O’rta Osiyo mutafakkirlari iqtisodiy g'oyalari



Yüklə 30,05 Kb.
tarix06.06.2023
ölçüsü30,05 Kb.
#115643
O’rta Osiyo mutafakkirlari iqtisodiy g\'oyalari


O’rta Osiyo mutafakkirlari iqtisodiy g'oyalari
Iqtisodiy munosabatlarning huquqiy asoslari islom ta'limotidagi fikhning tarkibiy qismini tashkil etadi. Vatandoshirniz Marg'inoniyning «Hidoya» asari shular jurnlasidandir. AI-Marg'iloniy 1123-yil 23sentabrda tug'ilgan. Qur'onni, Hadis ilmlarini mukammal egallab, fikh - islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur bilimga ega bo'lganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli, Burhoniddin valmilla (Islom dinining dalili) va Burhoniddin al-Marg'inoniy nomlari bilan mashhurdir. Olim dastlabki ta'limni Marg'ilonda olib, keyinchallk Samarqandga ko'chib borgan va umrining ohirigacha o'sha yerda yashagan. Bizgacha uning o'nga yaqin asari yetib kelgan. <Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy g'oyalarining mohiyati
X-XII asrlarga kelib O'rta Osiyo ilg'or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda O'rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Farg'oniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, YusufXos Hojib, Nizom-ul-mulk va boshqa ko'plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida iqtisodiy g'oyalar ham o'z aksini topgan. Sharq renessansi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari sirlarini bayon etganlar. Forobiy O'rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarini o'z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu darajaga etdiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir«Muallim - us-soniy» - «Ikkinchi muallim» deb atay boshladilar. Olimning «Fozil odamlar shahri» asarida mamlakatni boshqarish, hokimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog'liq bo'lgan muhim g'oyalar keltiriladi. Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, Forobiy o'z ustozi Arastu g'oyalarini har tomonlama talqin etadi va uni to'ldirishga harakat qiladi. Jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlarining ahamiyati haqida ta'limot yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim bo'lgan «Ehtiyoj»ni ta'riflab berdi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollari o'rnini aniqlab berdi. Ayniqsa, «mehnat taqsirnoti» masalalari mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan. Forobiyning fozil (ideal) davlat, hokimlar to'g'risidagi g'oyalari nihoyatda aharniyatlidir. Masalan, shahar tartibotida eng asosiy narsa -mulk, noz-ne'matlami to'g'ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan. Arastu g' oyalari rivojlantirilib, avvalo, yer va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o'rinlari, so'ngra nihoyatda zarur hisoblanuvchi oziq-ovqat, ekin ekiladigan yerlar, saroy va shaxsiy uylarning miqdori hisobga olinishi kerakligi ko'rsatiladi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037)
tomonidan nihoyatda katta ilmiy meros qoldirilgan, u yozgan asarlarning soni 280 dan ortiq. Shulardan 40 dan ortig'i tibbiyotga oid, 30 ga yaqin risola turli tabiiy fanlarga, 3 risola musiqaga, 185 risola falsafaga, mantiq, psixologiya, teologiya, ahloq, boshqa ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag'ishlangan. Lekin bizgacha uning faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan. Olimni hunnatlab, «Shayx ur-rais» deb ataganlar. Olimning tibbiyotga oid asarlarida iqtisodiyot bilan bog'liq muhirn g'oyalar ilgari suriladi. Inson sog'lig'ining ichki va tashqi muhitga bevosita bog 'liqligi , ayniqsa, ovqatianish, tunnush sharoiti katta ahamiyat kasb etishi ko'rsatiladi. Iqtisodiyot fanida muhim bo'lgan kategoriya «ehtiyoj»ni ta'riflab, moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollarinining o'mini aniqlab beradi. Uning asarlarida «mehnat taqsimoti»ga katta e'tibor qaratiladi, taqsimot tufayli unumdorlik oshuvi va mahsulot sifati yaxshilanishi isbotlab berilgan. G'arbiy Yevropada faqat 1776-yilda Adam Smit bu masalaga alohida diqqatni jalb etadi. Ibn Sinoning flkricha: «Hayvon tabiat ne'matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne'matlarini o'zlashtirib oladi, odam esa o'z mehnati bilan o'ziga ovqat, kiyim, turar joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug'ullanishi kerak». Iqtisodiyot rivojlanishining obyektiv qonun-qoidalariga amal qilib, inson o'z baxtini o'zi yarata oladi. Yaxshi xulq va iqtisodiyot o'rtasida bevosita bog'liqlik borligini «Uy-joy tutish tadbiri» asarida ko'rsatib beradi. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) 150 dan ortiq asar yaratgan bo'lib, ularda mehnat boylikning asosi ekanligi to'g'risidagi g'oya ilgari surilgan. Uning ko'pgina fikr va qarashlari bugungi kun uchun ham ahamiyatini yo'qotmagan. Beruniyning kishilik ehtiyojlarining paydo bo'lishi va uni qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlar uyg'unlashib ketadi. Uning flkriga ko'ra, kishilar o'z zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar.
Ehtiyojlar turli tuman va ko'p bo'lganligi uchun insonlar birlashgan holda turar joy va shaharlar yaratishga intiladilar, deb hisoblaydi. Shuningdek, u davlatning paydo bo'lishini ham ehtiyoj tufayli deb bilgan. Eng muhim g'oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo'lganligi emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi. «Har bir davrning urf-odatlari o'ziga xos bo'ladi va inson ahli ularga rioya qil-mog'i darkordir, aks holda nizom va bir xillik yo'qolsa, tartib ham yo'q bo'ladi», - deb uqtiradi buyuk donishmand. Beruniy og'ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya'ni konda ishlovchilar, yer ostida gavhar qidiruvchilar, dehqonlar to'g'risida, ularga berilishi kerak bo'lgan imtiyozlar va ish haqi haqida «Minerologiya» asarida keng muloaza yuritadi. Ayniqsa, ochiq va yer ostidagi kon ishlariga alohida e'tibor beriladi, yerosti konlarini mustahkarnlash (falokatning oldini olish uchun), yerosti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani yuqoriga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi. Kon atrofida konchilar qishlog'ini barpo etish zarurligi ko'rsatiladi. Yerosti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat, ixtirochilik, aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi.
Yusuf Xos Hojib.
Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf Xos Hojib l020-yili Qoraxoniylarning markaziy shaharlaridan biri Bolasog'unda tug'ildi(olamdan o'tgan yili noma'lum). Bo'lajak mutafakkir o'z davridagi barcha bilimlarni, arab va forsiy tillar hamda undagi adabiyotlarni puxta o'rganadi. U 1069-1070-yillar orasida «Qutadg'u bilig» (Qutga, ya'ni baxtsaodatga erishtiruvchi bilim)asarini turk tilida yozib, Qoraxoniylar hukmdori Tabg'achxon Bug'roxonga taqdim etadi. Xon Yusufga «Xos Hojib» (eshik og'asi ) degan martaba in'om etadi. Bu falsafiy didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma'muriy-xo'jalik hamda ma'rifat, obodonchilik, moddiy-ma'naviy va boshqa adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan boshqarish ishini o'rganish, kasb-hunar egallash, xalq g'amini yeyish haqidagi ftkrlar ilgari suriladi. Bizgacha donishmandning faqat bir asari yetib kelgan. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabhalari bo'yicha so'z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g'oyalar o'z davri uchun ham, hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa, iqtisodiyot masalalari bo'yicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab o'rganilgan. Asar 18 oy- bir yarim yilda yozib tugallangan (Bolasog'unda boshlangan va Qashqarda nihoyalangan) bo'lsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rilgan. Xalq, raiyat (soliq to'lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular: 1) pulning qadrini ko'tarish yoki ushlab turish; 2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta'minlovchi qonunlarni joriy etish va 3) yo'llarni o'g'ri-qaroqchilardan muhofaza qilish. Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to'lashni chiqargan farmon, qonunlarini bajarish hamda do'stiga do'st, dushmanga dushman bo'lishni talab qiladi, deb yozadi. Ko'rinib turibdiki, bundajamiyat va siyosiy hokimiyat o'zaro mutanosib bo'lishi zarurligi g'oyasi aniq ifoda etiladi. Pulning qadrli bo'lishi haqidagi g'oya, aslini olganda mflatsiya muammosi bilan chambarchas bog'liq, baholarning mo'tadilligi ham ta'min etiladi. U, o'z navbatida, inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomaladagi valuta masalalariga borib taqaladi. Shuningdek, bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e'tibor beriladi. «Odamzod naslining ulug'ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni yechishga qodir), - deb yozadi alloma.
Amir Temur davridagi iqtisodiy g'oyalar
Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo etildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo'jaligi, ayniqsa, savdoda) muhim yutuqlar qo'lga kiritildi. Bunga to'g'ri tanlab olingan iqtisodiy g'oyalar va iqtisodiy siyosat yordam berdi. Amir Temur (1336-1405) davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o'ziga xos maktab yaratgandi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo'lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig'ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo 'lIar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so'roq, tekshirish, taftish va tergov ishlarini olib borishardi. Ayniqsa, tosh-u tarozi to'g'riligi, odil baho tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qat'iy jazolangan, eng muhimi bu ish bozorda, xalq oldida amalga oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 foiz narx qo'yish mumkin bo'lgan. Sohibqiron Amir Temur, jumladan, shunday degan ediJar: «Amr qildimki, sadrlar sadri (sadr, vaqf yerlar va vaqf etilgan boshqa mulkning hisob-kitobini olib boruvchi mansabdor) sayyidlar va boshqa arboblarga suyurg' 01 tariqasida berilgan yerlar va vaqflaming ahvolini, ulaming vazifalarini qay darajada ado etayotganliklarini tekshirib, menga arz qilib tursin ... Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlami, kundalik xarajatlami yoZib borish uchun bir kitob tayinlansin». Sohibqiron davrida yerga egalikning beshta asosiy ko'rinishi bo'lgan:
1. Suyurg'ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o'tgan. Suyurg'ol egasi markaziy xazinaga to'lanadigan soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqonlarni ishlatib, yer solig'i - xiroj olganlar.
2. Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo'lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun berilgan.
3. Ushr yerlar. Sayyid va xo'jalarga mansub yerlardir. Bundan olingan hosilning o'ndan biri davlatga berilgan.
4. Vaqf yerlar, masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir yerlardir. Vaqfda yer, suv, bozor, quI, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in'om etilardi. Masalan, Amir Temuming Ahmad Yassaviy uchun qurdirgan vaqfnomasi katta ahamiyatga ega. Ahmad Yassaviy va boshqa avliyolar, din peshvolarining maqbaralari uchun vaqfdar: mablag' ajratilgan.
5. Askarlarga, askarlaming rahbarlariga beriladigan yerlar.
Kimdakim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (yerosti suvlarini tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog' ko'kartirsa yohud birorta xarob bo'lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmaganlar. Ikkinchi yili raiyat o'z roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yildagina soliq qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig'ilgan. Amir Temur Angliya va Farangiston qirollariga murojaat qilib, xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirdi. Markaziy Osiyo orqali o'tadigan Buyuk ipak yo'lida karvonlaming xavfsizligini ta'minladi .Mashriqdan mag'ribgacha bo'lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirib, turli rabodlar, karvonsaroylar, savdo rastalari qurdirdi.
U vaqtlarda bozor ahlidan soliq olish qal'a boshlig'i zimmasiga yuklangan. Soliq olish Qur'oni Karim ta'limotiga muvofiq edi. Hadis va «Hidoya» kitoblarida bu to'g'rida to'la ma'lumotlar berilgan. Hech bir shahar va qishloqqa odamlardan sari shumor Gon boshidan olinadigan soliq) va xonashumor (har bir xonadondan olinadigan soliq) olinmagan. Raiyatdan mol-xiroj yig'ishda ulami og'ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqIikka tushirib qo'yishdan saqlanilgan. Negaki, Amir Temur «Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag’allashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bo'ladi. Sipohning tarqoqligi esa, o’z navbatida saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi. Fath etilgan yerk fuqaro azaldan berib kelingan xiroj miqdoridan rozi bo'lsa, ularning roziligi hilan ish ko'rsinlar. Xirojni ekindan ungan hosilga va yerning unumdorligiga qarab yig’sinlar. Fath etilgan har bir mamlakatning mol-mulkini, buyumlarini talon-tarojdan saqlasinlar. 0' sha mamlakatdan tushgan 0'lja mollarni hisob-kitob qilsinlar>>, - degan edi. Yevmpadan ancha ilgari bu davlatda budjet tushunchasi bo'lgan. Daviat xazinasi, kirim, chiqim, hisob-kitob qat'iy olib borilgan taftish yo'lga qo'yilgan edi.
Buning uchun ma'lum mas'ul shaxslar ajratilgan va doim hisob berib borganlar. ATemuming davlat va iqtisodiyot sohasidagi asosiy ftkrlari .Temur tuzuklarida to'la bayon etilgan. Tuzuklar Amir Temuming 1342-1405-yillar oralig'idagi faoliyatini aks ettiradi va ikki qismdan (maqoladan) iborat. Birinchi qismda asosan yagona davlat barpo etish ,uni mustahkamlash ,qo'shni (27) yurt va mamlakatlarni zabt etish masalalari yoritilgan bo'lsa, ikkinchi qismda sohibqiron nomidan aytilgan o'ziga xos vasiyat, pand-nasihat, turli sohalardagi, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiyotga oid fikr-mulohazalar keltirilgan.
Shohruh Mirzo va Mirzo Ulug'bek davridagi iqtisodiy islohotlar
A.Temur vafotidan keyin Shohruh va Ulug'bek (1394-1449) podsholigi (1409-1449) davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa, qo'shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari o'sdi. Bu Movarounnahrda (arabcha «daryo ortidagi mamlakat» deganidir) 1428yilda Ulug'bek tomonidan o'tkazilgan pul islohoti bilan bog'liqdir. Jamiyatda pulning ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadr-qimmatini oshirish uchun harakat qilingan. O'sh!i davrda muomaladagi fulusiy chaqa pullar yengil vaznda bo'lib, savdo rivojiga to'sqinlik qilgan. Ulug'bek yengil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan barcha chaqa pullarni bekor qilldi. Eski chaqalami yangisiga almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullarga bo'lgan talabini qondirish uchun bir vaqtning o'zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruhiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xii vazndagi salmoqli fuluslami zarb ettirib, muomalaga kiritdi.
Mis pullar zarbini markazlashtirish maqsadida boshqa shaharlardagi zarbxonalarga barham berildi. Faqat Buxoro zarbxonasi (poytaxt Samarqandda emas) saqlab qolindi. Xalq orasida «fulusi adliya», ya'ni adolatli chaqa nomi bilan shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar mamlakatning barcha shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini naqdina bilan to'la ta'minlay boshladi. Ichki chakana savdo-pul munosabatlaridagi tanqislikni fulusning vazni va qiymatini oshirish bilan hal etilishi o'rta asrlar sharoitida nodir va favqulodda voqea bo'lsa-da, har holda Ulug'bekning bunday islohoti mamlakatda hunarmandchilik buyumlarining ichki chakana savdosi uchun keng yo'l ochib berdi. Ayni vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida «tamg'a» boji ham birmuncha oshirildi, ya'ni hozirgi til bilan aytilganda proteksionizm siyosatidan foydalanildi.
Mirzo Ulug'bek (1394-1449)
Mirzo Ulug’bek tarixda ko'proq davlat arbobi sifatida emas, bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida e'tibor qilinadi, busiz rivojlanish bo'lmasligini hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug'orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg'ot, navo, chig'ir, charxpalak, qaynama,sharshara, osma ko'prik, handoq, tazar va sardobalar kabi turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi. O'sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan chambarchas bog'liqligi yaxshi ma'lum edi. Soliq yig'imi qancha yuqori bo'lsa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi kamdir, ammo soliqning pastligi aholi uchun qulay bo'lgani bilan, davlatning boshqaruv, mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo to'g'ri kelavermaydi. Shularni yaxshi tushungan hukmdorlar soliqni iloji boricha me'yorida saqlab, uni yig'ishning ma'lum adolatli usullarini qo'llanganlar. Masalan, Ulug'bek hukmronligi davrida g'alla g'aram qilinmasdan avval soliq to'plash qat'iyan man etilgan, chunki dehqon hosil yig'ib olgachgina real soliq to'lash imkoniga ega bo'ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon hosili pishishiga qarab bo'lingan: Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy, Hindiston, Tibet va boshqa ko'pgina davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan. Bu borada savdogarlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligini alohida ta'kidlab o'tish kerak. Elchilar «Buyuk ipak yo'li» xavfsizligini ta'minlash borasida katta ishlarni amalga oshirganlar. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, tovar-pul munosabatlari, milliy valuta mustahkamligiga bevosita bog'liq. Ma'lumki, pulning uchta asosiy vazifasi mavjud:

  1. qiymat o'lchovi; 2) almashuv vositasi; 3) jamg'arma vositasi.

Agar pulning miqdori, uning nufuzi mustahkam bo'lmasa, iqtisodiyot posangisi, muvozanati buziladi. Shularni hisobga olib, vaqti-vaqti bilan pul islohotlari o'tkazib turiladi. 1428-yili Ulug'bek tomonidan o'tkazilgan islohot katta ijobiy ahamiyatga ega bo'ldi. Muomaladagi fulusiy pullar almashtirildi. Ulug'bek davridagi islohotlar tovar-pul munosabatlari rivojiga muhim hissa qo'shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi.
Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g'oyalaming mohiyati
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida ham iqtisodiy g'oyalar muhim o'rinni egallaydi. Uning asarlarida va faoliyatida, ayniqsa, tijorat, savdo masalalari ancha mukammal yoritilgan. A.Navoiy asarlarida savdogarlik ishi ma'qullanadi, lekin tovlamachi va chayqovchi qattiq tanqid qilinadi. A.Navoiy davlat arbobi sifatida mamlakatni tinch saqlash, obodonlashtirish ishiga katta hissa qo'shdi. Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari 1469-yilda Husayn Boyqaroning taxtga kelishiga bag'ishlangan «Hiloliya» asaridir.
1482-yilda yozilgan <ANavoiy ijodining durdona asarlaridan biri 1500-yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asaridir. Navoiy bu asarida jamiyatni ijtimoiy tabaqalarga bo'lib, ularning jamiyatda tutgan o'mini ko'rsatib berishga harakat qiladi. Asarning birinchi qismida ulaming tabaqalariga va kasblariga tavsifberadi. Ikkinchi va uchinchi qismlarda yaxshi fe'llar va yomon xislatlar to'g'risida ma'lumot beriladi. Navoiyning fikricha, dehqonlar, hunarmandlar va chet el bilan aloqasi bor savdogarlar jamiyatda moddiy ne'mat yetishtirishda, yaratishda va mamlakat boyligini oshirishda muhim o'rin tutadi. A.Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi roli to'g'risida quyidagi fikrlarni bildiradi: «Don sochuvchi dehqon yerni yorish bilan rizq yo'lini ochuvchidir». Dehqon, ya'ni ishchi kuchi mahsulot ishlab chiqarish vositalari bilan qo'shilishi lozim va shartdir. Navoiy ishlab chiqarish vositalarining moddiy boylik yaratishdagi rolini quyidagicha e'tirof etadi: «Qo'shi ham ikki zo'r polvon bo'lib, yukiga bo'ysunib oldida yuradi, ishlashda hamdam va hamqadam, dehqon ularni surishda xuddi odam. Dunyo obodi xuddi ulardan. Har ne qilsalar harakat, xalqqa ham yetar ovqat ham barakat!». Navoiy qishloq xo'jaligining rivojlanishi mamlakat qudratini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi degan o'ta ilg'or ftkrni ilgari suradi.
Bu fikr o'sha davr, ya'ni feodalizm davri gullab-yashnagan, uning negizini dehqonchilik ishlab chiqarishi tashkil qilgan bir pallada o'ta to'g'ri fikrgina bo'lib qolmay, balki tarixiy haqiqat hamdir. A.Navoiy jamiyatda muhim tabaqa bo'lgan savdogarlarning o'zini ham ikki guruhga bo'ladi. Birinchi guruh - chet el bilan savdo aloqalari olib boruvchi savdogarlar guruhi. Ikkinchi guruh - mamlakat ichkarisidagi olibsotarlar guruhi. Alisher Navoiy o'z asarlarida iqtisodiyotning ravnaqi inson ma'naviyatining kamoloti bilan uyg'unligini takror-takror qayd etganlar. Jumladan, mamlakat obodligi va el farovonligini yuksak ma'naviyat bilan quyidagicha bog'lagan:
Toxirs-u havas xirmoni barbod o’lmas,
to nafs-u havo qasri baraftod o'lm as,
to jabr-zulm jonig' a bedod o’Imas,
el shod o’lmas, mamlakat obod o’lmas.
Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g'oyalar
Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan ma'lum. Xususan, Boburning «Boburnoma» asarida, «Mubayyin» kabi to'plamlarida iqtisodiyotga oid ma'lumotlarga, shu jumladan, soliq siyosatiga katta o'rin berilgan. «Zakot to'g'risidagi katta kitob»da esa o'sha davrdagi soliq, uning turlari to'g'risida qimmatli fikrlar bildiriladi. Bu asarlarni mutolaa qilar ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi hayotida ro'y berayotgan iqtisodiy islohotlarni, o'zgarishlarni tahlil qilish, qisqacha xulosalar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi malar, maslahatlar topamiz. Boburning «Mubayyin» asari qonunlar va iqtisodiy masalalarga bag'ishlangan. Asarning nomi ham «qonunlar izohi» ma'nosiga ega. Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va Xurosonda ham «zakot» ma'lum miqdorda va muayyan shart-sharoitlarda olinadigan soliq ma'nosida qo'llaniladi hamda naqd pul va savdo yig'imi shaklida to'planadi.
Soliqni hisoblash uchun soliq olish obyektining «hisobi», ya'ni mol-mulkning zakot berishga layoqatli bo'lishi uchun belgilangan miqdori aniqlanadi, hisobdan kam mulkdan soliq olinmaydi.
Solig'i ikki toifaga bo'lingan: muqassam va muvazzar.
Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga bog'liq bo'lib, uchdan birdan-yarimgacha teng bo'lgan, ikkinchi esa, soliq solinadigan yerning maydoniga bog'liq ravishda olingan. Yerni sug'orish masalalari Sharqda o'ta muhim edi, chunki ob-havo nihoyatda quruq va issiq, yer-tuproq sharoiti sun'iy sug'orishni talab etganligidan sug'oriladigan yerlar, tabiiyki, lalmikor yerlardan ko'p hosil bergan. Shu sababli suv solig'i ham bo'lgan. Hisobga etgan miqdordagi mol-mulkdan Qur'oni Karim, «Muxtasar», «Hidoya» va boshqa manbalarda qat'iy belgilab qo'yilgan qismi ixtiyoriy ravishda miskinlarga berilgan, masalan, boqiladigan mollar, ya'ni echki, tuya, sigir, otlardan, xususan, qo'ylardan soliq (zakot) quyidagicha olingan: 40 qo'ydan bitta (2,5%), 120 tasidan ikkita, 201 dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo'lsa, har 100 qo'ydan bittasi zakot qilib berilgan.
Shuningdek, «Bobumoma»da bir yurt tovarining boshqa yurtlarga olib borilishi, almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondirilishi va ularning iqtisodiyot ravnaqidagi ahamiyati to'la bayon qilinadi. Boburdan keyin uning o'g'li Xumoyun, keyinchalik nevarasi Akbarshoh Jaloliddin (1542-1605) 1556-1605 yillari Hindistonda muvaffaqiyatli podshohlik qilgan. Akbarshoh tomonidan 1574 yildan boshlab islohotlar o'tkazdi, dehqonlarga yagona soliq tizimi kiritdi, yagona uzunlik va og'irlik o'lchovlarini joriy qildi. Bu shoh to'g'risida 1601 yil «Akbamoma» kitobi chop etildi, unda mamlakatdagi soliq tartibi o'z aksini topgan.
Yüklə 30,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə