Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Oyoq kiyim qanday tanlanadi
Jiddiy kostyumlarga to‘q jigarrang va qora 
rangdagi, qulay va sifatli oyoq kiyimlar mos keladi. Och jigarrang yoki jigarrang 
oyoq kiyimlar qora kostyumga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Biroq qora oyoq kiyim 
jigarrang kostyumga mosdir. Qalin taglik, qo‘pol sportiv botinkalar tantanali chiqish 
uchun mo‘ljallangan kiyimlarga to‘g‘ri kelmaydi, faqatgina sportiv kiyimlar bilan 
yaxshi ko‘rinadi. 
Ayollar kiyadigan jinsi matoli kiyimlarga baland poshnali yoki chiroyli tuflilar 
emas, faqat sport oyoq kiyimlar bilan yaxshi turishini bilishlari zarur. Biroq bashang 
shimlarga bashang oyoq kiyimlar bo‘lishi kerak. 
Ayollar haqida.
Jozibali ayol yoshi, o‘z darajasi, ma’lum holatlarga nisbatan 
doimo mos ravishda o‘zini tutadi va kiyinadi. Tashqi ko‘rinishda jozibalilikka 
erishish zamonaviylikka nisbatan zehn bilan yondaShuvdadir. Zamonaviy kiyingan 
ayol deganda o‘ta yorqin va qimmatbaho libos bilan o‘ziga jalb qiladigan ayol 
nazarda tutilmaydi 

Zero, bashanglik libosning qimmatbaholigidan emas, balki 
nafislik va yuksak diddan iboratdir.
Zargarlik do‘konidagi rastalarga o‘xshab, o‘zini qimmatbaho taqinchoqlarga 
ko‘mib tashlash kulgulilikdir. Ayolning kostyumi, uni kiya olish qobiliyati ayol 
kishining botiniy madaniyatiga, badiiy didning darajasiga bog‘liqdir. Bu uning 
iste’dodini zamonaviylikka harbiy buyruqqa kabi ko‘r-ko‘rona taqlid qilish qoidasi 
emas, balki xayolotni o‘yiniga turtki beruvchi shunchaki ijodiylik sifatida qabul 
qilishiga bog‘iqdir. Aqlli ayol o‘z tanlovining imkoniyatlarini bir muncha 
kengaytirish maqsadida zamonaviylikdan bir oz qolib kyetishdan yoki undan o‘zib 


55 
kyetishdan qo‘rqmaydi. Va oxir oqibat u barcha mavjud imkoniyatlardan ayollik 
fazilatini yorqin ifodalay oladigan va illatlarini berkitadigan variantlaridan birida 
to‘xtaydi.
Barcha holatlarda ayollik fahm-farosatining qobiliyatini o‘stirish va uni 
tarbiyalash uchun modalar jurnalini doimiy ravishda kuzatib borish yetarli emas. 
Buning uchun badiiy ko‘rgazmalar, teatr kabi san’atga bog‘liq joylarda bo‘lib turish, 
ko‘chadagi turli-tuman odamlarni kuzatish, musiqa tinglash, odamlar orasida bo‘lish, 
xullas, ichki didni boshqalar didi bilan solishtirish va rivojlantirish zarur.
Bundan tashqari, ichki, ruhiy ayollik latofatini o‘zida rivojlantirmoq lozim. 
Buning uchun esa yuksak darajadagi badiiy kitoblarni o‘qishni, bolalarga hayrihohlik 
bilan jilmayishni, yoshlikdan uzoqlashayotgan qalbni qanday u ta’sirchan yoki qattiq 
bo‘lmasin, yumshatishni maslahat beramiz. Ayolga xos bo‘lgan nazokatni tabiatdan 
olishga harakat qiling: tabiatning rang

barang bo‘yoqlariyu, tizmalari va uning 
ohangini ko‘ra bilishni o‘rganing. Va albatta ayol kishini muhabbat yanada 
go‘zallashtiradi. Hayotning ikir-chikir tashvishlariyu qiyinchiliklariga qaramasdan 
sevishni o‘rganing. Muhabbatsiz go‘zallik tez so‘nadi. Biz esa 
«Go‘zallik dunyoni 
qutqaradi»
degan naqlni unutganimiz yo‘q.
Dunyoni saqlab qolish uchun doimo go‘zal bo‘lishga intiling. Bunga esa agar 
istasa, har qanday ayol tinimsiz o‘z ustida ishlash orqali erishishi mumkin. Agar u 
kunda o‘zining tabiatini tarbiyalab borsa. Agar u o‘ziga va qalbiga oz bo‘lsa ham 
erinchoqlikka yo‘l bermasa. Agar o‘z-o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lsa. Agar 
odamlarni hurmat qilishni, sevishni va ularga nisbatan rahm-shafqatli bo‘lishga o‘zini 
o‘rgatsa. Agar o‘z didini rivojlantirib, aqlini charxlasa. Agar yaqinlarini egovlab, 
ularni janjal bilan qiynamasa, o‘ziga o‘zi hadeb achinavermasa, va shikoyatchiga 
aylanmasa. Aynan mana shulardan keyingina ayol kishiga xos bo‘lgan latofat 
boshlanadi. Va hech qanday bashang liboslar uning aksini berkita olmasligini 
unutmang. Jizzakilik, g‘azab, surbetlik, qo‘pollik, hasad, xo‘jayinchilikka bo‘lgan 
ehtiros va boshqa inson gunohlarini (afsuskiy ayollarga xos bo‘lgan) qimmatbaho va 
yaltiroq lattalar bilan berkitib bo‘lmaydi.
Uyda
ayniqsa ayol kishi uyda chiroyli kiyinishi lozim. Bunda rangi o‘chib 
ketgan, tor yoki osilib ketgan kiyimlar kiyish nojoizdir. O‘zimizga mos tarzda 
kiyinishimiz to‘satdan mehmonlarni kirib qolishini aytmagan holda, yaxshi kayfiyat 
bilan yurishga kerakdir, Ro‘zg‘or masalasini hisobga oladigan ayollar, eskirgan 
liboslarni yaxshi uyda kiyadigan kostyumga aylantirishlari mumkin. U nafaqat qulay, 
balki zamonaviy bo‘lmog‘i ham lozimdir. Ayol kishining shalviragan kiyimlarni 
kiyishi yoki eskirgan kiyimlarga qayta ishlov bergach, uni 
«uy kiyimiga ko‘zi 
qiymay»
shkafga ilib qo‘yuvchilarni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə