O‘simliklar ximoyasi muamolari yo‘ldashaliyev Murodillo Nishonboy o‘g‘li



Yüklə 17,28 Kb.
tarix26.05.2023
ölçüsü17,28 Kb.
#113257
Murodil.tezis2


O‘SIMLIKLAR XIMOYASI MUAMOLARI
Yo‘ldashaliyev Murodillo Nishonboy o‘g‘li
Talaba,Farg‘ona Politexnika instituti, Farg‘ona shahar
murodilloyuldashaliyev@gmail.com
O‘simliklar ximoyasi muamolari
Oʻsimliklarni himoya qilish, oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish qishloq xoʻjaligi fanlarining bir sohasi; 1 oʻsimliklarga zararkunanda, kasalliklar, begona oʻtlar yetkazadigan zararni oʻrganadi va uning oldini olish hamda bartaraf qilish tadbirlarini ishlab chiqadi; 2 qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligida zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari hamda begona oʻtlarni yoʻq qilish uchun ishlab chiqiladigan tadbirlar tizimi. Uning vazifasi faqatgina zararkunanda organizmlarni yoʻq qilish yoki ular faoliyatini chegaralab qoʻyishdangina emas, balki ularning paydo boʻlish muddatlari va tarqalish koʻlamini oldindan aniqlash, shuningdek, eng xavfli zararkunandalarning bir hududdan boshqasiga tarqalishining oldini olishdan ham iborat (qarang Karantin). Oʻsimliklarni himoya qilishq. Qishloq xoʻjaligi entomologiyasi, fitopatologiya, botanika, mikologiya, bakteriologiya, virusologiya, ekologiya, biotsenologiya, kimyo, biokimyo, hayvonlar va oʻsimliklar fiziologiyasi, fizika, biofizika, genetika, seleksiya, toksikologiya va boshqalar fanlar maʼlumotlariga asoslanadi. Oʻsimliklarning zararkunanda va kasalliklari, begona oʻtlar ekinlarga, xususan, hosilga katta zarar yetkazadi.
Turkistonda Oʻsimliklarni himoya qilishq. Boʻyicha dastlabki ilmiy asoslangan usullar 1898-yilda Chigirtkaga qarshi kurash qoʻmitasining taklifiga koʻra ishlab chiqilgan.1911-yilda Toshkentda Turkiston entomologiya st-yasi tashkil etildi, gʻoʻza, qand lavlagi zararkunandalarini oʻrganish va ularga qarshi kurash choralari qoʻllanildi.
O'simliklar dunyosini ahamiyati. O'simliklar dunyosi Yerdagi hayotning birlamchi manbaidir. Ular yiliga 380 mlrd. T organik modda hosil qiladi, buning 325 mlrd.Dengiz va okean o'simliklaiga, 38 mlrd o'rmonlarga, 6 mlrd o'tloqlarga to'g'ri keladi. Bundan tashqari o'simliklar, ya'ni yashil o'simliklar tufayli fotosintez jarayoni ro'y beradi, Yerdagi hayotning yashashi uchun zarur bo'lgan kislorodni ishlab beradi. Agar fotosintez jarayoni bo'lmasa, havodagi karbonad angidridning miqdori ko'payib kishilar va hayvonlar nobud bo'lar edi. Biroq atmosferadan, suv yuzasidan va tuproqdan kelayotgan o'sha SO2 gazi o'simliklar tomonidan yutilib, fotosintez natijasida yashil o'simliklar atrofga kislorodni chiqarib turadi. Shunday qilib, fotosintez orqali Yer sharidagi suv 5,8 mln. Yilda, atmosferadagi kislorod 5800 yilda, SO2 7 yilda bir marta yangilanib turadi.Insonnig kundalik hayotida o'simliklarning ahamiyati juda katta. Chunki o'simliklar muhim tabiiy geografik omil sifatida er yuzasida suv oqimiga, bug'lanishga, tuproqda nam saqlashga, atmosferaning quyi qismidagi havo oqimiga, shamol kuchi va yo'nalishiga, hayvonlarning hayotiga ham ta'sir etadi.O'simliklar shahar, qishloq mikroiqlimiga ta'sir etib, havosini tozalab, uni kislorod bilan boyitib turuvchi sanitarlik vazifasini bajaradi.
O'simliklardan har xil kiyim bosh, ichimliklar tayyorlashda keng foydalaniladi. O'simliklar chorva mollar uchun asosiy ozuqa manbai, insonlarsha estetik zavq beradi.O'simliklar jamiyat uchun (agar undan oqilona foydalanib, muhofaza qilib, kayta tiklab turilsa) behisob oziq-ovqat manbai, texnika xom ashyosi, tibbiyotda dori-darmon tayyorlash, qurilish va boshqa sohalar uchun, qurilish va boshqa sohalar uchun hom ashyo resursidir.
Foydalangan adabiyotlar:
1-https://uz.wikipedia.org
2-Y.Shodimetov, R.Rahimbekov, “Ijtimoiy ekologiyaga kirish”, Oliy o`quv yurtlari uchun darslik. Toshkent “O`qituvchi 1994”
3-O.Qudratov “Sanoat ekologiyasi”. Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi bakalavrlari uchun o`quv qo`llanma. Toshkent 2003
Yüklə 17,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə