Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

«Kechirasiz, hazillarga unchalik 
xushim yo‘q», «Qaytaryapsiz», «Ko‘rsatuvni oxirigacha ko‘rib olmaymizmi?»a
– 
taxminan Shu asnoda javob bergan ma’qul. Gapirayotganda munozaraga 
berilmasdan, aniq, baland bo‘lmagan ohangda, xotirjamlikni ushlab turmoq zarur. 
Mulozamatga 
«rahmat»
deb qisqacha javob beriladi. Odatda, o‘zini haddan tashqari 
erkin, aqlli qilib ko‘rsatishga intilgan va diqqat markazida bo‘lishini istagida qattiq 
uringanlar, aksincha, noqulay vaziyatga tushib qoladilar. Bunday odamlarga, 
boshqalarning ismi

sharifiga, bo‘yiga, millati va turar joyiga, sochining rangi, 
ma’lumoti va avtomobil halokatiga doir hazillar qilish mumkin emasligini hamisha 
yodda tutishlari kerak. 
O‘xshamagan mutoyiba hazilga, dilxiralikka qanday javob berish kerak? 
Omadsiz bunday tarzdagi ifodadan so‘ng, jim bo‘lib qolishdek hech qanday holat 
kuchli ta’sirga ega emas. Keyin kimdir biron boshqa mavzuda gap boshlagani yaxshi. 
Agar 
«o‘tkir fikrli»
shahsning tinglovchilarni g‘ashiga tegishida davom yetishi 
to‘xtamasa, unda uy egasi unga qarab: 
«Bugun sen negadir o‘zingdamassan»
deb 
to‘xtatishi lozim. Odamlarni o‘ziga kelmasdan avval hazillarga ko‘mib tashlash 
kerakmas. Hazil joyida bo‘lgani yaxshi. Hozirjavob hazilning ma’nosiga yetib 
borishda so‘zlovchining qattiq kulgusi xalaqit beradi. 
Davrada achchiq so‘zlarni suiste’mol qilmagan ma’qul. O‘zini aqlli deb 
biladigan bunday odamlar davrada 
«qurbon»
topib olib, uni mazax ostiga olish 
maqsadida turli savollar yoki vaziyatlarga solishga intilishi o‘zini axmoq qilib 


44 
ko‘rsatishdan o‘zga narsani bermaydi. Bunda tinglovchilar gapirayotgan odamning 
aybini qidirishga ko‘proq e’tibor beradilar.
Erix Fromm ta’limotida bunday odamlarning ruhiyatida sadizm – zolimlik 
borligini – «zulm qilyapmanmi demak mavjudman» degan shior yashaydigan 
kishilarga nisbat beradi. Agarda bunday odamlarning harakati tashqaridan juda xunuk 
ko‘rinishini, mazlumni emas, o‘zini butun bir tuban xususiyatlarini ko‘rsatayotganini 
va undagi o‘ta omilikni tashqariga chiqarayotganini bilganida edi hech qachon 
bunday harakatlarni qilmagan bo‘lar edi.
Zigmund Froyd jamoada o‘zini bunday salbiy tutayotgan shahs hatti-harakatlari 
aslida hasadgo‘ylikdan ekanligi, bunga guvoh bo‘layotgan jamoat ham aksariyat 
holatda bunga to‘sqinlik qilmasa-da, ushbu shahs to‘g‘risida xuddi shu xulosaga 
kelishini ta’kidlagan. Bu bilan Froyd jamoada inson o‘zini erkinroq tutadi, va 
badxulqlik bilan bo‘lgan barcha harakatlardan tiyilishi qiyin bo‘ladi, degan xulosaga 
keladi.
12
Tahliliy ruhshunoslik asoschisi Karl Gustav Yung esa jamoada ushbu ruhiy 
holatni arxetiplar bilan bog‘lab, unga «trikster» degan nomni beradi. «Trikster u bu 
odamlar tabiatidagi eng tuban illatlar majmui, jamoaviy onglanmaganlikning tuban 
ruh – obrazidir».
13
Demak, jamoatda boshqalar ta’siridan o‘z salbiy illatlariga erk berish xavfi 
kuchliroq ekan, inson bunday paytda o‘zini yo‘qotmasligi, axloqiy masalalarda 
mustaqil fikrga ega bo‘lishi kerakligini unutmasligi lozim ekan. 
Suhbat olib borish jarayonida tashvishlari bilan band, ma’nosiz nigohlarni 
ko‘rsatmaslikka harakat qilgan ma’qul. Suhbatdoshga qiziqish bilan, uning so‘zlarini 
tushunayotganini bildirish uchun ba’zi-ba’zida savol berish yoki aniqliklar kiritib 
turish zarur. Agar hikoyani eshitgan bo‘lsangiz, hikoyani o‘rtasiga kelganda birdan 
gapni bo‘lishdan ko‘ra darhol 
«Ha, aytib bergan edingiz»
qabilida gapirib qo‘ygan 
ma’qul. Odobli odam, garchi hikoyani avval eshitgan bo‘lsa ham, so‘zlayotgan 
odamni bo‘lmaydi. Tasodifan eshitib qolgan narsalarga chuqur sho‘ng‘ib ketib, 
munozara qilinmaydi. 
Bunda axloqiy tarbiyaning ba’zi vositalarini yoki unga yaqin yo‘llarni tanlash 
qo‘l keladi. “Axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi – san’at. Bu vosita aholining 
barcha tabaqasini, turli yoshdagi shahslarni qamrab oladi”.
14
Zero, zamonaviy 
ruhshunoslik insonning jamiyat va borliq bilan bo‘lgan turli munosabatlarini nafaqat 
yo‘lga qo‘yadi, balki uni mustahkamlaydi ham. Misol uchun, ruhiy tahlil falsafasi 
asoschisi Froyd ta’limotga ko‘ra, madaniy ijod bilan birgalikda badiiy ijod jamiyat 
faoliyatida shahvoniy qudrat va nafsning ular o‘rnini bosadigan ijobiy hodisalarga 
aylanish orqali, (sublimatsiya) ya’ni, tubanlikdan ulug‘vorlikka o‘tish natijasida 
12
Фрейд З. «Психология масс и анализ человеческого «Я».-СПб, Азбука классика.–М., 2008.-76с. 
13
O‘sha manba. –35 b. 
14
Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. - T., O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010, 312-b. 


45 
vujudga keladi. Ijodkor jamiyatdagi muammolarning yechimini san’at asarlari orqali 
obrazli tarzda jamiyatning o‘ziga taqdim yetish bilan topishga intiladi. Ammo shunisi 
muammoliki, barchaga ham iste’dod va daholik berilavermaydi. Shu jihatdan ham 
ruhiy tahlil bu masalaning yechimni ikki yo‘l bilan hal qilishni taklif etdi. Ilmiy 
tadqiqotlar natijasi insonning axloqiy munosabatlarida estetik faoliyatning muhim 
ekanligini ta’kidlay boshladi. Zotan, san’at asarini idrok yetish insonda ijodiylik va 
hozirjavoblik qobiliyatini o‘stiradi.
Muomala etiketida hozirjavoblik juda katta o‘ringa ega. Aksariyat hollarda 
insonlar davraga kirib kelgan kishini sergakligi va hozirjavobligiga juda katta e’tibor 
beradilar. Ayniqsa, etiketda ko‘rishish va so‘rashish jarayoni o‘zaro kuzatuvchanlik 
bilan amalga oshiriladi. Agar ulardan biri bu borada “soddalik” qilsa, odamlar orasida 
buni bildirishning har qanday yo‘lidan foydalanishga intilishni ko‘rish mumkin. 
Buning ruhiy-axloqiy jihati shundaki, o‘z vaqtida berilmagan “javob” yoki 
“soddalik” boshqarilishga loyiq kishi sanalishi, boshqalar oldida “kulgi” bo‘lish xavfi 
bir tomondan jamiyat qo‘ygan etiket qoidalarini o‘z vaqtida amalga oshirishga 
intiltirsa, ikkinchi tomondan o‘ng‘aysizlikni engish uchun hozirjavoblikni qo‘llash 
orqali badiiy ijodiylikka intiltiradi. Bu borada Froyd «Hozirjavoblik va uning 
onglanmaganlikka munosabati» asarida hozirjavoblikning vujudga kelishi va uning 
qabul qilinishdagi ruhiy holatlar talqinini berish bilan birga Froyd kulgililikka ham 
alohida to‘xtalib, uning boshqa turlarini, ular orasidagi o‘zaro farqlarni tushuntirishga 
harakat qiladi.
15
Davradagi odam boshqaga murojaat qilganda yoki munosabatga kirishganda
beixtiyor suhbatdoshiga so‘zlayotgan so‘zlaridan birining unli yoki undosh harflarini 
almashtirib yuborish orqali kulgulilikni vujudga keltiradi. Agar bu so‘z o‘yini atayin, 
ongli tarzda amalga oshirilgan taqdirda ham so‘zlovchi ijodiy jarayondagi ijodkor 
kabi onglanmaganlikka keng yo‘l qo‘yib beradi. Zero, bu jarayon san’atkorona 
mahoratni talab qiladi. Muallif so‘zlardagi unli va undosh, so‘zlarga qo‘shiladigan 
qo‘shimchalarni o‘zgartirish bilan juda chiroyli tarzda o‘z maqsadi yo‘lida 
foydalanarkan, bir jihatdan so‘zlovchining ruhiyatidagi ziddiyatlarni kulgulilik orqali 
o‘zini dovdir qilib yoki bilmasdan gapirib yuborgan qilib ko‘rsatish bilan tashqariga, 
suhbatdoshiga zimdan uyushtirilgan hujum sifatida amalga oshiradi. Ikkinchi jihatdan 
esa, dilini og‘ritmagan holda, ochiqdan-ochiq kurashlarsiz, kulgulilik orqali 
suhbatdoshini «silliqlik» bilan «haqiqatga» yetkazib qo‘yadi. Bunday jarayon 
muomala etiketida to‘satdan paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘pol munosabatlarni 
oldini oladi.Biroq ortiqcha hajviya, hozirjavoblik doimo to‘g‘ri kelavermasligini 
unutmaslik lozim. 
15
Фрейд З. Остроумие и его отношение к бессознательному. 

Минск. Попурри , 1999.-.5 с. 


46 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə