Bitiruv malakaviy ishi “ ” 2018yil


Antik davr faylasuflari ijodida suitsidal holatlar



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə7/18
tarix23.03.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#102995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
1.4. Antik davr faylasuflari ijodida suitsidal holatlar
muammosi tahlili
O‘z joniga qasd qilish insoniyat jamiyatining ilk davridan to hozirgacha davom etib kelayotgan voqeliqdir. Bunda faqat shaxsning hayotdan ko‘ngilli ravishda ketish holatiga nisbatan munosabatlarining o‘zgarishini ko‘zatish mumkin. O‘z joniga qasd qilish holatlariga nisbatan jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida va turli madaniyatlarda munosabat o‘zgacha bo‘lganligi ko‘zatiladi.
Qadimda deyarli barcha xalqlarda urf-odat tusiga kirgan o‘z joniga qasd qilish marosimi (rituali) mavjud bo‘lgan. Qadimgi odat va rusumlar orasida o‘z joniga ixtiyoriy qasd qilish qariyalar va qabilaning harbiy yurishlari hamda ovlarda foydasi tegmagan a’zolari tomonidan sodir etilishi o‘ziga xos qonun tariqasiga kirgan bo‘lsa, yosh erkak va ayol jinsiga mansub qabila a’zolari tomonidan o‘z joniga qasd qilinishiga "tabu" (ta’qiq) qo‘yilgan edi.
Qadimgi Xitoyda o‘zini ko‘ngilli ravishda xudolar uchun qurbonlikka bag‘ishlash, uy yoki ibodatxona qurilishi paytida o‘z joniga qasd qilish sodir etilgan, bunda marhumning ruhi imoratni yovuz kuchlardan qo‘riqlashiga ishonishgan. Qadimgi Hindistonda esa diniy o‘z joniga qasd qilish holatlari cho‘ktirish yoki o‘zini yoqish shuningdek, ommaviy ravishda yirik g‘ildiraklar ostiga tashlab o‘zini qurbon qilish ko‘rinishida keng tarqalgan edi. Buddizm tarafdorlari alohida hollarda monaxlarning marosimlarda o‘z joniga qasd qilishlariga ham yo‘l qo‘yib berishgan.
Shu o‘rinda beva ayollarning o‘z joniga qasd qilishlari haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozimdir. Jumladan, Rim va Slavyan madaniyatlarida bevalar tomonidan sodir etiluvchi suitsid ularning o‘z turmush o‘rtoqlariga sodiqligining isboti hisoblangan. Beva ayollarning o‘zini o‘zi yoqishi odati hind-oriy xalqlarida keng tarqalgan hodisa bo‘lib, Hindistonda ularning o‘zini yoqish holati ommaviy xarakterga ega bo‘lgan holda yaqin davrlargacha saqlanib kelgan.
Qariyalar tomonidan hosilsizlik va qurg‘oqchilik yillarida o‘z joniga qasd qilinishi, katta avlod vakillarining ma’lum yoshga kirganidan so‘ng “o‘lim vodiysi”ga yo‘l olishiga doir tarixiy dalillar ham mavjuddir. Uzoq umr ko‘ruvchi yoshlar ma’lum bir yoshga yetgach, o‘z ixtiyorlari bilan hayotdan ketishlari mumkin bo‘lgan. Yapon madaniyatida (samuraylarda) o‘z joniga qasd qilish muqaddaslik gardishi bilan qamralgan va har doim marosim xarakteriga ega bo‘lgan.
Or-nomus kodeksi kontekstida erkaklarning o‘z joniga qasd qilishlari ko‘rinishidagi xulq-atvor qadimgi axdda bayon etilgan. Bu barcha madaniyatlarda mavjud bo‘lgan va bugungi kunda ham sodir etilib kelinmoqda. Bunday holatlar, ayniqsa, harbiylar va hokimiyat vakillari orasida keng tarqalgan. Ko‘plab harbiy jamiyatlarda, masalan, vikinglarda, yapon harbiylari o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishga xurmat bilan qaralgan.
O‘z joniga qasd qilish Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika qadimiy qabilalari tasavvuriga ko‘ra “yomon o‘lim” hisoblanib, suitsident o‘limidan so‘ng zarar keltirishga qodir bo‘lgan kichik yovuz ruhlarga aylanadi. Shomon madaniyatida qadimdan va hozirgi kunda ham suitsident qarindoshlarining azoblovchisiga aylanadi, deb hisoblanadi. Zamonaviy tadqiqotchilarning ma’lumot berishicha, tark etilganlik va yolg‘izlik hissi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘ngilli tarzda o‘z hayotini tugatish haqidagi birinchi yozma manbalardagi eslatma Qadimgi Misr madaniyatiga tegishlidir. Mazkur tadqiqot mualliflari e’tirof etishicha, Qadimgi Misr sivilizatsiyasining ma’lum davrlarida o‘z joniga qasd qilish holatlariga nisbatan munosabat anchagina tolerantlik xususiyatiga ega bo‘lgan. Qadimgi Hind qonunlari marosimli o‘lim va bevalar suitsidiga yo‘l qo‘ygan holda maishiy xarakterdagi autoagressiyani qoralgan. Buddizimning falsafiy konsepsiyasi o‘z joniga qasd qilishni keskin qoralamaydi. Ko‘ngilli tarzda hayotdan ketish-sansara (qayta tug‘ilishning cheksizligi) g‘ildiragini to‘xtatmaydi, ammo hayvon yoki iblis ko‘rinishida qayta tug‘ilishga olib keladi, deb ta’kidlanadi.
Antik jamiyatda o‘z joniga qasd qilishga munosabat chidash va ba’zi hollarda rag‘batlantirishdan to qonun bilan man etishgacha almashinilib turgan. Qadimgi Yunonda jinoyatchiga ommaviy qatlni yoki o‘z joniga qasd qilishni tanlash imkoniyati berilgan. Shuning uchun o‘z joniga qasd qilish hayot va o‘lim o‘rtasida bo‘lgan tanlash erkinligi ijodiy akti hisoblangan. Hukmdor Fiv Kreont tomonidan tosh sag‘anaga qamab qo‘yilgan Antigona adolatsiz qatldan ko‘ra ko‘ngilli o‘limni afzal ko‘rganligi uchun o‘z joniga qasd qiladi. Qadimgi Yunon faylasufi Diogen Sinopskiy afsonaga ko‘ra, nafasini to‘xtatish bilan o‘z joniga qasd qilib, hayotini tugatgan.
Yunon falsafasida o‘z joniga qasd qilish muammosi ilk marotaba nazariy asoslanib,dastlabki ilmiy talqinini topgan.
Pifagor - hayotni tangri tomonidan berilgan mohiyat sifatida ko‘rib, nnson unga bo‘ysunishi lozim, deb hisoblagan. Uning bunday xulosaga kelishiga sonlar nazariyasi sabab bo‘lib, unga ko‘ra, ma’lum aynan bir vaqtda faoliyat yuritadigan ma’lum miqdordagi ruh mavjuddir. O‘z joniga qasd kilish esa ma’naviy matematikaning muvozanatini bo‘zadi. Chunki bunda dunyoda bexosdan bo‘shliq shakllanadi.
Aflotunning qarashlari esa yuqoridagi ikki tasavvurni ham birlashtirgan holda o‘z joniga qasd qilish dezertirlikka (qochish, bo‘yin tovlash) tenglashtirilgan.
Arastu suitsidni davlat maqsadlariga qarshi qaratilgan harakat sifatida baholab, bunday harakat jazolanishi kerak deb hisoblagan. Rim tarixi o‘zida buyuk insonlar: Katon, Antoniy, Suqrot, Seneka kabilarning o‘z joniga qasd qilishi holatlari guvohligini saqlab kelgan. Yetmish yoshli qadimgi Rim faylasufi, epikurchi Lutsiy Aney Seneka oyoq qon tomirlarini kesish orqali o‘z joniga qasd qilgan. Qon oqayotgan bir paytda esa o‘zi qog‘ozga tushirishga ulgurmagan ko‘plab fikrlarini aytib turib yozdirgan. Uni o‘z joniga qasd qilishga imperator Neron hukm qilgan edi. Bu davrda Qadimgi Rim hukmdor qatlami marosimli o‘z joniga qasd qilishni qonun buni qoralasa-da, rag‘batlantirib kelgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, o‘z joniga qasd qilish holatlari tarixiy davrlar mobaynida har qanday jamiyatning doimiy yo‘ldoshi hisoblangan. Shunday fikrlar borki, ba’zi odamlar shunchaki o‘zini o‘zi hayotdan mahrum qilishlari lozim. Bunda alohida individ ko‘zatuv ustivorligini yo‘qotib, nazorat predmetini insonning ijtimoiyligi tashkil etadi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə