Bitiruv malakaviy ishi “ ” 2018yil


Ma’lumotlarni hisoblash va interpretatsiyalash



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə15/18
tarix23.03.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#102995
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Ma’lumotlarni hisoblash va interpretatsiyalash.
Belgilangan raqamlar soni aniqlanib, hisoblanadi.
Ular ball deb hisoblanadi. Masalan 2 javob sinaluvchi holatiga mos topilib belgilansa, 2 ball qilib belgilanadi.
1-9 depressiya yo‘q yoki ahamiyatga ega emas.
10-24 minimal (biroz) depressiya.
25-44 yengil depressiya.
68-87 aniq ifodalangan depressiya.
88 va undan yuqori ball, chuqur depressiya.


Shaxsning suitsidga moyiligini aniqlash metodikasi
Quyida Z. Korolyova tomonidan ishlab chiqilgan “Shaxsning suitsidga moyiligini aniqlash” metodikasini xavola etamiz.
Yo‘riqnoma: Sinaluvchiga quyidagi shaklni o‘zi istagan tarzda bo‘yash taklif etiladi.

Natijalar interpretatsiyasi.
1. Agar shaklning ko‘proq qismi bo‘yalgan bo‘lsa, kayfiyatning yomonligidan dalolat beradi. Sinaluvchini nimadir qiynayapdi, qandaydir muhim narsa tashvishga solmoqda. Biroq bu holat vaqtinchalikdir. Suitsidga moyillik yo‘q.
2. Agar shakl bo‘yalmasdan, shunchaki aylantirib chizib chiqilsa, bu sinaluvchining kuchli irodasi va mustahkam asab tizimidan darak beradi. Bu odam hech qachon ojizlik qilib, suitsid haqida o‘ylamaydi. Bunday xatti – harakatlarni o‘ziga, yaqinlariga va atrof olamga nisbatan jinoyat deb hisoblaydilar. Hayot qanchalik og‘ir bo‘lmasin, barcha qiyinchiliklarga qarshi kurashishga, har qanday to‘siqlarni yengib o‘tishga tayyorlikni anglatadi.
3. Shaklning uchtadan ko‘p bo‘lmagan qismi bo‘yalgan bo‘lsa, ushbu odam aniq vaziyatlarda suitsid haqida o‘ylashini va barcha narsalar unga qarshi chiqadigan holatlarda suitsidal harakatlarni ham amalga oshirishi mumkinligidan dalolat beradi. Biroq, bu odam tabiatdan optimist bo‘lib, og‘ir vaziyatlar unga kamdan – kam holtda qo‘rqinchli bo‘lib ko‘rinadi.
4. Shaklning chap qismi butunlay bo‘yalgan bo‘lsa, bu shaxsning ko‘ngli nozikligidan va haddan ziyod ta’sirchanligidan dalolat beradi. Bunday insonlar hayotdagi nohaqliklarni yuragiga yaqin oladi va bundan qiynaladilar. Ularda suitsidga moyillik bor, lekin yaqinlariga bo‘lgan muhabbati ushbu qarordan ularni qaytarib turadi. Chunki yaqinlariga azob berishni istamaydilar.
5. Agar shakllning o‘ng qismi to‘liq bo‘yalgan bo‘lsa, ushbu odam suitsidga moyilligini o‘zining foydasi yo‘lida qo‘llaydi: o‘z yaqinlariga tahdid qilib, talablarini bajarishga majbur qiladi.
6. Shaklning barcha qismi bo‘yalsa, bu odam ong ostida o‘lim haqida o‘ylaydi. Bu intilish unda juda kuchli rivojlangan. Biroq, uning suitsidal moyiligi tashqaridan namoyon bo‘lmaydi, u qulay fursat yetganda tashqariga chiqadi.
Yuqorida qayd etilgan metodikalardan bevosita o‘quv muassasalari, turli xil tashkilot xodimlari va mahalla fuqarolari bilan ish olib boruvchi psixologlar, mutaxassislar amaliyotda qo‘llab natijaga ko‘ra suitsidal holatlarni oldini olish uchun profilaktik ishlarni amalga oshirishlari mumkin.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə