Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy fanlar va texnika fakultet iqtisodiyot kafedrasi


Korxonalarda menejer faoliyatini olib borishda boshqaruv tizimini tashkil etish mexanizmi va uni rivojlantirish



Yüklə 102,63 Kb.
səhifə4/10
tarix06.07.2023
ölçüsü102,63 Kb.
#119321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
AZIZBEK

1.2. Korxonalarda menejer faoliyatini olib borishda boshqaruv tizimini tashkil etish mexanizmi va uni rivojlantirish
Iqtisodiyotni boshqarish keng ma‘noda iqtisodiy obyektlarni, jarayonlarni, munosabatlarni boshqarishni ifoda etadi. Bunday talqinda boshqaruvning har bir qismida inson omilining , odamlar ishtirokidagi boshqaruv omilining mavjudligi chetdan nazar tashlaganda ko‘rinmagandek tuyuladi. Hamma boshqaruvning uzluksiz ishlash jarayoni menejmentdir. Bu boshqaruv apparatining mehnat jarayonidir. Umumiy holda menejmentni quyidagicha tavsiflash mumkin: texnologiya nuqtai-nazaridan (qanday bajariladi), tashkillashtirish (kim tomonidan va qanday tartibda) va mazmunan (aniq nima qilinadi). Menejment iqtisodiy nuqtai-nazaridan - bu, avvalo, hamma iqtisodiy muammolarni boshqarish sistemasi, insonlarni boshqarish. Menejment ijtimoiy 24 nuqtai-nazaridan - bu, avvalo, mehnat jamoalari ijtimoiy talablarini qondirish, insonni tarbiyalash. Menejment jarayoni texnologiyasi esa boshqaruv apparati xodimlarining bajarayotgan amaliy ishlaridir. Shunday qilib, menejment jarayoni quyilgan masalaga erishish uchun boshqaruv apparati rahbari va odamlarning kelishilgan holda hamohang faoliyat ko‘rsatishidir. Menejment jarayoni bostum, operatsiya, vosita va operatsiyasini amalga oshirish bilan tavsiflanadi. Menejment jarayoni mohiyatidan kelib chiqib, quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin: maqsad, holat, muammo, echim. Ko‘rsatilgan ketma-ketlik bilan boshqaruv faoliyati bajariladi. Har qanday faoliyat madqsadli boshqaruvga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak, zero boshqarish maqsadga erishish uchun amalga oshiriladi. Menejmentning navbatdagi bosqichi holatlarni tahlil etish deyiladi. Bu bosqichda ishlar majmui, sistema holatini baholash, uni takomillashtirish yo‘llari, ishga halaqit beruvchi elementlaridan qutulish choralari ko‘riladi. Muammolar bosqichida sistemani joriy holatidagi asosiy qarama-qarshiliklar, sistema ishini yaxshilash uchun nimalar qilish kerakligi aniqlanadi. Echim bosqichi rahbarning amaliy ishlarga o‘tish faoliyatidir. Qaror qabul qilinishi bilanoq boshqariluvchi sistemalarga aniq ta'sir ko‘rsatiladi, alohida oddiy boshqaruvga oid harakatlar bajariladi10 . Kompaniyalar boshqaruv tizimini tarkibiy tuzilishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Menejment tarkibiy tuzilishi deganda menejment bo‘g‘inlari va bosqichlari miqdori va tarkibi tushiniladi. Kompaniya boshqaruvida tashkiliy tuzilishining oddiy va tushunarli bo‘lishi unung ish qobiliyati yuqori bo‘lishini kafolatlaydi, ya‘ni boshqaruv tashkiliy tuzilmasida bosqish va bo‘g‘inlar qancha kam bo‘lsa, boshqaruv shunchalik samarali bo‘ladi. Struktura lotincha so‗z bo‗lib, narsalar tarkibiy qismlarining o‗zaro bog‗liq ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi. Boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funksiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bog‗langan turli boshqaruv organlari va bo‗g‗inlarining majmuasi tushuniladi Boshqarishning u yoki bu vazifalarini xal qilish uchun muayyan organlar tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, qo‗yi organlarining yuqori organlariga bo‗ysinish va ular o‗rtasidagi o‗zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil qiladi. Bunday struktura odatda boshqaruv apparati strukturasi deb yuritiladi. U biron-bir boshqaruv organining masalan vazirlikning boshqaruv apparati, korxonaning boshqaruv apparati bo‗limlari tarkibini bildiradi. Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkl etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo‗lib hisoblanadi. U o‗zaro bog‗langan asosiy, yordamchi va xizmat ko‗rsatuvchi jarayonlardan iborat bo‗lib, bu jarayonlar bo‗limlar va xodimlar o‗rtasida mexnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo‗limlari va ularga hos bo‗lgan boshqaruv apparati tuziladi. Bo‗linmalar yig‗indisi, ularning tarkibi va o‗zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi. Har bir korxona o‗ziga xos ishlab chiqarish strukturasiga egadir. Shunday qilib, boshqarishning maqsadlari, funksiyalari, vazifalari, ob‘ektlari va organlari uning tashkiliy strukturasini belgilab beradi. Tashkiliy strukturalarni xosil qiladigan boshqarish organlari boshqaruv bo‗g‗inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo‗ladi. Boshqarish bo‗g‗ini - bu boshqarishning ayrim yoki qator funksiyalarini bajaruvchi mustaqil strukturali bo‗limlardir, bu bo‗limlar o‗rtasidagi bog‗lanish va aloqalar gorizontal xarakterga ega. Boshqarish bosqichi - bu ierarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo‗g‗indir. Boshqarish bosqichlari bir boshqarish bo‗g‗inining ikkinchisiga odatda qo‗yi bo‗g‗inning yuqori bo‗g‗inga izchillik bilan bo‗ysinishni ko‗rsatadi. Bu vertikal bo‗yicha bo‗linishdir. Barcha bo‗g‗in va bosqichlarning tarkibi va ularning o‗zaro bo‗ysinish tartibi, xar bir boshqaruv organi va bo‗g‗inning xuquq va burchlari, shuningdek ular o‗rtasidagi munosabatlar tartibi, axborot kabi boshqarishning tashkiliy unsurlari boshqarish tizimini tashkil qiladi. Boshqarish tizimini turli miqyoslarga bo‗lish mumkin masalan: butun xalq xo‗jaligini tarmoqlarni va mamlakat tumanlarini boshqarish, xar bir tarmoq va tumanlar tasarufidagi korxonalarni boshqarish, korxonalar ichidagi bo‗limlarni sexlar, uchastkalar va xokazolarni boshqarish. O‗z navbatida, butun xalq xo‗jaligini boshqarish ham uni tarmoq, birlashma va korxona darajalaridagi ierarxik bosqichlar miqyosida amalga oshiriladi. Xalq xo‗jaligi tizimi bir necha tarmoqlardan iborat kichik tizimga, u esa o‗z navbatida bir necha birlashmalardan iborat kichik tizimga bo‗linadi. birlashma ham bir necha korxonalardan tashkil topadi11. Bu ierarxik tizimda korxona xalq xo‗jaligining birlamchi yacheykasi bo‗lib hisoblanadi. Miqyos jixatdan bu bo‗g‗inlarni quyidagicha ranjirlash mumkin: X/X > T > B > K Boshqarish maqsadi, funksiyalari va vazifalari boshqarish strukturasini aniqlovchi eng dastlabki belgilardan hisoblanadi. Boshqarishning tashkiliy strukturasi boshqarish oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradigan qilib tuzilishi kerak. Shu nuqtai nazardan bu struktura quyidagi talablarga javob berishi lozim: Boshqarish strukturasida bo‗g‗in va bosqichlar soni optimal bo‗lishi kerak. Bo‗g‗in va bosqichlar sonining asossiz ko‗payib ketishi: boshqaruv apparatini saqlash harajatlarining ortib ketishga, axborotlarning o‗tish yo‗li va vaqtining cho‗zilib ketishiga, boshqarishda paralelizm va takrorlanishlarning vujudga kelishiga, boshqarishda mas‘uliyatsizlik unsurlarining tug‗ilishiga va pirovardda boshqaruv samarasining pasayishiga olib keladi. Boshqarish strukturasi boshqarish apparatining operativ ishlashini ta‘minlashi lozim. Shunday qilib, boshqarish strukturasi qanchalik mukammal bo‗lsa, ishlab chiqarish jarayoniga ta‘sir o‗tkazish shunchalik samarali amalga oshiriladi. Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy strukturalari turlari ma‘lum: chiziqli struktura, chiziqli-shtabli struktura, funktsional struktura, chiziqli funktsional struktura, dasturli maqsadli struktura, boshqarishning matritsali strukturasi.
Chiziqli struktura boshqarish strukturasining eng sodda turi bo‗lib, u quyidagi ko‗rinishga ega. Bunda boshqarishning hamma funksiyalari korxona rahbari (1) qo‗lida to‗planib, barcha qo‗yi raxbarlar (A,B,V) va ishlab chiqarish yacheykalari (A1,A2;B1, B2; V1,V2) unga bo‗ysinadi. Har bir rahbar o‗ziga ishonib topshirilgan bo‗linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va hamma zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.Bo‗sinuvchi xodimlar faqat o‗zlarining bevosita rahbarlarining farmoyishlarini bajaradilar. Yuqori turuvchi rahbar xodimlarga ularning bevosita boshlig‗ini chetlab murojaat qilmasligi kerak.
Masalan, korxona direktori sex boshlig‗ini chetlab masterga buyruq bermasligi kerak. Shu tariqa rahbarlikning vertikal liniyasi va bo‗ysunuvchilarga ta‘sir ko‗rsatishning to‗g‗ridan to‗g‗ri yo‗li ochiladi. Boshqarishning chiziqli strukturasi unga murakkab bo‗lmagan ishlab chiqarish sharoitida ijrochilarning vazifalari oddiy, buyruq va axborotlar hajmi kam bo‗lganda o‗zini oqlashi mumkin. Ishlab chiqarishning tobora murakkablashib, ko‗lamining kengayib borishi boshqarish funksiyalarini tabaqalashtirishini talab qiladi, chiziqli strukturaning o‗rniga chiziqli - shtabli strukturaning vujudga kelishini taqazo etadi. Chiziqli-shtabli struktura har bir chiziqli rahbar qoshida ixtisoslashgan xizmatlar, maslaxatchilar kengashi, ya‘ni shtablar tuzish orqali tashkil etiladi.
Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o‗rganish orqali rahbarlarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo‗lishiga asosiy sabab - bu tashkilotlardagi funksiyalarning murakkablashuvidir. Bu erda mehnat taqsimoti ikki turdagi maqsad va vazifalar bilan belgilanadi. Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo‗lidagi birlamchi vazifalarning bajarishiga javobgar bo‗lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga tob‘e bo‗lgan ikkilamchi vazifalarni bajarilishga javobgardirlar. Ular maslaxat berish funksiyasini bajaradilar. Chiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy maslaxatlar ichidan maqsadga muvofiqligini aniqlash va uni uzil - kesil qabul qilishdan iborat. Shunday hollarda xar ikkala tomon o‗zinikini maqullashga, o‗z obro‗larini saqlashga harakat qiladi. Natijada o‗rtada nizo chiqadi. Boshqaruvning funksional strukturasi rahbarlar va struktura bo‗g‗inlarini har xil vazifalarga va aniq bo‗linmalarda boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo‗g‗iniga muayyan funksiyalar biriktirib qo‗yiladi. Masalan, biri marketingni ikkinchisi ishlab chiqarishni, uchunchisi esa moliyani boshqarish bilan shug‗ullanadi. Boshqarish apparatini funktsional ixtisoslashtirish uning samaradorligini ancha oshiradi.


Yüklə 102,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə