O‘rta osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g‘oyalari


Amir Temur davridagi iqtisodiy g'oyalar



Yüklə 45,17 Kb.
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü45,17 Kb.
#181584
1   2   3   4   5
iqtisodiyot

Amir Temur davridagi iqtisodiy g'oyalar
Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo etildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo'jaligi, ayniqsa, savdoda) muhim yutuqlar qo'lga kiritildi. Bunga to'g'ri tanlab olingan iqtisodiy g'oyalar va iqtisodiy siyosat yordam berdi. Amir Temur (1336-1405) davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o'ziga xos maktab yaratgandi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo'lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig'ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo 'lIar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so'roq, tekshirish, taftish va tergov ishlarini olib borishardi. Ayniqsa, tosh-u tarozi to'g'riligi, odil baho tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qat'iy jazolangan, eng muhimi bu ish bozorda, xalq oldida amalga oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 foiz narx qo'yish mumkin bo'lgan. Sohibqiron Amir Temur, jumladan, shunday degan ediJar: «Amr qildimki, sadrlar sadri (sadr, vaqf yerlar va vaqf etilgan boshqa mulkning hisob-kitobini olib boruvchi mansabdor) sayyidlar va boshqa arboblarga suyurg' 01 tariqasida berilgan yerlar va vaqflaming ahvolini, ulaming vazifalarini qay darajada ado etayotganliklarini tekshirib, menga arz qilib tursin ... Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlami, kundalik xarajatlami yoZib borish uchun bir kitob tayinlansin».
Sohibqiron davrida yerga egalikning beshta asosiy ko'rinishi bo'lgan:
1. Suyurg'ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o'tgan. Suyurg'ol egasi markaziy xazinaga to'lanadigan soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqonlarni ishlatib, yer solig'i - xiroj olganlar.
2 . Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo'lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun berilgan.

3. Ushr yerlar. Sayyid va xo'jalarga mansub yerlardir. Bundan olingan hosilning o'ndan biri davlatga berilgan.


4. Vaqf yerlar, masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir yerlardir. Vaqfda yer, suv, bozor, quI, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in'om etilardi. Masalan, Amir Temuming Ahmad Yassaviy uchun qurdirgan vaqfnomasi katta ahamiyatga ega. Ahmad Yassaviy va boshqa avliyolar, din peshvolarining maqbaralari uchun vaqfdar: mablag' ajratilgan.

Yüklə 45,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə