Bitiruv malakaviy ishi “ ” 2018yil


Muammoning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə2/18
tarix23.03.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#102995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘tgan asrning 70-yillarida bir guruh olimlar tomonidan butunittifoq ilmiy-uslubiy suitsidologik markaz tashkil etilib, shu tariqa suitsidal holatlar kelib chiqishining sabablarini o‘rganishga nisbatan jiddiy yondashuvlar davri boshlandi. Shu o‘rinda E.Dyurkgeym, Z.Freyd, A.Adler, K.Menninger, G.K.Yung, G.K.Yung, G.S. Salliven, K.Rodjers, E.Shneydman, N.Farberou va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari samarali natijalarni bergan.
Rus psixologiyasida suitsidal xulq-atvorga moyil ichki ishlar xodimlari psixologiyasini o‘rganish bo‘yicha bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan. Bu sohada A.YE.Shir, A.G.Ambrumova, A.V.Kovalev, A.YE.Lichko, L.Y.Jezlova, YE.M.Vrono), V.T.Kondrashchenko va boshqalar muvaffaqiyatli ilmiy izlanishlar olib borganlar. Ular o‘zlarining ilmiy tadqiqotlarida ichki ishlar xodimlari suitsidning kelib chiqish sabablari va motivlari hamda yosh va psixologik xususiyatlari, fiziologik va psixologik nosog‘lomlik xolatlarida suitsidal xulqning kelib chiqishi, shaxs xususiyatlarining suitsidga ta’siri va affektiv xolatlarda suitsidal urinishning sodir etilishi kabilarni yoritishga harakat qilganlar.
Suitsidal xulq-atvor muammosini o‘rganish, uning oldini olish borasida respublikamizda ham bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, M.Davletshin, A.Axunjanova, N.Sog‘inov, E.Usmonov va boshqalar o‘z ilmiy tadqiqotlarida mamlakatimizda suitsid muammosining umumiy tavsifi, o‘z joniga qasd qilish holatlarining ijtimoiy-psixologik omillari va ko‘rinishlarini o‘rgangan.
O‘tkazilgan tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘z joniga suiqasd qilish mexanizmlarining nazariy va amaliy jihatdan yetarlicha asoslanmaganligi, suitsidning psixologik, pedagogik profilaktikasi, diagnostikasi, korreksiyasi amaliyotda keng qo‘llanilmayotganligi va uning oldini olish to‘g‘risidagi axborotlarning yetishmasligi, suitsidal faollikni cheklash va oldini olish bo‘yicha tarbiyaviy chora-tadbirlar yetarli natijalar bermayotganligi mutaxassislar, olimlar tomonidan ta’kidlanmokda.
Shu bois, mazkur bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida ushbu muammoning motivatsiyasi, suitsidal urinishlarga sabab bo‘luvchi ijtimoiy-psixologik omillar, uning psixoprofilaktikasi, kishilar o‘rtasida uchraydigan o‘ziga xos suitsidal xulqni o‘z vaqtida aniqlash va psixokorreksiya qilishga oid ilmiy tadqiqotlarning kamligiga guvoh bo‘ldik. Bu holat bitiruv malakaviy ish mavzusini tanlashimizga imkon berdi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə