Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 


74 
 Jamoattransportlarida 
 

Avtobus, tramvay yoki trolleybus to‘xtamasdan oldin chiqishga shoshilmaslik 
lozim.

Bekatda tushib qoluvchi yo‘lovchilarni chiqib olishlarini kutib turish lozim. 
Transportga kirayotgan yoki chiqayotgan odamlarni jarohatlanishiga olib 
kelishi mumkin. 

Jamoat transportiga birinchi bo‘lib kirib olish maqsadida yo‘lovchilarni tirsagi 
bilan turtib yuborish u yerdagi odamlardan birini jarohatlashi, yoinki 
yo‘lovchilarni buyumlariga zarar keltirishi mumkin. Tarbiyali odam avvalo 
yoshi katta odamlarni, bemor, ayollar va bolalarni o‘tkazib yuboradi. 

Bo‘sh joy ilinjida odamlarni ikki tarafga irg‘itib oldinga harakat qilish juda 
xunuk ko‘rinadi. Bundan tashqari, joiz bo‘lsa, o‘tirgan vaqtingizda transportga 
qariya, homilador, nogiron, yoki go‘dakka darhol o‘rindan turib joy berish 
nafaqat odob, balki o‘ziga nisbatan ham hurmat belgisi ekanligini unutmaslik 
lozim. 

Boshqa tarafdan, agar sizga jamoat transportida joy berishsa, buni iltifot bilan 
qabul qilib, minnatdorchilik bildirish jamoat transportidagi odamlarda axloqiy 
ruhni paydo qiladi.

Hattoki taklif qilingan o‘rinni rad qilgan taqdiringizda ham, (masalan, keyingi 
bekatda tushishingiz kerak bo‘lsa) tashakkur aytib, bir og‘iz shirin so‘zni 
ayamagan ma’qul.

Yo‘l kira uchun hamma o‘zi uchun o‘zi to‘laydi.

Erkak kishi faqatgina yaxshi tanish bo‘lgan ayolgagina yo‘lkira to‘lashlari 
mumkin. Biletni esa oson topiladigan joyda saqlash kerak.

O‘rinlarni sumka va boshqa narsalar bilan band etmaslik kerak.

Agar transportda gazeta yoki kitob o‘qib ketayotgan bo‘lsangiz, ularni 
yoningizdagiga xalaqit bermagan holda ushlagan ma’qul. Birovni o‘qiyotgan 
gazetasiga qarash to‘g‘ri emas. Bolalar bilan ketayotgan ota-onalar ularni 
yo‘lovchilarga xalaqit berishlariga yo‘l qo‘ymasliklari lozim. 

Transportda soch tarash, labini bo‘yash va pardoz qilish noo‘rindir. Ayniqsa 
avtobus, tramvaylarga kir, ifloslantiradigan kiyimlarda chiqish mumkin emas. 
Shu bilan birga qirqadigan, o‘tkir, bo‘yaydigan va boshqa odamlarga ozor 
beradigan narsalar bilan transportga chiqish yo‘lovchilarni qiynab quyishi 
mumkin. Chipta nazoratchilari ham bunga e’tiborni qaratmog‘i lozim. 
Batartiblik jamoatda o‘zini tutish etiketining asosiy qoidasidir: konfet qog‘ozlari, 
sigaret qoldiqlar va boshqa narsalarni yo‘lma-yo‘lakay tashlab yurish tabiatingizni 
«sotib» qo‘yishi mumkin. Haddan ziyod baland ovoz bilan odamlarni diqqatini jalb 


75 
yetish, yo‘lovchilarning tashqi ko‘rinishi borasida tanbehlar berishdan tiyilgan 
ma’qul. Ayniqsa, bolalar oldida o‘zini madaniyatliroq tutish lozim – har qanday katta 
yoshdagi odam o‘zi istar-istamas yonida turgan bolalarga ta’sir qila olish 
xususiyatiga ega.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə