Bitiruv malakaviy ishi “ ” 2018yil



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə9/18
tarix23.03.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#102995
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Birinchi usul - shaxsiy identifikatsiyani kuchaytirish. Bunda suitsidal xulq-atvorli kishining ijtimoiy-demografik ma’lumotlarini aniqlash, uning yoshi, kasbi, oilaviy mavqei haqidagi ma’lumotlarni og‘zaki bayon etishi muhimdir. Bu ayniqsa, vaziyatli reaksiyalar paytida ifodalanadigan shaxs identifikatsiyasidagi buzilishlarni yengib o‘tishga yordam beradi.
Ikkinchi usul - vaziyatni tizimlashtirish (strukturalashtirish). Inqirozli vaziyat yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan hodisalar ketma-ketligini aniqlash muhim.
Uchinchi usul - vaziyatning favquloddaligini yengib o‘tish. Ko‘pgina hollarda noqulay vaziyat suitsident tomonidan uning shaxsiy kamchiliklari va hato harakatlari oqibatida faqatgina unda sodir bo‘lgan oxirgi, eng keskin holat sifatida tasavvur qilinadi. Ammo muhim vazifa bunday vaziyatlar kuplab odamlarning hayotida ham uchrab turishini ehtiyotkorlik va xushmuomalalik bilan uqtirib o‘tishdan iboratdir.
To‘rtinchi usul - kontekstga kirishish. Yuzaga kelgan qandaydir noqulay sharoit suitsident tomonidan kutilmagan, yengib bo‘lmaydigan, chorasiz vaziyat sifatida idrok etiladi. Ammo uning tuzilmasi va dinamikasini ochib berish orqali biz suitsidentning bu vaziyat uzoq vaqt davomida shakllanganligi, hayot yo‘lidagi allaqachon o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ma’lum bir hodisalar bilan aloqadorligi, bundan kelib chiqib, u o‘zgartirilishi mumkinligini anglashiga yordam ko‘rsatamiz.
Beshinchi usul - keskinlikni bartaraf etish. Ko‘pincha mavjud vaziyat suitsident xulq-atvorli kishi uchun zudlik bilan hal etilishi lozimdek bo‘lib ko‘rinadi. Bu o‘rinda unda yaxshilab o‘ylab ko‘rish va qaror qabul qilish uchun vaqt borligini uqtirish kerak bo‘ladi. Suhbat jarayonida ko‘pincha shu narsa ayon bo‘ladiki, ichki ishlar xodim bilan shunga o‘xshash keskin vaziyat bundan oldin ham sodir bo‘lgan, ammo u bu holatni yengib o‘tish imkonini topishga erishgan. Suitsidal xulq-atvorli kishi nima uchun endilikda ushbu imkoniyatlarni qo‘llay olmayotganligi sabablarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mazkur vaziyat bilan aloqador bo‘lmagan yaqin odamlari haqida to‘la-to‘kis ma’lumotni to‘plash ham muhimdir. Chunki ko‘pincha aynan ushbu referent guruh shaxslari-qarindoshlar, do‘stlar, hamkasblar suitsident holatdagi kishiga ushbu inqiroz holatini yengib o‘tishda yordam berishi mumkin bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash manbai hisoblanishadi.
Psixologning suitsidal xulq-atvorli shaxslar bilan ishlash tartibi uzoq vaqt davomida quyidagicha olib borilgan:
Birinchi suhbat negizida psixolog psixiatr bilan hamkorlikda yoki alohida holda psixodiagnostik tadbirlar hajmini aniqlaydi: bular shaxsni tadqiq etish yoki patopsixologik metodikalar bo‘lishi mumkin. Birinchi yoki ikkinchi uchrashuvdan so‘ng birinchi bosqichda psxodiagnostik xulosa asosida shifokor psixolog bilan birgaliqda psxokorreksiya tadbirlarini o‘tkazishning maqsadga muvofiqligini hal etiladi. Agar korreksiya tavsiya etilsa, psixolog va psixiatr birgalikda uning maqsadi, o‘tkazilish vaqti, va metodlarini, shuningdek, uchrashuvlar sonini aniqlashtirishadi.
Ikkinchi bosqichda psixologning 3-5 hafta davomida haftasiga o‘rtacha uchrashuvdan iborat bevosita faoliyatini olib borayotgan paytda “umumiydan aniqlikka (konkretlikka), aniqlikdan umumiylikka” iborasi bilan ifodalanishi mumkin bo‘lgan faoliyatning umumiy rejasini yaratish o‘rinlidir. Ikkinchi bosqich shartli ravishda uch bosqichdan iborat bo‘ladi: a) imkoniyatlarni topish bosqichi; b) umumiy tonusni ko‘tarish; v) ichki ishlar xodimning atrofidagi olamni adekvat baholash qobiliyatini va malakali yordamga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash.
Umuman, ikkinchi bosqich suitsidentning atrofidagi aniq muammo va vazifalarni yechishga o‘tishiga kuch va istakni beradi, aniq vaziyatli holatlarda o‘z qamrovi, ahamiyatli maqsadlarga erishishga ishontiradi. Suitsidal xulq-atvorli shaxs tomonidan o‘z hayotiy qadriyatlarni qayta ko‘rib chiqish imkonini beradi. Uchinchi, yakuniy bosqichda esa ma’lum bir diagnostik testlarni qayta o‘tkazish va natijalarni psixolog tomonidan ijobiy izohlanishini nazarda tutadi.
Xorijiy psixolog va suitsidologlarning diagnostik-korreksiya ishiga doir tajribasidan foydalangan holda suitsidallikning darajasini aniqlash, o‘z joniga qasd qilish xavfini o‘rganishda ichki ishlar xodim bilan o‘zaro kelishuv tashkil etadigan keng qamrovli klinik intervyu ichki ishlar xodim suitsidal xulq-atvori psixologik diagnostikasi jarayoniga tizimli yondashuv imkonini beradi. Klinik va psixologik ma’lumotlar asosida psixologik korreksiya, profilaktika kursini belgilash mumkin bo‘lib, uning tezkor vazifasini suitsidentning psixologik xususiyatlari hamda suitsidning tipiga muvofiq holda zamonaviy metodlar yordamida aniqlash tashkil etadi.
O‘smirlik davriga xos suitsidal xulqning psixologik diagnostikasi va korreksiyasi kompleksli hamda differensial xarakterga ega bo‘lib, buning uchun bir qator vazifalarning hal qilinishi talab qilinadi: a) affektiv taranglikni bartaraf etish va suitsidal xavf darajasini kamaytirish; b) inqirozli vaziyatlarni hal etish; v) postsuitsidal holatlarni korreksiyalash; d) shaxsning ijtimoiy-psixologik moslashuvchanligi darajasini yuksaltirish.
Yuqoridagilarni tahlil qilgan holda suitsidal xulq-atvorning o‘ziga xolisligini inobatga olib, amaliy psixologning suitsidal ichki ishlar xodimlar bilan olib borishining quyidagi umumiy tuzilmasini qayd etib o‘tish lozim:
- энг аввало, алоқа ўрнатилганидан сўнг суицидал хулқ-атворли шахсда “антисуицидал тўсиқ”ни яратиш ва уни сақлаб туриш;
- suitsidal xulq-atvorli shaxsning suitsidal istak yoki harakatlarga olib kelgan ijtimoiy-psixologik ustanovkalarini tadqiq etishga bo‘lgan motivatsiyani shakllantirish;
- namoyishkorona-shantajli suitsidal harakatlar holatlarida o‘lim oqibati xavfi va o‘lim faktining o‘zi haqida tasavvur uyg‘otish;
- suitsidal xulq-atvorli shaxsning shaxslararo nizoli vaziyatlarda uning ishtirokchilari psixologning aloqa o‘rnatishi, nizoning mohiyati va sabablarini aniqlashi, ularda nisbatan hamdardlik hamda tushunish tuyg‘usini shakllantirishi zarurdir.
Psixokorreksiya qo‘llanilish maqsadlariga mos ravishda tanlanadi. Inqirozli holatlar bilan ishlash jarayonida psixologik korreksiya insonning ma’lum bir psixik funksiyalarini, uning individual-psixologik xususiyatlarining maqbul darajadan "og‘ish"ini tuzatish, optimallashtirish va me’yorga keltirish hisoblanadi.
Psixokorreksiya strategiyasining besh ko‘rinishi ajratiladi: 1) alohida psixik funksiya va psixikaning tarkibiy qismlarini psixologik korreksiyalash; 2) psixologik korreksiya ta’sirining "jozibali" strategiyasi; 3) oila yoki individuallikka yo‘naltirilgan psixologik korreksiya; 4) individual yoki guruhiy mashg‘ulotlar shaklidagi psixologik korreksiya; 5) asab-psixik kasalliklarni kompleks davolashda klinik psixoterapiya komponenti yoki ijtimoiy moslashuvi, xulq-atvorida "og‘ish"lar namoyon bo‘lgan shaxsga psixologik ta’sir ko‘rsatishning asosiy va yetakchi metodi psixologik korreksiya.
Bizni oxirgi strategiya ko‘proq qiziqtirib, u maxsus ishlab chiqiladigan dasturlar jarayonida samarali natijalarga erishish imkonini beradi, yangi ijtimoiy muloqot ko‘nikmalarni yaratishni nazarda tutadi. Optimal ko‘nikmalarni yaratish treninglar jarayonida yuz berib, ular orasidagi nisbatan mashhurlarini autotrening, logoterapiya, raqs terapiyasi, ekzistensial terapiya, NLP, psixodrama, artterapiya, tranzakt tahlil va boshqalar tashkil etadi. Bunda individual psixologik korreksiyaning ustunligi shundaki, u konfedensiallikni ta’minlab, o‘z natijasiga ko‘ra guruhiy korreksiyaga ko‘ra sermahsuldir. Shuningdek, suitsidal urinish sodir etilgan dastlabki vaqtlarda individual korreksiya kursini o‘tkazilishi zaruriy chora tadbirlardan haisoblanadi.
Suitsidal xulq-atvorli kishining quyidagi holatlari individual psixologik korreksiyaning qo‘llanilishi uchun ko‘rsatma bo‘ldi; a) kuchli xavotirlanish; b) paysalga solishlik yoki giper qo‘zgaluvchanlik; v)emotsional o‘zgaruvchanlik; g)xulq-ivordagi og‘ishlar; d) asoslanmagan qo‘rquv; ye) o‘zini yetarlicha tushunib yetmaslik; yo) hayot maqsadi va mazmunini yo‘qotish.
Metodning asosida ekzistensial-gumanistik yo‘nalish yotib, unda erkin iroda, o‘z ichki dunyosini shakllantirishga ongli mas’uliyat, o‘z hayot yo‘lini tanlash yotadi. Bunday yondashuvda korreksiyaning maqsadini inson ongiga u o‘z xayotiga baxsh etmoqchi bo‘lgan mazmunni yetkazish tashkil etadi.
Ushbu holatlarni qo‘llanilishining asosini suitsidal xulq-atvorli kishining yashashdan maqsad mazmunini topishga, shaxsiy erkinlikni, mas’uliyatni anglashiga, to‘laqonli muloqot jarayonida shaxs sifatida o‘z salohiyati va imkoniyatlarini ochishiga yordam berishdan iboratdir. Ayni vaqtda Suitsidal xulq-atvorli kishining shaxsini, taqdirini shak-shubhasiz muhim, mavjudligining o‘ziga xos qadriyat hisoblanuvchi hayotiy olamini so‘zsiz tan olish muhim vazifa hisoblanadi. Yakuniy maqsadni esa kognitiv sohani trasformatsiyalash va ichki ishlar xodimning zaruriy ehtiyojlarini qondirishiga, ijtimoiy-psixologik moslashuv sharoitida yuzaga keluvchi nizolarni muvaffaqiyatli hal qilishga imkon beruvchi motivlar, ehtiyojlar, qiziqishlar va istaklar kabi shaxsiy xususiyatlarni shakllantirish tashkil etali.
Suitsid xavfi ehtimoli bo‘lgan suitsidal xulq-atvorli kishilarga nisbatan psixologik korreksiyani amalga oshirishda individual, oilaviy, guruhiy shakllar qo‘llaniladi. Suitsidal xulq-atvorli kishining o‘rab turgan ijtimoiy-psixologik muhit xususiyatlarini inobatga olib, suitsident xulq-atvorli kishilar bilan ishlashda psixologik korreksiyaning turli yo‘nalishlari va maktablari metodlarini yanada keng tadbiq etish masalasini qo‘yadi. Suitsidal harakatlarni oldini olish va bartaraf etishda psixologik nazariya hamda amaliyotda bir qator korreksion yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, suitsial faollikni cheklash, shaxs ijtimoiy-psixologik moslashuvchanligini tiklash va yuzaga kelgan inqirozli vaziyatdan chiqib ketish uchun shaxs ichki imkoniyatlarini faollashtirishning turli usul va yo‘nalishlarini asoslashga harakat qilinadi.
Ushbu yo‘nalishlardan biri hisoblangan psixodinamik yo‘nalish namoyondalarining ta’kidlashicha, o‘z joniga qasd qilish muammosini hal etilishida, shaxs xususiyatlari va shaxs-jamiyat munosabatlari korreksiyasi asosiy o‘rin tutadi
Klassik psixoanaliz yo‘nalishi negizida shakllangan, psixoanalitik korreksiya asosida insondagi xulq og‘ishlari sababi, shaxs tomonidan o‘zidagi hissiyotlar,ehtiyojlar va kechinmalarni noto‘g‘ri idrok etishi yotadi. Ushbu talqindan kelib chiqqan holda, psixologik korreksiyaning asosiy maqsadi, cebwblfk xulq-atvorli kishilarga o‘zidagi real voqelikka moslasha olmaslik sabablarini to‘g‘ri tushunish, ijtimoiy moslashuv jarayoniga ko‘maklashish talab etiladi. Psixoanalitik korreksiya ikki asosiy yo‘nalishda olib boriladi:
1. Suitsidal xulq-atvorli kishilar bilan anglangan va anglanmagan (motivlar, himoya mexanizmalari) moslashish mexanizmlari shuningdek, real voqelikni to‘g‘ri qabul qilish
2. Suitsidal xulq-atvorli kishilar bilan real xulq ko‘rinishlarini shakllantiruvchi uning “Ego”sini kuchaytirish ishlarini olib borish - "konfrontatsiya " suitsidal xulq-atvorli kishilarga u qo‘rqayotgan, qochayotgan narsani ko‘rsatish; aniqlashtirish - detallarni aniq ahamiyatli qismlarni ajratib ko‘rsatish; interpretatsiya - anglanmagan qism va voqelikni anglash; ishlab chiqish - insaytdan keyingi jarayon va muolajalar majmuasidan iboratdir.
Psixoanalitik yo‘nalish namoyondalaridan biri bo‘lgan A.Adler antalitik psixokorreksiyasining asosiy maqsadini quyidagicha belgilaydi: a) noto‘kislik hissining psixokorreksiyalash; b) ijtimoiy qiziqishlarni shakllantirish; v) yangi hayot tarziga o‘tish va kelajakka ishonch motivlarini shakllantirish.
Psixoanalitik korreksiya jarayonida suitsidal xulq-atvorli kishilarga mashg‘ulotlarga nisbatan ijobiy ustanovkalarni shakllantirish, shaxsning ichki pozitsiyasini tahlil qilish, taskin berish, rag‘batlantirish kabi psixotexnik usullarni qo‘llash orqali ularda o‘zaro ishonch va umumiy maqsadlarning mavjudligini shaklantirish psixokorreksiyaning birlamchi maqsadiga kiradi. Psixologik amaliyotda psixoanalitik korreksiyaning imkoniyatlari ta’kidlangan, biroq ijtimoiy ta’sir omillariga yetarlicha e’tibor qaratilmagan.
Amaliy psixologiyada keng qo‘llanilib kelinayotgan psixokorreksiya yo‘nalishlaridan biri, V.Franki tomonidan ishlab chiqilgan logoterapiya bo‘lib, ekzistensial psixoterapiya usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu yo‘nalish insonning borlikda mavjudligini tahlil qilishga asoslangan holda, inson xulqini harakatga keltiruvchi kuch-tashqi borliqda mavjudligining maqsadini topishga intilish, bu maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirishdan iborat bo‘lib, uning asosini inson irodasi egallaydi. Psixokorreksiya jarayonida ma’noni anglashga intilish -insonga xos fundamental motivatsiyani tashkil etadi. YA’ni insonlar holatlarini osoyishtaligiga emas, balki hayotiy ma’noni anglashga muhtojdirlar. Ma’noga intilish ehtiyoji frustratsiyalashganda ekzistensial (vakuum) bo‘shliq holati yuzaga keladi, natijada insonda apatiya, zerikish holatlari paydo bo‘ladi. Ekzistensial (vakuum) bo‘shliq holati turli suitsidal harakatlarga olib kelish ehtimoli bo‘lgan, turli nevrozlarning klinik simptomatikasini shakllanishiga olib kelishi mumkin.
Ekzistensial psixoterapiya (ingl. existential therapy) ekzistensial falsafiy va psixologik fikrlar asosida kelib chiqqan. Ushbu yo‘nalish asosida, shaxs xulq -atvorini, inson psixikasidagi o‘zgarishlar emas, balki uning hayotiy faoliyati, tashqi dunyo, boshqa insonlar bilan aloqasi, egallaydi, degan fikrni olg‘a surishgan. Ekzistensializm (inson hayotini noyob va qaytarilmas ekanligi) tushunchasini Seren Kyerkegor (1813-1855) kiritgan. Aynan u inson hayotidagi tub o‘zgarishlar, unga shu vaqtgacha bo‘lgan hayotini o‘zgartirish imkoniyatlariga e’tiborni qaratgan bo‘lib, insonning o‘z diqqat-e’tiborini hayotiy borliqda mavjudligining asosini tashkil etuvchi sevgi, o‘lim, begonalashuv, ozodlik, mas’uliyat, e’tiqod, ishonch va boshqa tushunchalarga qaratgan. Ekzistensialistlar uchun tipologik, universal vaziyatlar mavjud emas. Har bir konkret inson munosabatlari faqatgina unga xos bo‘lgan, hayot tarzini o‘rganish orqaligina amalga oshirishi mumkin.
Ekzistensial psixoterapiya insonni chiqib ketishi mumkin emas bo‘lib tuyulgan ko‘pgina hayotiy vaziyatlarni, depressiya, qo‘rquv,yolg‘izlik, suitsidal fikr va suitsidal xulq ko‘rinishlarini, yo‘qotish va inqiroz vaziyatlarni hal etishga yordam berishga qaratilgan. Ekzistensial terapiya jarayonida insonni faqat ungagina xos bo‘lgan xususiyatlarni shakllangan hayotiy vaziyatlarni o‘rganish, ma’lum xarakatlar strategiyasini qo‘llash, o‘z o‘tmishi, buguni, kelajagi xususida o‘z harakatlari uchun ma’suliyat va oqibatni his etish qobiliyatini rivojlantirish maqsadlari amalga oshirishga yordam beradi. Shaxs inqirozli vaziyatlarini psixologik korreksiyasi yo‘nalishlaridan yana biri xulqiy yo‘nalish bo‘lib, asosiy maqsadi: Ichki ishlar xodim tomonidan adaptiv ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan yangi xulqiy ustanovkalarni shakllantirish yoki xulqning dezadaptiv ko‘rinishlarini so‘ndirish, tormozlash tashkil qiladi. Bunga suitsident bilan o‘zaro yaqin, emotsional yaqinlikka asoslangan suhbatlar, turli ijtimoiy psixologik treninglar, psixologik qayta tiklovchi mashqlar yordamida erishiladi.
Psixologik korreksiyaning kognitiv yo‘nalishi suitsidal xulq-atvorli kishilarga suitsidal xulq muammolarini korreksiyasi sifatida alohida axamiyatga ega bo‘lib, asosiy maqsadi - suitsidal xulq-atvorli kishilar tomonidan o‘zini va atrof voqelikni idrok etishni, xulkdagi salbiy xulq o‘zgarishlarini bartaraf etish, psixik muammolarni hal etish imkonini beruvchi suitsidal xulq-atvorli kishilar uchun maksimal darajada maqbul bo‘lgan yangi xulq ko‘rinishlari modelini yaratish tashkil etadi. Transakt tahlil (lot. Tgansactio-kelishuv yunon.. analysis - tahlil, qismlarga bo‘lish) E.Bern tomonidan asos solingan bo‘lib, guruhiy va shaxsiy yuksalish imkonini beruvchi psixoterapevtik metod sifatida shaxs strukturasi tahliliga asoslanadi. Shaxs strukturasida ijtimoiy tajribaning interiorizatsiyasi sifatida shaxs o‘zaro munosabatlarning 3 holat ko‘riladi MEN (“ota-ona", “bola-kattalar”). “Ota-ona individning avtoritar munosabatlar timsolida, “bola”-bo‘ysunish holati, “kattalar”-o‘z fikri va mulohazalarini himoya qilish imkoniga ega bo‘lgan hamda o‘zaro hamkorlik ko‘rinishida boshqalar bilan munosabatlarga kirishish.
“Art-terapiya” (art therapy) ilk marotaba 1940 yillarda M.Naumburg va A.Xillar tomonidan psixik, emotsional, jismoniy buzilishlar ko‘zatilgan suitsidal xulq-atvorli kishilar bilan davolash va reabilitatsiya maqsadida tasviriy san’at mashg‘ulotlarini qo‘llash orqali kiritilgan. Art-terapiyaning asosini suitsidal xulq-atvorli kishilar ijodiy qobiliyatlarining mahsuli, orqali anglanmagan shaxs xususiyalarini aniqlash imkonini beruvchi, o‘z –o‘zini namoyon qilishi, o‘z-o‘zini anglashi ijtimoiy adaptatsiyaga qobiliyatini shakllanishiga yordam berish tashkil qiladi.
Simvoldrama metodi taniqli nemis psixoterapevti professor, Xanskarl Lyoyner (1919-1996) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, metodning asosini, berilgan ma’lum bir mavzu asosida erkin hayoliy obrazlar yaratish tashkil etadi. Ushbu metod qo‘llanilishidan asosiy maqsad: shaxsning chuqur ong ostiga yashiringan nizolarni, affektiv impulsiv kechinmalarni hamda psixologik himoya mexanizmlarini psixologik taxlilini o‘tkazish orqali shaxsning salbiy kechinmalarini bartaraf etish, ijtimoiy moslashuvchanligini tiklash va shaxs ichki mexanizmlari imkoniyatlarini faollashtirish tashkil qiladi.
Ideoanaliz metodi amaliy psixologiyada qo‘llanilayotgan yangi korreksion metodlar sarasiga kiradi. 1999 yil. "Mail"-psixoterapiya loyixasi asosida shakllangan bo‘lib, keng ma’noda, metod bir tomondan inson hayotini vayron qiluvchi, og‘ir hissiy kechinmalarni bartaraf etish, ikkinchi tomondan inson ruhiyatini taraqqiy ettiruvchi omillar, san’at, din yordamida insondagi sevgi, baxt, ijodiyotni hayotiy qadriyatlarga aylanishini ta’minlash maqsadiga qaratilgan. Zamonaviy suitsidal xulq-atvorli kishilar hayotiga axborot texnologiyalarining keng kirib kelishini e’tiborga olinsa ushbu yangi korreksion texnologiyalar suitsidal harakatlarni oldini olish va bartaraf etishda katta imkoniyatlarga ega ekanligi ta’kidlanmokda.
Psixologik metodlar ta’sirining ahamiyatli vaznga egaligi nafaqat suitsidal xavf holatlarini to‘sib qo‘yish bilan balki individual profilaktikaning teranligi bilan bog‘liqdir. Uning mohiyati shaxs qadriyatlar tuzilmasini qayta qurish yoki antisuitsidal moslashuv imkoniyatlarini safarbar qilish hisobidan shaxsning ekstremal zo‘riqishlarga nisbatan bardoshliligini shakllantirishdan iboratdir. Ayni bir vaqtda psixolog, suitsidal xulq-atvorli kishilarning tashqi dunyosi bilan ham o‘zaro munosabatga kirishadi. Bu o‘rinda ham bir tomondan salbiy, jarohatlovchi suitsidogen holatlarni bartaraf etish, ikkinchi tomondan esa suitsidentga tashqaridan, rasmiy manbalar va muloqotning norasmiy sohasidan ko‘makni safarbar etish ko‘p jihatdan muhimdir.
Xulosa qilib aytganda, keskin stress holatiga javob tarzida yuzaga keluvchi, ijtimoiy-psixologik dezadaptatsiya holatida bo‘lgan shaxslarga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan va xulq-atvorning o‘z-o‘zini halok qilish shakllarini, birinchi navbatda o‘z joniga suiqasd qilish harakatlarining oldini olishga mo‘ljallangan psixologik metodlar to‘plami sifatida ishlab chiqilgan psixologik korreksion tadbirlarda zamonaviy yondashuv va metodlarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. To‘plangan klinik va psixologik ma’lumotlar asosida psixologik korreksiya va profilaktika kursini ishlab chiqish, uning eng yaqin vazifasi sifatida inson suitsidal xulq-atvorini qo‘zgatuvchi shaxslararo nizolarni zamonaviy metodlar yordamida aniqlash va keyin ularni hal qilishni belgilash suitsidal xavf ehtimoli bo‘lgan inson shaxsi bilan ishlashning asosiy vazifasini tashkil etadi. Suitsidal xavf holatlarining psixologik diagnostikasi va korreksiyasini amalga oshirishning metodlari va texnikasiga doir yondashuvlarni bilish ushbu holatdagi ichki ishlar xodim shaxsiga malakali yordam ko‘rsatishning zaruriy sharti hisoblanadi.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə