Bitiruv malakaviy ishi “ ” 2018yil


Rus psixologiyasida suitsidal xulq-atvor psixologiyasining o‘rganilishi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə5/18
tarix23.03.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#102995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1.2. Rus psixologiyasida suitsidal xulq-atvor psixologiyasining o‘rganilishi
Rus psixologiyasida suitsidal xulq-atvorga moyil ichki ishlar xodimlari psixologiyasini o‘rganish bo‘yicha bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan. Bu sohada A.YE.Shir (1983), A.G.Ambrumova (1973, 1978, 1989), A.V.Kovalev (1968, 1972), A.YE.Lichko (1977), L.Y.Jezlova (1983), YE.M.Vrono (1988), V.T.Kondrashchenko (1988) va boshqalar muvaffaqiyatli ilmiy izlanishlar olib borganlar. Ular o‘zlarining ilmiy tadqiqotlarida ichki ishlar xodimlari suitsidning kelib chiqish sabablari va motivlari hamda yosh va psixologik xususiyatlari, fiziologik va psixologik nosog‘lomlik xolatlarida suitsidal xulqning kelib chiqishi, shaxs xususiyatlarining suitsidga ta’siri va affektiv xolatlarda suitsidal urinishning sodir etilishi kabilarni yoritishga harakat qilganlar.
Rossiyada suitsidal xulq – atvorga moyil ichki ishlar xodimlarini tadqiq qilishning sotsiologik yo‘nalashi bo‘yicha qator ilmiy izlanishlar olib borildi. Jumladan, M.I.Fenomenov o‘z tadqiqotlarida suitsidal urinish sabalarini E.Dyurkgeym ta’kidlaganidek, jamiyatdagi ijtimoiy institutlardan emas balki, mamlakatda xukm surayotgan ichki nosog‘lom muhit va insoniy munosabatlar nosog‘lomligidan izlash o‘rinlidir, deb ko‘rsatadi. Ijtimoiy inqiroz deydi u, “eski hayot tarzining buzilishidan dalolat berib, yangi hayot tarzining yaratilganligiga imkoniyat tug‘diradi”. Bu o‘rin almashish insonlar jamoasiga tegishli bo‘lib, keksalar o‘rniga yangi avlodning kelishini ta’minlaydi. Bu davr orlig‘ida deydi Fenomenov – “suitsid ba’zan ko‘payishi, ba’zan esa kamayishi mumkin”.
M.I.Fenomenov fikrlarini taxlil qilib ko‘radigan bo‘lsak muallif, suitsid bir tomondan tabiiy xodisa bo‘lsa, ikkinchi tomondan shaxsning individual – psixologik xususiyatlari, ruxiy kechinmalari va ijtimoiy muxit o‘zgarishlarini insonlar tomonidan ruxiy qabul qilinishiga, ya’ni ijtimoiy muxit voqea xodisalariga bog‘liqdir degan fikrni ilgari surganligining guvoxi bo‘lamiz.
Suitsidal xulq-atvorga moyil ichki ishlar xodimlarini huquqiy jixatdan tadqiq qilish borasida A.F.Kon tadqiqotlari alohida ahamiyatga ega. U o‘z davrida suitsidal urinishni nisbatan to‘g‘ri yoritib berishga harakat qilgan tadqiqotchilardan xisoblanadi. A.F.Kon suitsidal xulqning yuzaga kelishidagi bosh sabablaridan biri rus jamiyatidagi ijtimoiy idealarning yo‘qligidir deb hisoblardi. U suitsidal xulqni keltirib chiqaruvchi ijtimoiy iqtisodiy va ijtimoiy siyosiy muxitning yetakchiligi xaqida to‘xtalib, suitsidning amalga oshirilishida ijtimoiy muxitdagi munosabatlarning izdan chiqishi, suitsident shaxsi psixologiyasi va individual psixologik xususiyatlarining xam ta’siri katta deb ko‘rsatadi.
Suitsidni tadqiq qilishning psixiatrik yo‘nalishi bo‘yicha xam qator tadqiqot ishlari olib borilgan bo‘lib, ularda suitsidni ruxiy sog‘lomlik va nosog‘lomlik xolatlariga bog‘liqligi o‘rganiladi. Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni tahlil qilib ko‘radigan bo‘lsak, suitsidni psixiatrik jixatdan tadqiq qilish ishlari ikki oqimga bo‘linganligining guvoxi bo‘lamiz. R.Gyubrer, F.V.Ribakov kabilar suitsid shaxsning ruxiy nosog‘lomlik xolatiga bog‘liq bo‘lgan hodisa bo‘lib, u shaxsning potologik strukturasiga bog‘liqdir, deb ko‘rsatishsa, I.P.Lebedov, S.S.Korsakov, I.A.Sikorskiy, M.Y.Fenomenov, T.I.Gordon kabi tadqiqotchilar esa suitsidal xulq nafaqat ruxiy nosog‘lomlik maxsuli, balki ruxiy sog‘lom kishilarga xam taaluqli bo‘lgan hodisadir deb ta’kidlashadi.
Ichki ishlar xodimlari suitsidini psixologik jixatdan o‘rganishga bag‘ishlangan yirik asarlardan biri 1893 yilda A.I.Astrogorskiy tomonidan chop ettirilgan “O‘z joniga qasd qilish psixologik muammo sifatida” nomli monografiya bo‘lib, muallif bu asarda suitsidal xulq – atvorga moyilligi bor ichki ishlar xodimlarining psixologik xususiyatlari xaqida fikr yuritadi. A.I.Astrogorskiy o‘z tadqiqotlarida suitsidal xulq – atvorga moyil ichki ishlar xodimlari suitsidining kelib chiqishi ko‘p jixatdan shaxsning psixologik xususiyatlariga, kayfiyatiga va ruxiy jaroxatli vaziyatlarga bog‘liqdir degan xulosaga keladi.
A.G.Ambrumova boshchiligidagi sobiq ittifoq suitsidologiya markazi xodimlari kattalar suitsidini o‘rganish bilan bir qatorda suitsidal xulq-atvorga moyil ichki ishlar xodimlarining suitsidini tadqiq qilish borasida xam qator muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdilar. Ular suitsidal xulq-atvorga moyil ichki ishlar xodimlari suitsidini ijtimoiy- psixologik va psixiatrik omillarini tadqiq qilish va uning oldini olishning nazariy, amaliy va tashkilotchilik xarakteriga ega bo‘lgan ilmiy-amliy tavsiyalarni ishlab chiqdilar. Jumladan, suitsidal xulqning o‘smir shaxsi xususiyatlariga aloqadorligi xusuiyatlari va suitsidal xulqning kelib chiqishiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy - iqtisodiy, tarixiy- etnik va madaniy omillar o‘rganildi va taxlil qilindi. Shuningdek, suitsidal xulq-atvorga moyil ichki ishlar xodimlari suitsidini yakka xodisa sifatida o‘rganish natijasida suitsidal xulq-atvorga moyil ichki ishlar xodimlari suitsidining psixologik, patologik, biologik va ijtimoiy mexanizmlari hamda suitsident ichki ishlar xodimlarining individual-psixologik xususiyatlari, ijtimoiy muxitda tutgan o‘rni, mavqei kabilar har tomonlama tahlil qilinadi.
Xulosa qilib aytganda, rus psixologiyasida ham o‘z joniga qasd qilish muammolari chuqur o‘rganilgan hamda suitsidal xulq-atvorga moyil ichki ishlar xodimlari suitsidini psixiatrik, psixologik va ijtimoiy jixatdan tahlili amalga oshirilgan.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə