Bitiruv malakaviy ishi “ ” 2018yil


Suitsidal urinishlar diagnostikasining o‘ziga xos jihatlari



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə13/18
tarix23.03.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#102995
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
2.3. Suitsidal urinishlar diagnostikasining o‘ziga xos jihatlari
Insonlardagi depressiv holatlar va suitsidal xulq – atvor belgilarini bilish sutsidal xatti-harakatlarni oldini olish va aniq tashxis qo‘yib, psixologik yordam ko‘rsatish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu belgilar turli yosh davrlarida ham namoyon bo‘lishi mumkin.
O‘z joniga qasd qiluvchilar guruhiga quyidagilar kirishi mumkin.

  • shaxslararo munosabatlari buzilgan shaxs - “yolg‘izlar”;

  • deviant va delikvent ahloq bilan ajralib turuvchi, spirtli va narkotik moddalarni iste’mol qiluvchilar;

  • uzoq davom etayotgan depressiv holat;

  • O‘zini-o‘zi o‘ta yuqori darajada tanqid qiluvchilar;

  • kamsitilish yoki yaqin kishisini yo‘qotishdan, surunkali yoki oxiri o‘lim bilan tugovchi kasaliklaridan azoblanayotganlar;

  • frustratsiya, kassaliklardan yoki atrofdagilarni tashlab ketganligidan azoblanuvchilar;

  • ijtimoiy muvaffaqiyatsiz oilalar – ota – onalarning birini oiladan ketish yoki ajralishi;

  • suitsid sodir bo‘lgan oila farzandlari.

Suitsid asosidagi emotsional buzilish belgilari:

  1. Ishtaxaning yo‘qolishi yoki ochko‘zlik, oxirgi kunlardagi uyqusizlik yoki ko‘p uxlash.

  2. Somatik holatdan tez-tez arz qilish (qorin og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i, doimiy charchoq, ko‘p uxlash).

  3. O‘z tashqi ko‘rinishiga nisbatan odatiy bo‘lmagan befarqlik.

  4. Doimiy yolg‘izlik, kerak emaslik, aybdorlik va g‘am hissi.

  5. Avval rohat bag‘ishlagan ishdan va yaqinlaridan zerikish.

  6. Aloqalardan qochish, do‘stlar va oiladn yakkalanish.

  7. Diqqatning buzilishi, ish sifatining pasayishi.

  8. O‘lim xaqidagi fikrlarga berilish.

  9. Kelajak rejalarining yo‘qligi.

  10. Arzimagan narsalar uchun g‘azablanish.

Suitsidga tayyorgarlik belgilari:

  1. O‘z ishlarini tartibga keltirish, qimmatbaho buyumlarini tarqatish, yig‘ishtirish.

  2. Xayrlashuv. Odamlarga turli vaqtlarda ko‘rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirish shaklida bo‘lishi mumkin. Uzoqdagi kamdan-kam ko‘rishadigan qarindoshlari yoki tanishlarini yo‘qlash.

  3. Tashqi mamnunlik, quvvatining ko‘payishi. Agar o‘zini o‘ldirish xaqidagi qaror qabul qilingan, reja tuzilgan bo‘lsa, bu xaqidagi fikrlar uni qiynamay qo‘yadi, kuch-quvvat ko‘payadi. Tashqi xotirjamlik - o‘zini o‘ldirish fikridan qaytgandek ko‘rinadi. Kuch-quvvatning ko‘payishi chuqur depressiyadan xavfliroq bo‘lishi mumkin.

  4. Yozuvli ko‘rsatmalar (xatlarda, kundalikda).

  5. So‘zli ko‘rsatmalar yoki tahdidlar.

  6. Impulsiv ichki ishlar xodimlarida g‘azablanish.

  7. Uyqusizlik.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə