Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy fanlar va texnika fakultet iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 123,01 Kb.
səhifə15/19
tarix04.07.2023
ölçüsü123,01 Kb.
#119267
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Adizov R (2)

Qanoatlilik - bunday rahbar qanoatsizlikdan keladigan ofatlarni, yaʻni nafs balosi, xasad, xudbinlik, baxillik, tamagirlik kabilarni yaxshi anglaydi. Ular nafs balosi odamni har koʻyga solishini, nafsini tiygan hurmat-izzat topishini va bexavotir yashashini, qanoatni esa izzatning asosi, oʻlmaydigan boqiy xazina, qurimaydigan daraxt, zavol topmaydigan mulk ekanligini yaxshi tushunishadi.Tamagarlik ham qanoatsizlikdan kelib chiqadi. Tamagir rahbar oʻz orzularini roʻyobga chiqarish uchun turli qabihliklardan qaytmaydi, hech qanday gunohdan qoʻrqmaydi, yolgʻon gapirmay yurmaydi, yolgʻon soʻzni isbotlash uchun yolgʻon qasamlar ichadi. Tamasi koʻpning insofi oz, ochkoʻz boʻlur. Insonlarga xos yuqorida qayd qilingan ijobiy hislatlarning hammasini bir kishi toʻla-toʻkis egallab olishi juda qiyin, albatta. Lekin shunday fazilatlarga ega boʻlishga barcha rahbarlar intilishi kerak. Ammo obroʻli boʻlish fazilati har qanday rahbar uchun shak-shubhasiz zarurdir. Obroʻ - bu hamma tomonidan tan olingan hamda mehnat evaziga orttirilgan, rahbar uchun zarur ishonch va qalqon. Ayni paytda har bir rahbar oʻzidan yuqori turuvchi rahbarlar oldida ham, oʻziga boʻysunuvchi xodimlar oldida ham, oʻzi bilan huquqi teng boshqa rahbarlar oldida ham obroʻga ega boʻlishi lozim. Obroʻ halol mehnat, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga masьuliyat bilan munosabatda boʻlish, jamoa aʻzolariga talabchanlik va gʻamxoʻr boʻlish, oʻz ishini chuqur bilish bilan orttiriladi. Shuni esda tutish lozimki, xizmat mavqesi oʻz-oʻzidan obroʻ keltiravermayi. Rahbar xizmat mavqesiga faqat muayyan neʻmatlardan foydalanish usuli deb qaramasligi zarur. U shuni yoddan chiqarmasligi kerakki, rahbarlik mansabiga saylab qoʻyilgan yoki tayinlangan ekan, endi faqat bitta afzallikka ega boʻladi, u ham boʻlsa:Oʻz jamoasi, umuman xalq manfaati uchun bor kuchi bilan ishlashi, elim deb, yurtim deb yonib yashashi kerak.Rahbar shu talablarga rioya qilmas ekan, u oʻz rahbarlik usulida quyidagi salbiy xodisalarga yoʻl qoʻyishi, pirovardida esa oʻz obroʻyini ketkizishi va el nazaridan qolishiga sabab boʻlishi mumkin.
Rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlarni bartaraf etish lozim. Buning uchun boshqarishning barcha unsurlariga eʻtiborni kuchaytirish kerak boʻladi. Eng avvalo, rahbar yuqoridagi nuqsonlardan holi boʻlishi va ish uslubini quyidagi ijobiy fazilatlar zamirida tashkil qilishi lozim: • Rahbar oʻz huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa va xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan uygʻun olib borishda mohirona foydalanish zarur. Ammo davlat manfaatlariga putur yetkazmasdan, shaxsiy manfaatlar umummanfaatlariga boʻysunishi lozim.

  • Ishlab chiqarishni faqat jamoada obroʻ-eʻtiborga ega boʻlgan rahbargina yaxshi boshqara oladi. Ayni paytda shuni unutmaslik kerakki, obroʻ faqat xizmat mavqesi bilan emas, balki avvalo, bilim, tajriba, ishga va xodimlarga munosabat bilan orttiriladi.

  • Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda ham oʻzini tuta biladigan, odobli va hushmuomala boʻlishi zurur. Oʻz xatti-harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgalarini tiya biladigan, yurish-turishida boʻysunuvchilarga oʻrnak koʻrsatadigan boʻlishga majburdir.

  • Buyruq hammaga ham yoqavermaydi. Shu sababli boʻysunuvchi xodimlarga beriladigan farmoyish faqat bevosita buyruq shaklida boʻlmasdan, balki topshiriq va vazifa, maslahat tarzida ham boʻlishi kerak. Bu oʻrinda quyidagi ibratli ish uslubini bilish foydadan holi emas.


Yüklə 123,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə