’larida o’rganilgan ilk dahmalar haqida umumiy va alohida ta’riflar berilgan. Tadqiqot hududida dahmalaming harakteristikasi tuzib chiqilgan. dahmalaming morfologik, tarqalish va tipalogik hamda joylashuvi o’rniga nisbatan farqlar ko`rsatib o`tilgan. Laylagan tosh konstruksiyalari batafsil yoritilgan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobi “Shimoliy baqtriya hududida ilk dahmalarning paydo bo’lishi va evolyutsiyasi” deb nomlanib, Shimoliy Baqtriya bo’ylab dahma inshootini keng tarqalishi, Zardushtiylik dini omillarining o’lkaga kirib kelishi. 1968 yilda Yelongash daryosi (Oltoy avtonom respublikasi, Rossiya) hududlarini o’rgangan Okladnikov qoya toshlarga chekilgan petrogliflarga o`rganilgan va uni ko’chmanchilarga xosligini ta’kidlagan va dafn ma’rosimlari, urf-odalari, an’analari haqida so’z yuritilgan.
Tadqiqotning xulosa qismida dissertant “Аvesta” manbalari boʼyicha olib borilgan tadqiqotlarida zardushtiylik dini gʼoyasiga koʼra, inson oʼlganidan soʼng uning tanasini yovuzlik devi “Nasu-Nasv” qamrab olishu tufayli mayit nopok sanalgan va uni olov, suv, yer, kabi muqaddas unsurlarga qoʼyish mumkin boʼlmaganligi, mazdaparastlar mayitlarni muqaddas narsalardan ayri holda saqlash va suyakni etdan tozalash uchun maʼlum amallarni bajarganligi bu holat esa mayitlarni chiritish uchun maxsus inshootlar yaʼni dahma qurilishini taqozo etganligi bo’yicha xulosalar berilgan. Shuningdek, zardushtiylik anʼanalarining takomillashib borishi, yaʼni nazariy jihatdan rivojlanishi, ayniqsa oʼtroqlashgan aholi orasida dahma inshootining vujudga kelishiga va rivojlanishiga omil boʼlgan jihatlari bo’yicha xulosalarini taqdim etgan.
Taqdim etilgan xulosalar, O`zbekiston tarixining zardushtiylik e`tiqod qilingan davrlariga oid ma`lumotlarni boyitishga xizmat qiladi.
Dissertatsiyani ijobiy baholash bilan birga, uning ilmiy ahamiyatini yanada oshirish maqsadida bir qancha takliflarni ilgari surish mumkin:

  • kirish qismida mavzuning o`rganilishi alohida ko`rsatilgan bo`lsa-da, mavzuning tadqiq tilishini to`liq ifodalayolmaydi, shu sababdan, birinchi bobning ilk paragrafini mavzuning tarixshunosligiga bag`ishlashni taklif etaman.

  • dissertatsiyada qo`llanilgan o`zbek tilida har xil shaklda yozilgan so’zlarni bir xil imloda yozishga amal qilish lozim.

  • dissertatsiya albom qismini yanada boyitilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Umuman olganda, dissertant Toshaliyev Qahramon Boboyorovichning 07.00.01 – O`zbekiston tarixi va 07.00.06 – Arxeologiya ixtisosliklari bo`yicha “O`rta Osiyo dahmalari (Shimoliy Baqtriya misolida)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi yakunlangan tadqiqot ishi deb hisoblayman. Dissertatsiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi talablariga javob beradi, uning muallifi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga loyiq.


Termiz davlat universiteti
Jahon tarixi”
kafedrasi katta o`qituvchisi, tarix f.n.: I.I. Umarov


Ushbu imzoni tasdiqlayman:
Termiz davlat universiteti
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar
bo`yicha prorektori O`.M.Xoliyorov
Manzil: Termiz shahri, Barkamol avlod, 43.
Tel.: +998942019878
Yüklə 40,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə