Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Rasmiy holatlarda ustki kiyimning tugmalari qadalgan bo‘ladi



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Rasmiy holatlarda ustki kiyimning tugmalari qadalgan bo‘ladi.
Bunday 
holatlarda siz tanishlaringiz kvartirasiga, restoranlarga (ayniqsa ayollar oldida), 
majlislar xonasiga, teatrga kirishinigiz mumkin. Bundan tashqari tugmalarni 
prezidium stolida o‘tirganigizda va doklad bilan chiqish qilganingizda qadalgani 
lozim. Raqsga tushganingizda ham xuddi Shu holat uushlab turish maqsadga 
muvofiq. 
Qadalmagan tugmalar bilan siz o‘rindiqda teatr tomosha qilayotgan yoki kechki 
ovqat dasturxoni oldida o‘tirishingiz mumkin.
Ustki kiyimning eng quyi qismidagi 
tugma hech qachon qadalmaydi. Dissertatsiya himoyasi uchun kandidat to‘q kostyum 
kiyishi lozim. Uyda xalat va pijama faqatgina ertalab yoki kechqurun vannaga kirish 
uchun kiyiladi. Boshqa paytlarda to‘liq, batartib va qulay kiyinish lozim.
Uyda
odatga ko‘ra erkaklar trikotaj mahsulotlaridan bo‘lgan sport kiyimlar yoki 
jinsi kiyadilar. Agar kvartira bo‘ylab yurgan erkakning kiyimi bir oz eskiroq, 
shimidagi naqshlar rangdor va ajoyib bo‘lsa, buning qo‘rqinchli joyi yo‘q. Hatto 
yaxshi ko‘rinadi. Asosiysi, eskirgan bo‘lsa ham ularni vaqtida yuvishga tashlab, 
tugmalarini mustahkam va dazmollangan holda tutish lozim. 
Agar mehmon sizni pijamada ko‘rsa, ustingizga xalat tashlab olgan ma’qul. 
Xuddi shu narsani o‘zgalarning uyida yoki dam olish maskanida yashaganingizda 
qiling. Erkaklarda kabi ayollarning ham shippaklari toza va pachoqlanmagan bo‘lishi 
lozim. 
Taklif qilingan mehmonlar hech qachon shippakda kutib olinmaydi, garchi uy 
egasi har safar yangi libosda chiqishi shart bo‘lmasa ham. Ayniqsa mehmon oddiy 
ko‘ylakda kelgan bo‘lsa. 
Erkaklar uchun ko‘ngilochar kechalarda mo‘ljallangan ayollardagi kabi bunday 
darajada ta’sirchan kostyumni hali moda o‘ylab topmagan. Ammo nima qilsa ham 
mayda katakli ko‘ylak yoki to‘qilgan sviter bilan birga jinsi shim to‘g‘ri kelmaydi. 
Bunday kiyim faqat kundalik kiyinishga mos. Mehmonlarni qabuli uchun och tusdagi 
shim va ko‘ylak kiyib olgan ma’qul. U haddan tashqari ola-bula yoki odmi bo‘lishi 
zarur emas. To‘q rangdagi ko‘ylak haddan tashqari oddiy ko‘rinadi. Och rangdagi 
ko‘ylak ozodalik va yangilik kabi yoqimli hislarni uyg‘otadi.
Kiyim tanlash etiketi talablarida dam olish maskanlari va dala hovlilarda 
o‘tkaziladigan mehnat ta’tili, qishki yoki yozgi ta’tilda kiyiladigan kiyimlarni 


64 
kiyishda katta erkinlik beriladi. Bunda uydagi iliqlikni hamda shinamlik hissini 
uyg‘otadigan to‘qilgan, yumshoq, issiq va momiq kiyimlar kiyish mumkin. 
So‘nggi yilning so‘nggi kunidagi yuqori kayfiyat sizning kiyimingizda aks 
ko‘rinadi. Yangi yilni siz yaqin do‘stlaringiz bilan nishonlaysizmi, yoki ularning 
uylarida, restoranda yo kafeda – yangi yil ziynatlari kundalik pardozlardan o‘zini 
yorqinligi bilan ajralib turishi lozim. Yangi yil kechasining o‘zgacha tarovatini 
faqatgina shu kun uchun mo‘ljallangan libosingizga yana yorqinlik ato eta oladigan 
ajabtovur ziynatlar va detallar bilan bezatish evaziga yanada kuchaytirishingiz 
mumkin. 
Kiyimning o‘zi shunchaki chiroyli bo‘la olmaydi. Uning nafosati qayerga – 
ishxonaga, uyga, bayramga, shahardan tashqariga sayr uchun mo‘ljallanganiga 
bog‘liq. Bashang kiyim faqat qaddi-qomati kelishgan, yaxshi fazilatlarga va chiroyli 
nutqqa ega odam bilan 
«chiqishadi». 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə