Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Erkaklar va ayollar uchun zamonaviylik



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Erkaklar va ayollar uchun zamonaviylik. 
Kiyim ma’lum davr va ijtimoiy 
sharoitda kishilarning go‘zallik haqidagi qarashlari mujassamlashadigan moda – rusm 
bilan bog‘liq. Kishilik jamiyati rivoji jarayonida bu qarashlar o‘zgara boradi, Shu 
munosabat bilan moda ham uzluksiz o‘zgarib turadi. O‘zbek xalqining milliy 
madaniyati, urf-odatlari asrlar davomida davr va sharoitga, jamiyat taraqqiyotiga 
moslashib o‘zgarib kelgan. Tarixga aylangan kiyim va liboslarni qanday kiyish urfi 
va qoidalari deyarli istisnoli jihatlardagina o‘z kuchini saqlab qolgan. Ammo odamlar 
kiyimlarni tanlashda va ixtiro qilishdan toyganlari yo‘q. Aksincha zamonaviylikka 
bo‘lgan talablar oldingi davrdagiga nisbatan ancha ilgarilab ketdi.


54 
Yaxshi kiyinish o‘ziga xos san’at. Kishi bu san’atni egallashi uchun moda 
talablariga rioya qilibgina qolmay, o‘z didini ham taprbiyalashi kerak. Didni 
tarbiyalash uchun qonunlari me’yor, va o‘zaro mos tushunchalarga asoslangan 
san’atning barcha turlari bilan tanishib borishi lozim. 
Zehn bilan tanlangan orasta libos uning egasinining didini yaxshiligini bildiradi. 
Ko‘ylak javoni to‘la bo‘lmasdan turib ham did bilan kiyinish mumkin. Yangi chiqqan 
zamonaviy libos ketidan quvish emas, balki siz uchun zarur bo‘lgan narsa haqida 
o‘ylab ko‘rgan ma’qul. Zamonaviy moda mato turlarining yangiligi, uning tusi bilan 
ham belgilanadi. 
Jiddiy erkaklarga nisbatan ayollar zamonaviylik masalalarida ko‘proq 
qayg‘uradilar. Erkaklarga nisbatan ayollar modasi o‘zgaruvchanroqdir. Yubka va 
kamzullar bir kaltalashib ketsa, bir-ikki yildan so‘ng – uzunlashib ketadi. Ko‘ylakda 
ba’zida belni ko‘rsatib turadigan holatlari paydo bo‘lsa, ba’zida aksi bo‘ladi. 
Erkaklarga nisbatan matolarning rangdor tuslari va fakturasi turli-tumandir va, albatta 
turli xil zamonaviy ziynatlar ham ayollar uchundir. Ammo erkaklar umuman 
zamonaviylikdan yiroq desak noto‘g‘ri bo‘lar edi. Kuchli jins sohiblarining 
zamonaviylikka bo‘lgan qiziqishi – oxirgi yillar yetarli darajada salohiyatga ega. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə