Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

OILANING MUSTAHKAMLIGI
– oiladagi tinchlik, xotirjamlik, bir- biriga 
bo‘lgan samimiy munosabat hisoblanadi. U oila a’zolarining axloqiy tarbiyasiga ham 
bog‘liq. Xalqimizda bejiz “Sog‘lom turmush tarzi mustahkam oilaning garovidir” 
debaytilmagan. Sog‘lom turmush tarzi deganda biz nafaqat oiladagi er va xotinning 
bir – biriga bo‘lgan munosabati balki, ulardagi axloqiy fazilatlar, imonlilik, poklik, 
halollik, rostgo‘ylik, shirinso‘zlik, kabi axloqiy me’yorlarga amal qilgan holda urf – 
odatlarga asoslangan, zamonaviy oiladagi iqlimni tushunamiz. Bunday iqlimda 
tarbiya topgan bola ma’naviy va axloqan yetuk inson bo‘lib shakllanadi. 
 
SAMIMIYLIK
- “boshqalar gapini tinglaydigan, hamfikr bo‘la oladigan, 
xabardor” degan ma’noni anglatadi. Samimiylik to‘g‘riligiga o‘zi ishongan, bu 
haqda o‘ziga va boshqalarga iqror bo‘la oladigan narsalarni qiladigan odamning 
ma’naviy ijobiy sifati. Samimiy, samimiyat bilan ish tutuvchi, muomala qiluvchi
sidqidillik bilan chin qalbdan qilingan, dildan chiqqan. Samimiyat kishilarga qalban 
xayrixohlik, pokdillik, samimiylik, sidqidillik. Samimiylik insondagi eng yaxshi 
xislat, oliy insoniy fazilatlardan biri bo‘lib, axloqning muhim me’yorlaridan 
hisoblanadi.
 
DASTURXON 
- taom iste’mol qila boshlanibdiki dasturxon bor. Dasturxon 
aziz, muqaddas, rizq – ro’z manbai sifatida ko‘zga surtilgan. Dasturxon odobi, taom 
yemak qonun – qoidalari ham xalqimizda azaldan mavjud. Uydami, mehmondami, 
kuniga uch – to‘rt mahal dasturxon yoziladi. Dasturxonlar ham joyi, odami, mavsumi, 
ma’rakasi, xonasiga qarab, katta – kichik, rang – barang, odmi – ohorli bo‘lishi 
mumkin. Dasturxon – taomi bilan ulug‘. Dasturxon ustiga odatda birinchi bo‘lib non 
qo‘yiladi. O‘zbeklar tandir nonni ko‘proq iste’mol qilishadi, u dasturxonga juft 
qo‘yiladi. Dasturxon etiketi ham qadimiy bo‘lib, kishidan muayyan an’analarni
yaxshi bilishni talab qiladi. Dasturxonga hamma qo‘lini yuvib keladi. Dasturxon 
yozilganda nonni, taomni birinchi bo‘lib oilaning kattasi boshlab beradi. Dasturxon 
atrofida chiroyli gaplarni gapirib o‘tirish kerak. Dasturxon did bilan yasatilgan va 
o‘tiradigan joy qulay bo‘lsagina ovqatdan lazzat topasiz. Yozilgan dasturxon doimo 
ozoda bo‘lishi kerak. Dog‘li dasturxon ishtahani bo‘g‘adi. Dasturxonga idish – 
tovoqlarni qo‘yishda ularning rangi dasturxon rangiga mos tushishiga ham e’tibor 
bering.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə