Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Xulqiy go‘zallikning estetik-axloqiy mohiyatiga ikki xil nuqtai nazardan



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Xulqiy go‘zallikning estetik-axloqiy mohiyatiga ikki xil nuqtai nazardan 
yondashish mumkin.
1. Mavjudligimuayyan ichki va tashqi ta’sirlarga, vositalarga bog‘liq bo‘lmagan 
go‘zallik. Bu ko‘proq insonning tashqi qiyofasiga daxldor xususiyat; insonning 
chinakam go‘zal chehrasi har qanday soxta bejamalikdan, «yasama go‘zallikdan» 
ustun turadi.
2. Muayyan ijobiy faoliyatlar, hatti-harakatlar, amallar, botiniy tuyg‘ular orqali 
paydo bo‘ladigan go‘zallik. U ezgulik vositasida xulqiy go‘zallikni takomillashtiradi.
Davlat xizmatidagi xodimlarning ishi – og‘ir yumush. Uni sharaf bilan ado 
etmoq uchun, kishi o‘zi rahbarlik qiladigan sohani bilishigina emas, balki yana bir 
qator sifat va fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak. Ular ichida avvalo til va nutq 
imkoniyatlarini ishga sola bilishni ajratib ko‘rsatish darkor. 
Nutqiy muloqotga kirishgan kishining maqsadlari doirasini umumlashgan holda 
quyidagilar bilan belgilish mumkin:

o‘zga(lar)ga, muayyan jamoaga o‘z g‘oya va fikrlarini yetkazish orqali 
hamfikrlar doirasini kengaytirish; 

ma’naviy (ruhiy) hayotini uzaytirish orqali hayotda iz qoldirish;

hukmronlikka bo‘lgan intilishni amalga oshirish;

shartnomaga asosan o‘z xizmat doirasida muayyan (siyosiy, iqtisodiy, 
moliyaviy) masalani hal yetish;

e’tibor qozonish;

jamiyatda tutgan baland mavqeini saqlab qolish va h.k. 
Davlat xizmatidagi xodimlarning axloqiy sifatlarining quyidagi jihatlarini 
tavsiflash mumkin: 

xulqiy nuqtai nazardan xodimning axloqiy tutgan yo‘li, uning did-farosati va 
yashashdan maqsadi yo‘nalishi: 

adolat, vijdon va burch davlat xizmatchisi faoliyatidagi yuksak axloqiy 
fazilat sifatida: 

axloqiy me’yorlarga bo‘ysinish: 

etiket qoidalariga rioya qilish. 
Shuningdek, davlat xizmatidagi xodimlarga qo‘yiladigan axloqiy talablar 
huquqiy asosga ega bo‘lib, ular qonunlar, nizomlar va yo‘riqnomalar tarzida 
rasmiylashtiriladi: ularni buzgan xodimlar intizomiy jazoga, qonunga zid ish 
ko‘rganlar esa jinoiy javobgarlikka tortiladi. Shuning uchun davlat xizmatidagi 


11 
xodimlarning professional etika, jasurlik, shijoat, adolat va sadoqatlilik kabi axloqiy 
me’yorlarga tayangan holda har bir ishga beg‘araz va xolis yondashishni taqozo 
etadi.
Davlat xizmatchisi professional etikaning normalari insonni qadr – qimmatini 
hurmat qilish va qonunni buzganlarga nisbatan qonunda belgilangan talablar asosida 
ish ko‘rishga asoslanadi. Ular hokimiyat va qonun vakili sifatida ish ko‘rar ekan, 
uning axloqi tarbiyaviylik xususiyatga ega bo‘lishi lozim. Ularning axloqi qanchalik 
yuqori bo‘lsa, xalqning davlatga, qonun kuchiga ishonchi ham shunchalik kuchli 
bo‘ladi.
Professional etika bo‘yicha mutaxassis 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə