Bitiruv malakaviy ishi “ ” 2018yil


Suitsidal holatlarning oldini olishda psixoprofilaktik



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə16/18
tarix23.03.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#102995
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
2.4. Suitsidal holatlarning oldini olishda psixoprofilaktik
chora-tadbirlar mazmuni
Zamonaviy psixologiyada mavjud psixologik profilaktika amaliy va ilmiy nazariyalarga asoslangan bo‘lib, ta’lim muassasalari, oila, ommaviy axborot vositalari, jamoa va huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatlarining hamkorlikda amalga oshiriluvchi o‘zaro uzviylikdagi kompleks chora-tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Psixologik tadqiqotlarda suitsidal urinishga aynan, qaysi noto‘g‘ri tarbiyaviy ta’sir yoki deviant xulq ko‘rinishlari sabab bo‘lganligi to‘liq aniqlanmagan. Shu bois, suitsidal faollik rivojlanish xavfi mavjud guruhlarga taalluqli bo‘lgan pedagogik-psixologik korreksion dasturlar kompleksi ishlab chiqilishi zarur. Bu dasturlar o‘smir suitsidentlarning o‘z xulq-atvorini nazorat qilishga ko‘maklashish, muqobil ijtimoiy muhit bilan aloqasini tiklash va rivojlantirishning pedagogik-psixologik usul va vositalarini aniqlashga qaratilgan.
Olib boriladigan psixoprofilaktik tadbirlarda o‘smirlarni uning atrofidagi shaxslarning salbiy ta’sirlaridan saqlash maqsadida psixologik–pedagogik hamda ijtimoiy ko‘mak berishga qaratilgan, ya’ni: a) oila, mahalla, o‘quv guruhi, sinf va pedagogik jamoa, ommaviy axborot vositalari; b) o‘smirlar shaxslararo munosabatlari asosiy qirralariga ta’sir qiluvchi ta’lim va tarbiya sharoitlarini optimallashtirishdan iborat.
Demak, psixoprofilaktikaning asosiy maqsadi shaxsning suitsidal urinishlar sodir etilishiga olib keluvchi salbiy ijtimoiy - psixologik, pedagogik omillarni aniqlash va ularni bartaraf etishning korreksion tarbiyaviy tadbirlarini amalga oshirishni taqozo etadi.
O‘smirlar suitsidal urinishlarining maxsus profilaktikasi quyidagilarni qamrab oladi:
- suitsidal muammolar to‘g‘risidagi mish-mishlarni tarqatib yuborish;
-o‘smirlar suitsidal faolligini keltirib chiqaruvchi ijtimoiy- psixologik vaziyatlarni tadqiq etish;
-suitsidal xavf darajasi yuqori bo‘lgan o‘smirlar bilan korreksion tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish,ular bilan doimiy muloqot o‘rnatish,muammolarni hamkorlikda muhokama qilish;
-suitsidal fikrlarni vujudga keltirish ehtimoli mavjud ommaviy axborot vositalari manbalarini tahrir qilish:
- milliy urf odatlar, an’analar, marosimlar qiziqarli, ko‘ngil ochar dasturlarning suitsidal xulq-atvorli o‘smirlar bilan o‘tkaziladigan psixoprofilaktik tadbirlar rejalariga kiritilishi, ularning atrofidagi insonlar bilan ijtimoiy aloqalar o‘rnatishlari, suitsidal faollikka olib kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy dezadaptatsiya holatlarini bartaraf etish imkonini beradi
O‘smirlar bilan olib boriladigan psixoprofilaktik ishlar umumiy yo‘nalishining asosiy mazmunini jamoada suitsidogen sharoitining saqlanib qolishi, suitsidal xulq-atvorning shakllanishiga imkon tug‘diruvchi pedagogik -psixologik, ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarni zaiflashtirish va bartaraf etish tashkil qilishi lozim. O‘smir o‘z tengqurlari,jamoa hayoti va faoliyatida faol ishtirok etib,jamoa manfaatlarini ko‘zlab yashashga hamda o‘z xatti-harakatlarini ana shu jamoaga bo‘ysundirishga o‘rganadi
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, psixoprofilatik tadbirlarni amalga oshirish bir qator omillarga bog‘liq bo‘lib, aniq yechimi mavjud emas favqulodda murakkab vazifa-bu, o‘smirlarning suitsidal xavf darajasini aniqlashdir. Mutaxassislarning fikricha, suitsid xavfining individual-psixologik omillarini quyidagi xususiyatlar tashkil etadi:
- oilaviy tarbiya sharoitlari (ilk bolalikda otasining yo‘qligi, oilada matriarxal uslubdagi munosabatlar, ichkilikboz, ruhiy kasal a’zolari bor oilada tarbiyalanganlik,o‘smirga nisbatan xaddan ziyod cheklashlaryoki kuchli nazoratuning fikri bilan ota-onaning hisoblashmasligi, bolalikda boshidan kechirgan kuchli ruhiy zo‘riqish: kuchli qo‘rquv, ruhiy yoki jismoniy jarohatlar, o‘zgalar tomonidan inkor etilish, yaqinlari tomonidan o‘z joniga suiqasd qilish sodir etilgan oilada tarbiyalanganlik va sh.k.);
-o‘smirning ta’lim muassasi, oila tarbiyaviy ta’sirlariga befarq munosabatda bo‘lishi;
- takroriy suitsidal harakatlarni sodir etish;
- xulqiy og‘ishlar;
-ijtimoiy mavqening yo‘qotilishi, ijtimoiy muhitdan ajralib qolish;
- muqaddas sevgi munosabatlarining uzilishi;
-o‘smir qiziqishlari, ehtiyojlari inobatga olinmagan holda unga nisbatan o‘tkazilgan“bosim”(kiyinishda, do‘st tanlashda, maktabdan keyingi ta’lim muassasaini tanlashda) tayziq;
- jinoiy jazolanadigan harakatlarni sodir etish;
O‘smirlar suitsidal xulq-atvori profilaktikasining nihoyatda muhim, mas’uliyatli bosqichini suitsidentga yordam ko‘rsatish tashkil etadi. Psixologik amaliyotning ko‘rsatishicha, suitsidal fikrga ega bo‘lgan o‘smirga yordam ko‘rsatishning uch asosiy yo‘li mavjud:
- o‘smirning suitsidal xulq-atvorini o‘z vaqtida diagnostika qilish, va unga mutanosib psixologik korreksiyasini amalga oshirish;
- inqiroz (depressiya) holatidagi o‘smirni faol emotsional qo‘llab-quvvatlash;
- salbiy vaziyatlarni yengillashtirish, yumshatish maqsadida uning ijobiy yo‘nalishlarini rag‘batlantirish.
Korreksion tadbirlarni amalga oshirish jarayonidagi tarbiyaviy aralashuvning imkoniyati yoki zaruriy diagnostik vositalari mavjud bo‘lmagan holatlarda o‘smirni qiyin vaziyatlardan chiqib ketish yo‘llarini aniqlash va inqirozli holatni yengib o‘tishning markazida suitsident bilan individual profilaktik suhbat turadi. U o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bular quyidagilarda aks etadi:
- hech qachon o‘smirni suhbatga uchinchi shaxslar orqali taklif etish mumkin emas, taklif shaxsan bildirilishi lozim (yaxshisi u bilan tasodifiy ravishda uchrashgandek bo‘lib, u bilan uchrashuv uchun bahona yoki qandaydir oson iltimos yoki vazifa bilan murojaat qilish lozim).
- suhbat joyini tanlashda eng asosiysi – begonalarning bo‘lmasligiga e’tiborni qaratish (suhbat qancha vaqt davom etmasin, uni hech kim bo‘lmasligi lozim);
- iloji boricha suhbatni ishdan, o‘qishdan keyingi vaqtda rejalashtirish lozim;
- suhbat jarayonida hech qanday yozuvlarni olib bormaslik, soatga qaramaslik, qandaydir ishlarni «yo‘l-yo‘lakay» bajarmaslik maqsadga muvofiq bo‘lib, o‘zingizning butun ko‘rinishingiz bilan suitsidentga, Siz uchun hozir ushbu suhbatdan muhim hech narsa yo‘qligini namoyon etish lozim.
Keskin stress holatiga javob tarzida yuzaga keluvchi ijtimoiy-psixologik dezadaptatsiya holatida bo‘lgan ichki ishlar xodimlarga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan va xulq-atvorning o‘z-o‘zini halok qilish shakllarini, birinchi navbatda o‘z joniga qasd qilish harakatlarini oldini olishga mo‘ljallangan psixologik usul va metodlar to‘plamidan iborat bo‘lishi kerak. Uni aniqlashtirish kompleks tarzda tashkil qilinib, qisqa muddat mobaynida shaxs xususiyatlari, suitsid xavfi haqida keng ma’lumot olishning diagnostik metodikalari va psixologik korreksiyasini amalga oshirishning nisbatan samarali «nishon»larini belgilab olish imkoniyatini beradi.
Xulosa qilib aytganda, suitsidal xulq-atvor ehtimoli bo‘lgan shaxslar bilan ishlashda psixologik korreksiyani suitsidal xavf holati bilan ishlashning maqbul shakli sifatida qo‘llash zarur. Psixologik korreksiya strategiyasining turli shakllari tahlili suitsidal xulq-atvorning individual psixologik korreksiyasini qo‘llash lozimligini ko‘rsatadi. Ushbu bitiruv malakaviy ish doirasida suitsidal xulq-atvorli insonning shaxsiy, emotsional va motivatsion-ehtiyojli sohasining psixologik diagnostikasini amalga oshirishda zamonaviy psixologik metodlardan o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə