Bitiruv malakaviy ishi “ ” 2018yil



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə1/18
tarix23.03.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#102995
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18


Suitsidal xulq-atvor diagnostikasi va psixokorreksiyasi”
mavzusida yozgan

BITIRUV MALAKAVIY ISHI


“_____”____________ 2018yil
SUITSIDAL XULQ MOTIVLARI
Reja:
1. Chet el psixologiyasida suitsidal xulq-atvor muammosining o‘rganilishi
2.Rus psixologiyasida suitsidal xulq-atvor psixologiyasining
o‘rganilishi
3. O‘zbekistonda o‘z joniga qasd qilish muammosining psixologik tahlili
4.Antik davr faylasuflari asarlarida suitsidal holatlar muammosi tahlili

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy shaxs o‘z rivojlanishi mohiyatiga ko‘ra murakkab dunyoda yashamoqda. Shaxsining dinamik rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy strukturalar tizimi jumladan, oila, maktab, norasmiy uyushmalar va ijtimoiy institutlarda ham keskin o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Shuningdek, ba’zan ommaviy axborot vositalari orqali olinadigan ma’lumotlar ham shaxslarning emotsional-irodaviy jabhalari hamda qiziqishlar tizimiga ta’sir etib, ularning hulq-atvorlari va psixikasida turli buzilishlarga sabab bo‘lmoqda. Shunday buzilishdan biri suitsidal holatlarga urinish, o‘z joniga qasd qilish bo‘lib, tan olish kerakki, to hozirga qadar mazkur muammoning mohiyati munozaralidir. Uni kayfiyat tasnifi yoki sindromi sifatida yoinki alohida bir kasallik tarzida tushuniladi. Uning asosiy sababi birinchidan, depressiv simptomatika bo‘lib, u turli yoshga oid psixologik xususiyatlarni namoyon qiladi va ikkinchidan tashqi ifodalnishida “niqoblanganlik” xarakteriga ega bo‘ladi.
Shaxsning suitsidal holatlarga urinishi va uning keltirib chiqaruvchi omillar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, u: a) mehnat faoliyatini o‘zlashtira olmaslik; b) o‘zga insonlar jamoasiga moslasha olmaslik; v) o‘ziga xos psixologik muhofaza reaksiyasini o‘zida mujassamlashtiradi. Ayrim olimlar uning kelib chiqishida stressogen omillarga urg‘u berib, o‘ziga xos “sivilizatsiya kasalligi” deb ataydilar. Olimlardan B.S.Polojiy (1996) fikricha, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy chuqur o‘zgarishlar shaxsda jiddiy buzilishlarga sabab bo‘ladi yoki madaniy hamda ijtimoiy o‘zgarishlarga moslashaolmaslik muammosi shular jumlasidandir.
Shaxsning o‘ziga xos suitsidal xulq-atvorning asosida mehnat faoliyati jarayonidagi noto‘g‘ri psixologik ta’sir, soha xodimlarining shaxslilik xususiyatlari va emotsional holatlaridagi salbiy urinishlarga, ichki ishlar xodimlarining o‘z jamoadoshlari tomonidan yetarli e’tibor berilmasligi sababli yuzaga kelgan ijtimoiy dezadaptatsiya (moslashaolmaslik), ijtimoiy integratsiyaning pasayishi va beqarorligi yotadi. Shaxsning ijtimoiy atrof-muhitdagi o‘zaro munosabatlarining buzilishi, shaxslararo munosabatlarning qiyinlashuvi, yaqinlari tomonidan subyekt ehtiyojlari, qiziqishlari inobatga olinmagan holda o‘tkazilgan bosim, ularda hayot mazmuni, xavfsizlik va "kerak"lilik hissining yo‘qolishi, ko‘pincha suitsidal xulq-atvor namoyon bo‘lish sabablaridan biri hisoblanadi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə