Bitiruv malakaviy ishi “ ” 2018yil


II-Bob. Suitsidal xulqining diagnostikasi va psixokorreksiyasi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə8/18
tarix23.03.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#102995
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
II-Bob. Suitsidal xulqining diagnostikasi va psixokorreksiyasi


2.1. Suitsidal urinishlar sodir bo‘lishining diagnostikasi
va psixokorreksiyasi
Sharqning buyuk mutaffakirlaridan biri Abu Nasr Forobiy, "Inson aqli faqat bilim bilan cheklanmaydi, balki odat va qarashlarni o‘zining maqsadlariga bo‘ysundira olishi va yo‘naltirishi, o‘zgartirishi ham mumkin", - degan edi. Har bir inson bilimlarni yaxshi egallamog‘i, yaxshi va barkamol tarbiya olmog‘i, eng yaxshi fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak. Tarbiya vositasi bilan bolalarda hosil qilinadigan barcha insoniy axloqiy fazilatlar shunga qaratilmog‘i kerak.
Z.T.Nishanova va hammualliflari tomonidan "Pedagogik psixologiya" nomli o‘quv qo‘llanmada "psixologik-pedagogik tadqiqot vazifalarini bajaradigan tabiiy eksperiment psixologik-pedagogik eksperiment" – deb atalishi ta’kidlanadi. Ichki ishlar xodimlik davrida namoyon bo‘luvchi suitsidal harakatlarni diagnostikasi va korreksiyasi vazifalarini amalga oshirishda, psixologik-pedagogik eksperimentning o‘tkazilishi, korreksion tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga individual yondoshish imkonini beradi.
Shu o‘rinda psixologik diagnostika va korreksiya atamalariga to‘xtalib o‘tish muhimdir. Bular o‘zini o‘zi mahkum etuvchi xulq-atvor shakllarini, eng avvalo, o‘z joniga qasd qilishga urinish yoki suitsidal harakatlarni oldini olishga mo‘ljallangan, ruhiy zo‘riqish (stress) holatlariga javob reaksiyasi bilan bog‘liq ijtimoiy-psixologik dezadaptatsiya holatida bo‘lgan ichki ishlar xodimlarga yordam berishga qaratilgan psixologik metod va usullar to‘plamidir.
“Korreksiya” (lot. correctio) atamasi qisman tuzatish yoki o‘zgartirish ma’nosini anglatadi. Psixologik korreksiya - shaxs psixikasi va xulqida, organik tabiatga ega bo‘lmagan yoki uning ilk bolalik davrilarida rivojlanib, turg‘un xususiyatlarga aylanib ulgurmagan kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan, psixologik ta’sir usul va vositalari yordamida amalga oshiriladigan, chora-tadbirlar majmuasini o‘z ichiga oladi.
Shunday qilib, psixologik korreksiyaning maqsadi: shaxs psixik ko‘rsatkichlarini me’yorga keltirish, insonga jamiyat talablari asosida, psixik bo‘zilishlarning asoratli darajaga yetmasdan oldin faoliyat ko‘rsatish uchun optimal sharoitlarni yaratishdir. Ichki ishlar xodimlar bilan o‘tkaziladigan pedagogik - psixologik korreksiya avvalo oilada shaxsni rivojlanishi uchun maqbul bo‘lgan psixolgik muxitni shakllantirishga erishish, o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘zaro hamkorlik hamda hurmatga asoslangan jamoani jipslashtirish, o‘z-o‘zini namoyon etish imkoniyatlarini topishga yordam berish, ularning qiziqishlari va ehtiyojlarini inobatga olingan holda ijtimoiy foydali faoliyat yo‘nalishlariga jalb etish, o‘z oldiga quygan maqsad, shuningdek, istiqbolli rejalarini amalga oshirish motivatsiyasini shakllantirish kabi vazifalarni qamrab oladi.
O‘smirlik davriga xos psixologik korreksiya kuyidagilar bilan xarakterlanadi:
-psixologik yordamni orqaga surishning mumkin emasligi;
-suitsidal xulq-atvorning shakllanishiga olib keluvchi destruktiv psixologik ustanovkalarni aniqlash va korreksiyalashga yo‘nalganligi;
-ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlik darajasini ta’minlovchi shuningdek, individ barqarorligi va shaxsiy yuksalishiga xizmat qiluvchi, turli ko‘rinishdagi shaxslararo nizolarni hal etishning yangicha usullarini izlab topish va treningini amalga oshirishdan iborat.
Psixologik diagnostika va korreksiyaning uchta asosiy vazifani bajaradi:
- psixologik qo‘llab-kuvvatlash;
- psixologik aralashuv;
- ijtimoiy-psixologik moslashuv darajasini oshirish.
Psixologik diagnostika va korreksiyaning bir necha bosqichlari mavjud. Bular;
- psixologik aloqani o‘rnatish;
- suitsidal xavf bo‘lgan xissiyotni ochib berish;
- xulq-atvor muammolarini yechish va adaptiv ko‘nikmalarini safarbar etish;
- xohishga ko‘ra shartnoma tuzish.
Psixologik aloqa o‘rnatilishining asosini xayrixohlik, sabr-toqat bilan gumonsiz va tanqidsiz tinglanishi tashkil etadi. Shuningdek, amaliy psixologning o‘z patsiyenti tomonidan ichki ishlar xodimlik davri muammolari xususida chuqur bilimga ega, tushunuvchan, sezgir va ishonchga loyiq inson sifatida qabul qilinishi, korreksion jarayonning muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Suitsidal xavfga ega hissiyotni ochib berish shaxsning so‘zsiz qabul qinlinishi sharoitida yuz berib, uning o‘zini idrok etishini oshiradi. Psixologning kishilarni xayrixohlik bilan tinglanishi, mavjud emotsiyalarga ta’sir ko‘rsatishni osonlashtirib, taranglikni samarali kamaytiradi.
Xulq-atvor muammolarini yechish va adaptiv ko‘nikmalarini safarbar etish, antisuitsidal omillar, erishgan muvaffaqiyatlarini shaxs uchun ahamiyatli sohalarda faollashtirish, uning o‘zini o‘zi hurmat qilishini, inqirozni hal qilish uchun o‘zining ichki imkoniyatlariga ishonishini orttirish yo‘li bilan ro‘yobga chiqadi.
Shartnoma tuzish, uning ichki ishlar xodim uchun tushunarli atamalarda ifdalanishi, u bilan psixologik diagnostika va korreksiya maqsadi, vazifalari, uning o‘tkazilishi muddatlari, hamkorlikdagi faoliyat natijalari majburiyatini bo‘lishish, ichki ishlar xodim tomonidan o‘zining suitsidal tensiyalarini mustaqil nazorat qilinishi shuningdek, qabul qilingan qarorlar va ularning bajarilishiga javob berish haqidagi kelishuvni nazarda tutadi. Psixologning ijtimoiy aloqalar o‘rnatishida har shaxs uchun ahmiyatli bo‘lgan, boshqa yaqin kishilar o‘rtasidagi vositachiligi ham kelishiladi.
Qo‘llab-quvvatlashning asosiy vazifasi - psixologik diagnostika va korreksiyaning psixologik aralashuv bosqichida amalga oshiriladigan, suitsidal xavfli tendensiyalar faolligini pasaytiruvchi, affektiv bo‘zilishlarda kognitiv o‘zgarishlarga erishilgandagina ijobiy natija hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich - psixologik aralashuv o‘zining maqsadi sifatida Ichki ishlar xodimning "buzilgan" mikroijtimoiy sohasini qayta qurish (rekonstruksiyalash)ni belgilaydi. Bu bosqich ham bir necha davrlardan iborat bo‘ladi:
- muammoni hal etishning o‘ziga xos yangi usullarini ko‘rib chiqish;
-inqirozni hal etishning optimal usullarini to‘sib qo‘yuvchi moslashmagan psixologik ustanovkalarni aniqlash;
- moslashmagan psixologik ustanovkalarni korreksiyalash;
- terapevtik ustanovkalarni faollashtirish.
Muammoning o‘ziga xos usullarini ko‘rib chiqish, eng avvalo, har bir shaxsning mikroijtimoiy moslashuvchanligini yengillashtiruvchi, o‘ta ahamiyatli munosabatlarni shakllantirishni ta’minlovchi emotsional yaqin shaxslarni izlab topishni ko‘zda tutadi.
Moslashmagan psixologik ustanovkalarni aniqlash va ularni reksiyalash har shaxs uchun juda muhimdir. Bunda u yoki bu qadriyatning o‘smirlar hayotidan ham ko‘proq ahamiyatga egaligi haqidagi tasavvurni shakllantirish, suitsidal omillar dolzarblashtiruvchi ustuvor qadriyatni pasaytirishdan iborat.
Psixologik diagnostika va korreksiyaning uchinchi, yakuniy bosqichini moslashish darajasini oshirish tashkil etib, u ham bir necha davrlardan iboratdir:
-moslashmagan psixologik ustanovkalarga nisbatan o‘zini nazorat ko‘nikmalarini ishlab chiqish;
-o‘smirlar va xotin-qizlar mikroijtimoiy muhitidagi ahamiyatli shaxslarni psixokorreksiya ishiga jalb qilish orqali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash doirasini kengaytirish.
Moslashish ko‘nikmalarini shakllantirish treningi davri-o‘smirning nizoga nisbatan o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishga qaror qilishi vaqtidan boshlanadi. Ushbu bosqichda muammoni yechishning yangi usullarini sinovdan o‘tkazish va mustahkamlash sodir bo‘ladi. Bunda haddan ziyod psixoemotsional o‘zaro aloqalarga bo‘lgan ehtiyojning yetarlicha rivojlanmaganligi, frustratsiya vaziyatida uning o‘rnini qoplash qobiliyatining pastligi kabi bir qator moslashmagan shaxsiy belgilarning korreksiyasi amalga oshiriladi.
Suitsidal xulq-atvorli kishilar bilan ishlashning umumiy tamoyillarini quyidagilar tashkil etadi:
- birinchi lahzadan empatik, intensiv-emotsional xayrixohlik tusi, shaxsga nisbatan norasmiy munosabatni o‘rnatish;
- shaxsning xohish- istaklari, tashvishlanishi va qo‘rquvlaridan xalos bo‘lishiga imkon berish;
- imkoniyatlarni faollashtirish;
- anonimlilik talabiga rioya etish.
O‘smirlar va xotin-qizlar bilan amalga oshiriladigan birinchi suhbat jarayonidagi asosiy vazifalarni quyidagilar tashkil etadi. Bular;
- emotsional taranglikni kamaytirish;
- suitsidogen hissiyotlarni "to‘sib ko‘yish";
- qiyin vaziyatlarni yengib o‘tishga safarbar qilish;
- ushbu inqiroz jarayonidagi psixologik shikastlanish (jarohat) jolatlari ehtimoli va ularga adekvat javob qaytarishga tayyorlash;
- o‘smirlarning e’tiborini vaziyatli muammolardan o‘zining ichki muammolariga qaratgan holda uning navbatdagi psixologik yordamni qabul qilish motivatsiyasini kuchaytirish.
Bu jarayondagi qiyinchilik shundaki, nisbatan qisqa muddatli psixologik diagnostika va korreksiya jarayonida ichki ishlar xodim yuqori motivatsiyaga ega bo‘lishida ko‘rinadi.
Suitsidal xulq-atvorga ega ichki ishlar xodimlarda ko‘pincha, emotsional aloqa imkoni pasaygan, motivatsiya umuman namoyon bo‘lmagan bo‘ladi. Shuning uchun ham suitsidal xulq-atvorli kishilar bilan birinchi uchrashuv va suhbat har ikki tomon, ya’ni suitsident-psixolog diadik munosabatining qiymatini belgilaydi. Suitsident shakllangan inqirozli vaziyatdan chiqib ketishni xoxlaydi, lekin taklif etilgan yordamni "qabul qilishni istamaydi". Shu bois ham ular bilan o‘zaro maqbul aloqalarni tiklash va hamkorlik shuningdek, vaziyat tahlilini aniqlashga qaratilgan suhbatning psixologik tavsifi haqida so‘z yuritmoq joizdir. Suitsident xulq-atvorini o‘rganishga doir suhbatlar muayyan tamoyillar asosida tuzilishi kerak.
Ta’kidlash lozimki, suitsidal xulq-atvorli kishilar bilan olib boriladigan birinchi suhbat yumidagi qo‘llanilgan psixologik usullarning barcha yo‘nalishlari unda keyingi o‘zgarishlar motivatsiyasini yaratishga qaratilmog‘i lozim. Suhbat metodida qo‘llaniladigan psixologik usullar quyidagilardan iborat bo‘ladi:

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə