Oshirma xamirdan tayyorlanadigan pishiriqlar turlari, tayyorlash jarayoni


I.BOB.OSHIRMA XAMIRDAN TAYYORLANADIGAN PISHIRIQLAR TURLARI, TAYYORLASH JARAYONI



Yüklə 101,5 Kb.
səhifə3/6
tarix29.11.2023
ölçüsü101,5 Kb.
#141990
1   2   3   4   5   6
OSHIRMA XAMIRDAN TAYYORLANADIGAN PISHIRIQLAR TURLARI, TAYYORLASH JARAYONI

I.BOB.OSHIRMA XAMIRDAN TAYYORLANADIGAN PISHIRIQLAR TURLARI, TAYYORLASH JARAYONI

1.1 Oshirma xamir tayyorlash texnologiyasi


Pazandachilikda eng ko’p ishlatiladigan xamirlarimizdan biri bu oshirma xamir bo’lib, uni to’g’ri tayyorlash esa bir-nechta qoidalarni talab qiladi.
Shuning uchun ham Zira bugun sizlarga oshirma xamirni to’g’ri qorish va pishirish to’g’risida bir necha maslahatlarni berishga harakat qiladi.
Oshirma xamir turlari
Oshirma xamir o’z o’rnida ikki xil bo’ladi: oddiy va yog’li (yog’ va tuxum solingan) oshxamir.
Oddiy oshxamir tarkibi 3 ta masalliqlardan tashkil topadi: un, suyuqlik (suv yoki sut), xamirturush. 1 kilo unga odatda 10 gramm quruq xamirturush yoki 20-25 gramm yangi xamirturush solinadi.
Yog’li oshxamirga esa tuxum, yog’ va shakar solinadi. Bunday oshxamirga kamroq suyuqlik, ko’proq xamirturush solinadi.
Taqqoslang:
1 stakan unga qoriladigan xamirga 0.5 stakan suv, 0.5 osh qoshiq shakar va 3 gramm quruq xamirturush solinadi.
1 stakan unga qoriladigan xamirga ¼ stakan suv, 1.5 osh qoshiq shakar, 2 osh qoshiq yog’ va 1 dopna tuxum, xamirturush esa 5 gramm miqdorda solinadi.
Xamir yanada yaxshiroq oshsin deb, ba’zilar me’yoridan ortiqroq xamirturush solishadi, bu xatoligi haqida biz yaqindagina ma’lumot berib o’tgan edik.
Agarda siz endi pazandachilikka kirishgan bo’lsangiz, yuqoridagi maslahatlarga rioya qiling.
Xamir qanday qoriladi
Oshirma xamir qilishni ikki usuli mavjud bo’lib:.
Opara olish yo’li bilan
Bu usulda xamir uchun avval quyidagilardan opara tayyorlab olinadi – xamirturush, iliq suyuqlik va shakar yoki un solsa ham bo’ladi. Opara suyuqroq
bo’lishi kerak: agarda siz 1 kilo undan oshirma xamir olmoqchi bo’lsangiz, unda 100 millilitr suv yoki iliq sut, 10 gramm quruq xamirturush va 1 choy qoshiq shakar yoki un solinadi.
Oparani ustini sochiq bilan yopib, iliq joyga olib qo’yish kerak bo’ladi. Agar xamirturush yangi bo’lsa, unda 15-20 daqiqadan so’ng opara ustida «qalpoqcha» hosil bo’ladi. Shundan so’nggina uni unning ustidan solib, xamir qorishimiz mumkin bo’ladi.
Opara olib qorilgan xamirlar quyidagi holatlarda qo’l keladi:
Yog’li oshirma xamir qormoqchi bo’lsangiz
Agarda sizning kutishga vaqtingiz kam bo’lsa: oparali xamir 2 soatda tayyor bo’ladi
Agarda siz xamirturushning holatini tekshirmoqchi bo’lsangiz.
Oparasiz olinadigan oshirma xamir
Bunday usulda xamirturush to’g’ridan-to’g’ri unga solinadi. Buni ham o’z o’rnida ikki xil usulda bajarish mumkin:
Unni elab, xamirturush, shakar (agar kerak bo’lsa), suyuqlik solinadi va xamir qoriladi.
Iliq suvga xamirturush va shakar solib aralashtiriladi, so’ng unga solib xamir qoriladi.
Bu usulning o’ziga xos xususiyatlari nimada?
Xamir taxminan 3-4 soatda ko’tariladi
Xamirni qorish oparali xamirdan farqli ravishda, uzoqroq vaqtni talab qiladi
Agar xamirturush eskirib qolgan bo’lsa, siz buni bilmay qolib, pishirig’ingiz ko’tarilmasligi mumkin.

Yüklə 101,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə