Bitiruv malakaviy ishi “ ” 2018yil


Bitiruv malakaviy ishining maqsadi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə3/18
tarix23.03.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#102995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Suitsidal holatlarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish va ularni oldini olishning ijtimoiy-psixologik omillarini tadqiq qilish.
Bitiruv malakaviy ishining obyekti: Suitsidal harakatlarni sodir etishga moyillgi bo‘lgan shaxslar tahlili
Bitiruv malakaviy ishining predmeti: suitsidal xulq-atvorni bartaraf etishning ijtimoiy-psixologik omillarini tadqiq etish va ilmiy- amaliy tavsiyalar berish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
1. Mavzuga oid adabiyotlarni to‘plash, tizimlashtirish va tahlil qilish.
2. Suitsidal xulq-atvorning ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlash.
3. Suitsidal xulq motivatsiyasi va harakatlarining o‘ziga xos xususiyatlari dinamikasini statistik taxlil qilish.
4. Suitsidal urinishlarning psixologik profilaktikasi va psixodiagnostikasi.
5. Suitsidal xulq-atvorning psixologik profilaktikasi va korreksiyasi yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining metodologik asoslari: psixik hodisalarni tadqiq etishga kompleks yondashish (B.G.Ananyev), determinizm tamoyili (S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontyev), tizimli yondashish (B.F.Lomov) hamda O‘zbekiston Respublikasining qarorlari.
Bitiruv malakaviy ishining metodlari: kuzatish, test, suhbat, anketa, faoliyat mahsullarini o‘rganish metodlari, shuningdek, “Depressiya darajasini aniqlash metodikasi” va “Shaxsning suitsidga moyiligini aniqlash” (Z.Korolyova) metodikasidan hamda matematik statistik metodlardan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi:
1. Shaxsning suitsidal xulq-atvorni o‘ziga xos muvaqqat xarakterga ega xulq "og‘ish"larining ta’siri mavjudligi ko‘rsatilganligi.
2. Suitsidal urinishlar sodir etgan suitsidentlarning o‘ziga xos shaxslilik, emotsional, ehtiyoj-motivatsion xususiyatlari aniqlanganligi va taqqoslanganligi.
3.Suitsidentlariga nisbatan psixokorreksion usullar majmui qo‘llanilganligi.
4. Suitsidal xulq-atvor diagnostika va psixoprofilaktikasi yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar yaratilganligi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə