Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
OILA
- tarixan tarkib topgan o‘ziga xos va mos ijtimoiy guruh bo‘lib, uning 
a’zolari bir-birlari bilan nikoh, qon-qarindoshlik, umumiy turmush va o‘zaro 
huquqiy, axloqiy va boshqa munosabatlar bilan bog‘langandir. Oila nikoh zaminida 
vujudga keladi. Nikoh esa erkak va ayol orasidagi munosabatlarning jamiyat 
tomonidan tan olingan, ma’qullangan ifodasi hisoblanadi. Jamiyat nikoh vositasida 
erkak va ayol orasida tabiiy munosabatlarni tartibga solib turadi. Oila tufayli er-xotin, 
ota-ona va farzandlar orasida axloqiy, huquqiy munosabatlar qaror topadi. Oila va 
jamiyatning mavjud bo‘lishi hamda rivojlanishining birinchi va asosiy sharti oziq-
ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, ishlab chiqarish hisoblansa, ikkinchisi kishilarning 
yangi avlodni bunyodga keltirishdan iboratdir. 
 
OILA MADANIYATI
– jamiyatning muhim ijtimoiy instituti bo‘lgan oilaning 
to‘laqonli va mukammal faoliyat yuritishi uchun uning a’zolari (er va xotin, ota-ona 
va farzandlar) o‘rtasida birgalikda hayot kechirish va zarur munosabatlar o‘rnatish 
ko‘nikmalarining majmuasi. 
Oila madaniyati - Oilaning tarbiya muhiti sifatidagi xususiyati, uning o‘ziga 
xosligi va tamoyilan muhimligi, undagi munosabatlarning bevositaligi va 
mustahkamligini umumiy muhitning emotsionalligi bilan uyg‘unlikda ekanligi bilan 
sharhlanadi. Faqat oilada farzandlar kattalardan malaka, bilimlarni o‘zlashtiradilar, 
kattalar esa o‘z hayotlarida bosib o‘tgan yo‘llarini farzandlari orqali qayta barpo 
etadilar. Oilaviy muhit o‘ziga xos, unikal bo‘lib, uning har bir a’zosi yangi avlodda 
mustahkam va barqaror sog‘lom oilani barpo yetishga mas’uldir. 
 
OILADA FARZAND TARBIYASI - 
oila baxti, farzandlarning tarbiyali
yetuk inson bo‘lib yetishidagi ota–onaning sa’y-harakati hisoblanadi. Oiladagi 
farzand tarbiyasi uning kelajakda kim bo‘lib yetishishida muhim o‘rin tutadi.
Demak, bola oilada jamiyatning qiyofasini ko‘radi, bo‘lajak fuqaroning tabiati, 
dunyoqarashi va axloqiy qiyofasi oilada shakllanadi hamda shunga ko‘ra kamol 
topib boradi. Axloqiy tarbiyaning mohiyati kishini hayotga tayyorlashdan iborat.


235 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə